Yangi usul maktablari



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə10/11
tarix31.05.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#114565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Birinchi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan

Tariqat (arabchaطريقه yoʻl, usul) — so’fiylikka xos tushuncha. Uch maʼnoda ishlatiladi: 1) umuman soʻfiylik yoʻli; 2) soʻfiylikning muayyan tarmogʻi, yoʻnalishi; 3) soʻfiylik bosqichlaridan biri. Lekin Tariqatni soʻfiylik yoʻnalishlari (suluklari), tarmoqlari maʼnosida qoʻllash kengroq tarqalgan. Soʻfiylikning bosqichi sifatida Tariqat soʻfiylar oldiga qoʻyiladigan oʻziga xos talablar majmuasini, xilma-xil ruhiy-jismoniy xatti-harakatlarni oʻz ichiga oladi. Tariqatga qadam qoʻyish — tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pir-murshid (eshon)ga topshirishdan boshlanadi. Undan keyin Tariqat yoʻlida soʻfiy yana bir necha bosqich (maqom)larni, jumladan doim kambagʻallikda, tasodifiy rizq hisobiga yashash (faqr), tarki dunyo qilish (zuhd), har narsani faqat xudoga solish (tavakkul), uni sevish va unga intilish (muhabbat, shavq) va boshqa bosqichlarni oʻtaydi. Soʻfiylikning baʼzi yoʻnalishlari insonni nafaqat zohidlik, balki mutaassiblik yoʻliga ham yetaklaydi. Soʻfiylikda Tariqatlar gʻoyatda koʻp boʻlgan. Hozirgacha ayrim Sharq mamlakatlarida saqlanib kelayotgan qodiriya (Eron va Afgʻonistonda), rifioya (Eron), tayfuriya (arab mamlakatlari), mavlaviya (Turkiya), chishtiya (HindistonPokiston), bektoshiya (Turkiya), safaviya (Eron) va boshqa shular jumlasidandir. Oʻrta Osiyoda esa, ilgaridan naqshbandiylik(Bahouddin Naqshbandiy)kubroviylik(Najmiddin Kubro),yassaviylik(Ahmad Yassaviy) tariqatlari tarqalgan.


SHARIAT (arab. — toʻgʻri yoʻl; islomda qonunchilik maʼnosida ishlatiladi) — islom huquqtizimi. Shariatda sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy meʼyorlar va amaliy diniy talablarga ham qonun tuyey berilgan. Shariatga musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to oʻlimigacha yurishturishini belgilovchi qoidalar toʻplami sifatida qaralgan. Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Kurʼon asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiyiqtisodiy, siyosiyhuquqiy va diniy faoliyatini kamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tugʻilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida Shariat meʼyorlarini ishlab chiqqanlar. Shariatga Kurʼon, sunna, ijmo va qiyos asos qilib olingan. Shariat huquqiy tizim sifatida 11 —12-a. larda tugal shakllangan. Bunda yozma va ogʻzaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urfodat va anʼanalarning taʼsiri boʻlgan.
Islomda sunniylik va shiayaikdagch Shariat tizimlari oʻrtasida muayyan tafovutlar bor. Sunniylikda hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, shialikda esa jaʼfariylik mazhabining oʻziga xos huquqiy tartiblari mavjud. Shariatda davlat (xalifalik) xuquqi meʼyorlari, majburiyat, meros, jinoyat, jazo va oilanikox. huquqi, shuningdek, sud ishlarini yuritish, vasiylik koʻrsatmalari berilgan. Shariat xususiy mulkni xudo tomonidan belgilangan, doimiy va oʻzgarmas deb hisoblaydi. Shariatda barcha xattiharakatlar dastlab 2 tur — harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik Shariat shakllanib tugallangan davrda 5 toifaga boʻlingan. Bular: farz yo vojib — bajarilishi muhim va majburiy hisoblangan xattiharakatlar (mas, namoz oʻqish, zakot berish); sunnat yo mustahab — majburiy emas, lekin maʼqul, lozim deb hisoblangan normalar (mas, uylanish, sadaqa berish); muboh yo joiz — ragʻbatlantirilmaydigan va uni bajarmaslik gunoh hisoblanmaydigan ixtiyoriy xattiharakatlar (mas, bitim, savdo shartnomalari tuzish, safar qilish, yemoq, ichmoq va b.); makruh — jazoga tortilmaydigan, ammo nomaʼqul hisoblanadigan xattiharakatlar (mas, soʻkinish, kattalarning hurmatini oʻrniga qoʻymaslik, suvni ifloslantirish, hayvonlarga haddan ortiq yuk ortish); harom — qatiy ravishda taqiqlangan xattiharakatlar (mas, choʻchqa goʻshti isteʼmol qilish, araq ichish, odam oʻldirish va b.). Sh. jinoyat uchun qatʼiy, shafqatsiz choralarni koʻzda tutadi.
Shariat ilmlari islom dini va unga bogʻliq boʻlgan masalalarni qamrab olgan. Bular tajvid (qiroat), tafsir, hadis, fiqh ilmlari, fiqhning farʼiy (juzʼiy) qismlari hamda kalom ilmidan iboratdir. Shariat ilmlari qatoriga arab tili va adabiyoti ham kiritiladi, chunki ularsiz Shariat ilmlarini oʻrganish mumkin emas, deb hisoblanadi (yana q. Musulmon huquqi).



Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə