Yangi usul maktablari



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə6/11
tarix31.05.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#114565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Birinchi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan

Turkiston jadidchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari oʻrtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston oʻlkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular Chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xomashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, soʻng mustaqil davlat boʻlishini yoqlab chiqdilar.
Buxoro jadidchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxorodagi jadidchilik Turkistondagiga nisbatan ogʻir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullavachchalar, mayda doʻkondorlar va maʼmurlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va askarlar oʻrtasida nufuzi avvaliga past boʻlgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi boʻlishdi. Buxoroda vobkentlik dehqon Joʻraboy ilk yangi usul maktabini ochgan edi.
Buxorodagi jadidchilik harakatiga ayrim johil mullalar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani boʻlgan qadimiylar oqimi qarshi chiqdi. 20-asr boshlarida Buxoro jamiyati 2 guruhga: Ikrom domla rahbarligidagi taraqqiyparvarlar va Mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimiylarga boʻlingan edi.
1908-yil „Buxoroi sharif shirkati“ tuzilib, darsliklar nashr etish va kitob savdosi bilan shugʻullandi. Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev (Usmon Xoʻja), Homidxoʻja Mehriy, Abdulvohid Burhonov, Abdulqodir Muhiddinov, Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Saʼdiy shirkatning tashkilotchilari edi. 1909-yil dekabrda jadidlar Buxoroda „Tarbiyai atfol“ („Bolalar tarbiyasi“) maxfiy jamiyatini tuzishdi (asoschilari: Abdulvohid Burhonov, Homidxoʻja Mehriy, Ahmadjon Hamdiy, Mukammil Burhonov, Hoji Rafe). Bu jamiyat turkistonlik va buxorolik yoshlarni Istanbuldagi „Buxoro taʼmimi maorif jamiyati“ boʻlimiga oʻqishga joʻnatdi. Xorijdagi taʼlim yoshlar dunyoqarashida tubdan burilish yasadi. Jadidchilik Buxoro va Turkistonda bir vaqtda boshlangan boʻlsa ham, amirlikdagi ogʻir muhit uning taraqqiyotini tezlashtirdi. 1910-yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati tashkiliy tus oldi va „Tarbiyai atfol“ maxfiy jamiyati asosida partiya tashkil topdi.

Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə