Yangi usul maktablari



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə7/11
tarix31.05.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#114565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Birinchi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan

Xiva jadidchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
20-asr boshlarida Xivada shakllangan jadidchilik bir qadar boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning oʻng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini oʻziga birlashtirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxoʻja boshchilik qilgan. Jadidchilikning oʻng oqimi oʻz oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali erkin bozor munosabatlarining rivojlanishiga keng yoʻl ochib berishni maqsad qilib qoʻygan edi.
Xivada jadidchilikning soʻl oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli tabaqa vakillarini birlashtirgan boʻlib, qozikalon Bobooxun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligini oʻstirish maqsadini qoʻyishgan edi. 1904-yil „jamiyati xayriya“ tuzilib, uning koʻmagi bilan Xiva shahrida dastlabki yangi usul maktabi ochildi (1904-yil 10-noyabrda). Xiva jadidlari maʼrifiy ishlar bilan kifoyalanib qolmasdan, xon tuzumiga qarshi kurash ham olib bordilar. Birinchi jahon urushigacha Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari boʻlmagan. Biroq jadidchilik harakati Xiva xonligida katta ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib, 1914-yil avgustda u partiya shaklini olgan.
Amir Temurning 12 tamoili Sohibqironning 12 muhim tuzugi
O‘z navbatida, “Temur tuzuklari” asari davlatni idora qilish usullari, qo‘shinni tashkil etish qoidalari, urushlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan turli harbiy uslublar singari qator siyosiy, huquqiy, harbiy va axloqiy g‘oyalar va me’yorlarni o‘z ichiga olgan.
“Temur tuzuklari”ning markazida inson, uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish turadi. Shu ma’noda, Sohibqironning huquqiy qarashlarida, avvalo, mamlakat ishlari tuzuki alohida ahamiyatga egadir.
Saltanat ishlarini qonun va qoidalar, to‘ra va tuzukka solib, saltanatim martabayu e’tiborini saqladim”, deyiladi “Temur tuzuklari”da va saltanat obro‘-martabasini saqlashga doir quyidagi to‘rtta asosiy tuzuk sanab o‘tiladi.
Birinchidan, saltanatim qonun-qoidalarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi (hazrati Muhammad)ning shariatiga bog‘lab, izzatu hurmatlash vojib bo‘lgan onhazratning avlodi va sahobalariga muhabbat bildirish asosida tuzdim. Saltanatim martabasini to‘ra va tuzuklar asosida shunday saqladimki, uning ishlariga aralashishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi.

Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə