Yangi usul maktablari



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə2/11
tarix31.05.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#114565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Birinchi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan

Mahmudxoʻja Behbudiy (Kirill alifbosida: Маҳмудхўжа Беҳбудий; Arab alifbosida: محمود خواجه بهبودی‎; Toʻliq oti - Mahmudxoʻja Behbudiy ibn Behbudxoʻja) (20-Yanvar 1875 Samarqand — 25-Mart 1919 Qarshidramaturgnoshirdin va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri.
Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladiqozimufti darajasiga koʻtariladi. Behbudiy haj safarida boʻlgan chogʻida ArabistonMisrTurkiyani kezib chiqqan (1899–1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlogʻida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903–1904), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishaditatar ziyolilari bilan aloqani yoʻlga qoʻyadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi.

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]


  • "Risolayi asbobi savod" ("Savod chiqarish kitobi", 1904),

  • "Risolayi jugʻrofiyayi umroniy" ("Aholi geografiyasiga kirish", 1905),

  • "Muntaxabi jugʻrofiyai umumiy" ("Qisqacha umumiy geografiya", 1906),

  • "Kitobatul atfol“ ("Bolalar xati", 1908),

  • "Amaliyoti islom" (1908),

  • "Tarixi islom" (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. Keyinchalik (1908-yilda) Shakuriyning Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi oʻz hovlisiga koʻchirib keltiradi.

Padarkush“ dramasi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Behbudiy 1911-yilda „Padarkush“ dramasini yozdi. Bu birinchi oʻzbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda boʻlib, oʻqimagan, johil va nodon bolaning oʻz otasini oʻldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini „milliy fojia“ deb atagan. Nashr qilishga chor senzurasi yoʻl qoʻymaydi. „Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos boʻlishining 100 yillik yubileyi sanasiga bagʻishlanadi“ degan vaj bilan Tiflis (Tbilisi) senzurasidan oʻtkazadi. Drama 1913-yil bosilib chiqqan, ammo sahnaga qoʻyish uchun yana bir yilcha vaqt ketadi. Asar Samarqandda 1914-yil 25-yanvarda sahnaga qoʻyildi. Drama xalqqa kuchli taʼsir koʻrsatadi. „Padarkush“ ham janr, ham mazmuniga koʻra yangi oʻzbek adabiyotini boshlab bergan asar boʻldi. Drama Toshkentda 1914-yil 27-fevralda Avloniy tomonidan qayta sahnalashtiriladi.

Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə