Yangi usul maktablari



Yüklə 307,5 Kb.
səhifə11/11
tarix31.05.2023
ölçüsü307,5 Kb.
#114565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Birinchi jadid maktabi nechanchi yili va kim tomonidan ochilgan

Maʼrifat — kishilarning onginibiliminimadaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. Maʼrifat ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. Maʼrifat tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. Maʼrifat maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. Maʼrifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. Maʼrifat — bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. Maʼrifatni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi.
Tasavvufda Maʼrifat sufiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi.[1]

Haqiqat


Haqiqat atamasi ostida voqeʼlikfakt; real narsa, hodisa yoki holat tushuniladi. Falsafa obyektlaridan biri boʻlib, haqiqatning aslida nima ekanligini aniqlash ustida qator ishlar yozilgan. Haqiqat boʻlmagan holat yolgʻon, deb ataladi. Haqiqat subyektivobyektiv yoki mutlaq darajalarga ajratiladi; bunda obyektiv va mutlaq haqiqatlar mavjudligi hamon savol ostidadir.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Haqiqat — voqelikning kishi ongida toʻgʻri aks etishi, bilimlarimizning obyektiv reallikka mos kelishi. H. insonning borliqni bilishdagi asosiy maqsadlaridan biri. U asosan inson bilimlari bilan borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabat masalasini oʻz ichiga oladi. Antik davr mutafakkirlari (Epikur, Demokrit, Lukretsiy) H.ni bilimlarimizning narsa va hodisalar mohiyatini ifodalashga mos kelishi sifatida tushunganlar. Bunday tushunish yangi davr faylasuflariga (F.Bekon, B.Spinoza, K.Gelvetsiy, D.Didro, P.Golbax, M. V. Lomonosov, L.Feyerbax) ham xosdir.
H.ning obʼyektiv, mutlaq, nisbiy shakllari bor. Amaliyot tasdiklagan har qanday bilim obʼyektiv H.dir. Bunda olamdagi narsa va hodisalar mohiyati inson ongiga bogʻliq emas (H. mazmunan obʼyektiv, lekin shaklan inson tafakkuri faoliyatining natijasi sifatida subʼyektivdir). Borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi toʻliq, aniq, mukammal bilimlar mutlaq H.dir. Nisbiy H. obʼyek-tiv H.ning baʼzi tomonini, boʻlagini, qismini aks ettiruvchi bilimdir, u obʼyektni toʻla, mukammal aks ettira olmaydi. Bilish nisbiy H.lardan mutlaq H.lar tomon rivojlanib boradi. Har qanday mutlaq H. nisbiy H.larning cheksiz rivojlanib bori-shidan vujudga keladi, har bir nisbiy H.da esa mutlaq H.ning zarrasi mavjud boʻladi. Ilmfan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy H.lar sifatida mutlaq H.ning mazmuniga yangi-yangi zarralar qoʻshib boradi. Borliq bepoyon va cheksiz boʻlgani kabi, insonning uni bilishi ham cheksiz davom etadi. H. hamisha kon-kretdir, mavhum H. yoʻq. Har bir bilimning haqiqatligi maʼlum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bili-shining imkoniyatiga va darajasiga bogʻliq.
Bilish jarayonida nisbiy va mut-laq H.lar nisbatini toʻgʻri tushunmaslik, H.ning konkretligini hisobga olmaslik bilish nazariyasida 2 ta yanglish qarash — dogmatizm va relyativizmga olib keladi.
H. tushunchasi faqat gnoseologik masala emas, balki aksiologik jihatga ega. U „adolat“, „yaxshilik“, „goʻzallik“ tushunchalari kabi umuminsoniy qadriyat hisoblanadi.
Talim deganimizda nima
Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan (qarang Pedagogika).
Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga Taʼlim orqali oʻtadi.
Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar Taʼlimni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar (qarang Pedotsentrizm), baʼzisi Taʼlimning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini taʼkidlaydi.
Taʼlimning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.
Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.
Taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik tamoyillarda taʼlimning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi (qarang Didaktika). Taʼlimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Taʼlim tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996-yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, oʻqituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi oʻzbek alifbosi boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi. Xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini belgilaydigan „Tashhis markazlari“ tashkil etildi. Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Taʼlim amaliyotini diagnostik taxdil etish, Taʼlim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi (qarang Taʼlimning milliy modeli).
Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasbhunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridagi Taʼlimning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suqbat, tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va boshqalar)ni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi.
taʼlimni tashkil etishning umumiy taʼlim, alohida (individual) taʼlim, tashkiliy taʼlim, sinfdars taʼlimi, kurs tizimi taʼlimi va boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq taʼlim tobora takomillashtirilib, yangi metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, taʼlimning keng umumiy maʼlumot asosida kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari — radiotelevideniyefilmkompyuter, vaqtli matbuotdan, shuningdek, oʻz ustida ishlashning turli shakllaridan foydalanilmoqda.

Tarbiya deganimiz nima


Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy qiyofasi, estetik didining oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tar
rbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsningqaakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axlo-qiymaʼnaviy sifatlninga ri qaror topishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxlab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura Tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli Tarbiyada ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.
Shoʻrolar davrida tarbiya orqali har qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin degan qarash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining Tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida Tarbiya maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, Bu hol Tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki Tarbiyaning asosiy obʼyekti boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Tarbiya va unga bogʻliq jarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida eʼtibor karatilmoqda. Buning uchun xalq ped.si boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayotir. Natijada, Oʻzbekiston pedagogikasi fani va amaliyotida oila Tarbiyasining ham, ijtimoiy Tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, Tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida Tarbiyaning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol Tarbiyaga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.
Yüklə 307,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə