Mavzu: Amaliy hamda qonuniy metrologiya. Reja: 1



Yüklə 310,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü310,53 Kb.
#141971
  1   2   3   4   5


Mavzu: Amaliy hamda qonuniy metrologiya. 
Reja: 
1.
 
Amaliy metrologiya asoslari. 
1.1
 
Metrologiyaning aksiomalari. 
1.2
 
Metrologiyaning asosiy postulatlari. 
2.
Metrologiyaning qonuniy asoslari. 
1.1. Metrologiyaning aksiomalari
Har bir fanda bo‟lgani kabi metrologiyada ham talaygina aksiomalarni 
ko‟rishimiz mumkin. Lekin hozir biz shulardan uchta, eng asosiy va umumiylarini 
ko‟rib chiqmoqchimiz. Ushbu aksiomalar har qanday o‟lchashlar uchun xos bo‟lib, 
bu o‟lchashlar hoh oddiy, hoh murakkab bo‟lsin, hoh yuzaki, hoh aniq bo‟lsin, hoh 
tezlashtirilgan, hoh mukammal bo‟lsin, ularning barchasida shu aksiomalarning 
uyg‟unlashganini ko‟rishimiz mumkin: 
1-Aksioma. 
Aprior ma‟lumotsiz o‟lchashni bajarib bo‟lmaydi.
 
1-aksiomani izohlashdan boshlaymiz. Eng avvalo 
"aprior ma‟lumot" nima o‟zi degan savol tug‟ilishi tabiiy. 
Aprior so‟zi 
a priori - 
oldin keluvchi, dastlabki (lotincha) 
ma‟nosini bildirib, boshlang‟ich, muayyan voqea, voqelik 
yoki tajribagacha bo‟lgan ma‟lumotlar, bilimlar majmuini 
anglatadi. Bu so‟z bilan ketma-ket keluvchi yana bir 
tushuncha bor - aposteriori
(a posteriri) 
ya‟ni keyingi, 
orqadagi, tugallanuvchi degan ma‟nolarni bildiradi. Bu 
so‟zlarni ilk bora qadimgi grek faylasuflari kiritganlar. Ularning talqinicha, har bir 
inson anglaydigan ilm, ma‟lumot yoki axborot muayyan bir tajribadan, voqelikdan 
yoki amal (saboq olish, yodlash, o‟qish va shu kabilar) dan so‟ng mujassamlashadi. 


Hosil qilingan axborot keyingi amallar mobaynida ortib boradi va ma‟lum bir 
davrdagi aposterior ma‟lumot aprior ma‟lumotga aylanadi. 
SHunday qilib, o‟lchashlar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraydigan bo‟lsak, 
muayyan o‟lchashni amalga oshirishdan oldin shu o‟lchashga tegishli bo‟lgan 
ma‟lum doiradagi ma‟lumotlar aynan aprior ma‟lumotni bildiradi. Agar bizda 
mana shu ma‟lumotlar bo‟lmasa, u holda umuman o‟lchash to‟g‟risidagi 
tushunchaning o‟zi shakllana olmaydi ham. 

Yüklə 310,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə