Mavzu: Amaliy hamda qonuniy metrologiya. Reja: 1


Albatta, bu aytilgan gaplar shartlidir, ya’ni hozircha, vaqti kelib 4



Yüklə 310,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü310,53 Kb.
#141971
1   2   3   4   5
Albatta, bu aytilgan gaplar shartlidir, ya’ni hozircha, vaqti kelib 4 
yashar bola elektr kuchlanishi u yoqda tursin, hatto EHM qanday tarkibiy 
birikmalardan tashkil topganligini, ham aytib berib, ko’z oldingizda shaxsiy 
kompg’yuterni yig’ib berishi ham mumkin.
SHunday qilib, tajriba o‟tkazishdan (o‟lchashdan) oldin bizda aynan shu 
o‟lchashga tegishli bo‟lgan muayyan ma‟lumotlar va ko‟nikmalar bo‟lishi lozim 
bo‟ladi. 
2- Aksioma.
Har qanday o‟lchash - taqqoslash 
(solishtirish) demakdir.
 
Endi ikkinchi aksiomaning izohiga 
o‟tamiz. 
O‟lchash degani, sodda qilib aytganda 
olingan obyektda tekshirilayotgan kattalik 
qanchalik ko‟p yoki kam tadbiq etganligini 
aniqlash hisoblanadi. Masalan, ko‟z oldimizda 
turgan ixtiyoriy bir narsani, aytaylik stolni olaylik. Uning tomonlarining uzunligini 
aniqlash kerak bo‟lsa, bizning ko‟z oldimizga bir metrga teng bo‟lgan uzunlik 
keladi va unga nisbatan qiyos qilib taxminiy tarzda eni va bo‟yi to‟g‟risidagi 
ma‟lumotlarni olishimiz mumkin. Lekin bu shunday tez va g‟ayri oddiy bir tarzda 
yuz beradiki, biz bu haqda o‟ylashga ulgurmaymiz ham, ko‟z oldimizga keltira 
olmaymiz ham.
 


3- Aksioma.
O‟lchash amalidan olingan natija tasodifiydir.
 
Endi uchinchi aksioma xususida. Bir uchi 
ochilmagan qalam olamiz va shu qalamning 10 marta 
chizg‟ich yordamida uzunligini aniqlaymiz. Natijalarni 
yozib boramiz. SHunda eng kami bilan ikki yoki uch 
marta olgan qiymatlarimiz boshqacharoq bo‟ladi. Xo‟sh, 
nima uchun bunday bo‟lyapti? Axir obyekt va subyekt 
o‟zgargani yo‟q-ku! 
 
1.2. Metrologiyaning asosiy postulatlari. 
Ushbu mavzuni ko‟rib chiqishdan oldin birgalikda oddiygina bir tajriba qilib 
ko‟ramiz: 
Bir dona chiroyli olma olamiz (haqiqiy, iste‟mol qilinadigan olma). Uni 
biror bir tarozida, masalan savdo do‟konlaridagi o‟lchash tarozisida tortib 
ko‟ramiz. Aytaylik massasi 74 g chiqdi. So‟ngra uni kattaroq, masalan qoplangan 
mahsulotlarni tortadigan yerga qo‟yiladigan tarozida o‟lchab ko‟ramiz. Endi olgan 
qiymatimiz 75 g. Keyin xuddi shu olmani yuk avtomobillarining massasini (10 
tonnagacha) o‟lchaydigan katta tarozida o‟lchaymiz. Bu tarozi olmaning massasi 
yo‟q deb uning og‟irligini sezmaydi. Endi oxirgi tajriba, olmani bir necha 
bo‟laklarga bo‟lib, laboratoriya tarozisida har bir bo‟lakni tortamiz va yakuniy 
natijani hisoblaymiz. Olingan qiymatimiz quyidagicha bo‟lishi mumkin - 74,3718 
g. Qarang-a, to‟rt xil o‟lchash vositasida to‟rt xil qiymat oldik. 
Agar o‟zga sayyoraliklar kelib bizga aynan shunday, bekami-ko‟st, mutlaqo 
aniq o‟lchaydigan asbob olib kelib berishganda ham quyidagi paradoks bo‟lishi 
tabiiy. Metrologik nuqtai nazardan o‟lchash vositasiniig muayyan metrologik 
tavsiflari 
mavjud bo‟lib, bu tavsiflarga ega bo‟lgandan so‟nggina biz olingan 
natijani baholashimiz mumkin. Biz aytayotgan o‟lchash vositasini metrologik 
tavsiflash uchun undan ham aniq o‟lchaydigan boshqa asbob kerak bo‟ladi. Bu 
xuddi analginning tarkibida kofein bor, kofeinning tarkibida kodein, kodeinning 


tarkibida esa analgin bor degandek gap. Xullas, kattalikning chinakam qiymatini 
o‟lchab bo‟lmaydi. Modomiki, chinakam qiymatni o‟lchash imkoni yo‟q ekan, 
o‟lchash amalida qiymati unga yaqin bo‟lgan va uni o‟rniga ishlatilishi mumkin 
bo‟lgan boshqa qiymat, ya‟ni haqiqiy qiymat qo‟llaniladi. Bu xususda 
metrologiyaning uchta asosiy postulatlari mavjud: 

Yüklə 310,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə