Mavzu: Amaliy hamda qonuniy metrologiya. Reja: 1


“Texnik jihatdan tartibga solish to„g„risida”



Yüklə 310,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü310,53 Kb.
#141971
1   2   3   4   5
“Texnik jihatdan tartibga solish to„g„risida”
O„zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Bu qonun 3 – bob va shu 
boblarga kiruvchi 28 – moddadan iborat.
Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga 
doir majburiy talablarni belgilash, qo„llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni 
tartibga solishdan iborat. 
Qonunda texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari alohida 
belgilab berilgan (4 – modda). Unga ko„ra, texnik jihatdan tartibga solishning 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
inson hayoti va sog„lig„i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol – 
mulki xavfsizligini ta‟minlash; 
-
atrof - muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanilishini ta‟minlash; 
-
savdodagi texnik to„siqlarni bartaraf etish;
 
-
mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste‟molchilarni 
chalg„ituvchi harakatlarning oldini olish.



Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solishning asosiy „rinsi‟lari ham 
ko„rsatib o„tilgan (5 – modda).
 
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy „rinsi‟lari quyidagilardan iborat: 
-
texnik reglamentlarni qo„llashning majburiyligi; 
-
texnik reglamentlarni qo„llashning bir xilligi;
-
texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va 
xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi
-
texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e‟lon qilish 
tartibi to„g„risidagi axborotning ochiqligi. 
Bundan tashqari qonunda texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi (6 – 
modda) ham ko„rsatib o„tilgan. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini 
quyidagilar tashkil etadi: 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; 
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari – 
O„zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, 
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi, O„zbekiston Respublikasi 
Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, O„zbekiston Respublikasi Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qumitasi; 
texnik jihatdan tartibga solish sohasida o„z vakolatlari doirasida faoliyatni 
amalga oshiruvchi davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari. 
Qonunning 2 – bobi “Davlat organlarining va boshqa organlar hamda
tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari” deb 
nomlangan bo„lib, unda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik 
jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (7 – modda), O„zbekiston 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi vakolatlari (8 – modda), O„zbekiston Respublikasi 
Sog„liqni saqlash vazirligi, O„zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va 
qurilish qumitasi, O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 


qumitasining texnik jihatdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari 
(9 – modda) , Davlat va xo„jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga 
solish sohasidagi vakolatlari (10 – modda) ko„rsatib o„tilgan. 
Qonunning 3 – bobi “Texnik reglamentlar” deb nomlangan. Unda texnik 
reglamentlarning turlari (15 – modda), texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va 
xizmatlar xavfsizligini ta‟minlashga doir talablar (16 – modda), texnik 
reglamentlarning mazmuni (17 – modda), texnik reglamentlarni ishlab chiqish
dasturlarini shakllantirish (18 – modda), texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi 
(19 – modda), texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi (20 – modda) va shu 
kabilar aniq ko„rsatib berilgan.


Yüklə 310,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə