Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə3/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

4


@edurtm_uz

5
I BOB. JAMIYAT VA INSON HUQUQLARI
@edurtm_uz



1–2-DARS. JAMIYATDA INSON HUQUQLARINING OʻRNI
@edurtm_uz



Odamlarning inson huquqlarini rad etish ularning insoniyligiga qarshi chiqishdir.
Nelson Mandela


Siz bilib olasiz

“Jamiyat”, “shaxs” va “inson huquqlari” tushunchasi. Inson manfaati va jamiyat manfaatining uygʻunligi.


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – inson huquqlari kafolati.
JAMIYAT”, “SHAXS” VA “INSON HUQUQLARI” TUSHUNCHASI
Kundalik turmushda “jamiyatimizda roʻy berayotgan voqealar”, “farovon jamiyat qurish”, “jamiyatimizning ma’naviy ahvoli” kabi jumlalarni juda koʻp eshitgansiz. Xoʻsh, jamiyat nima oʻzi va uning mazkur bobdagi inson huquqlariga qanday aloqasi bor? “Jamiyat” tushunchasiga juda koʻplab ta’riflar berilgan. Chunki u juda ham keng va mavhum tushuncha. Shunday boʻlsa-da, hozircha jamiyat deganda “ma’lum bir hududda yashovchi, qadriyatlari, ular amal qiladigan qoidalar va an’analari oʻxshash boʻlgan hamda oʻzaro ehtiyoj va manfaatlari yoʻlida birlashgan insonlar guruhi” tushunilishini yodingizda saqlab qoling. Demak, ta’rifdan kelib chiqib aytish mumkinki, “jamiyat” tushunchasini tushunishda ikkita muhim belgini esdan chiqarmasligimiz lozim ekan. Birinchisi – unda “koʻplab insonlarning mavjud boʻlishi” va ikkinchisi – “insonlarning ma’lum bir umumiy xususiyatga asoslanib birlashgani va yashayotgani”. Mana shu ikki belgi jamiyat ta’rifining asosini tashkil qiladi. Lekin shuni ham unutmaslik lozimki, jamiyat shunchaki insonlar guruhi emas. Masalan, sizning oilangiz va yoningizdagi qoʻshningiz birgalikda jamiyat boʻlib qolmaysizlar.



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə