Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə6/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Yodda tuting


Inson huquqlari – bu barcha in- sonlarning qadr-qimmatini tan ola- digan va himoya qiladigan standart- lar (mezonlar) hisoblanadi. Inson huquqlari insonlarning jamiyatda va bir-biri bilan qanday yashashini, shuningdek, ularning davlat bilan mu- nosabatlarini va davlatning ular oldi- dagi majburiyatlarini tartibga soladi.
davlat bilan munosabatlarini va davlatning ular oldidagi majburiyatlarini tartibga soladi. Inson huquqlari insonlarning irqi, jinsi, millati, tili, dini yoki boshqa har qanday maqomidan qat’i nazar, barcha insonlarga tegishli boʻlgan huquqlardir.
Ammo, yuqorida aytib oʻtganimizdek, jamiyat ma’lum bir oʻxshash qadriyat, qoida va an’analar ostida birlashgan insonlar guruhidan tashkil topadi. Shuning uchun bir jamiyatda yuqori oʻringa qoʻyiladigan qadriyat yana bir jamiyatda umuman qadrlanmasligi ham mumkin. Bu jamiyatlar bir-biridan farq qilar ekan,

demak, ularda himoya qilinadigan inson huquqlari ham bir-biridan farq qilishi mumkin. Ammo bu yerda bir masalani yaxshilab farqlab olish zarur. Davlat tomonidan beriladigan insonlarning asosiy huquq va erkinliklari hamda butun dunyodagi insonlarga bir xilda amal qiladigan inson huquqlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, inson huquqlari mutlaq hisoblanib, butun dunyoga bir xilda xalqaro huquq tomonidan taqdim etilsa, ma’lum bir davlat fuqarolariga tegishli boʻlgan insonlarning asosiy huquq va erkinliklari asosan oʻsha davlatning konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ular ma’lum bir cheklovlardan xoli emas.


8
@edurtm_uz


Inson huquqlari


Fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari







  • Yer yuzidagi butun insoniyat uchun bir xilda amal qiladi.

  • Xalqaro huquqdan kelib chiqadi va u tomonidan himoya qilinadi.

  • Cheklanmaydi.

  • Ma’lum bir davlat fuqarolariga ushbu davlat tomonidan taqdim etiladi.

  • Asosan shu davlatning konstitutsiyasidan kelib chiqadi.

  • Davlat xavfsizligi, favqulodda holatlar va boshqa shu kabi qoidalar bilan cheklovlarga uchraydi.




Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə