Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə8/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Germaniya Frankfurt ishi
2001-yil 11-sentyabrda AQSHda mudhish terrorchilik harakati sodir etildi. Keyinchalik Germaniyada ham deyarli shunga oʻxshash qo‘poruvchilik harakati sodir etilishi xavfi yuzaga keldi. 2003-yil 5-yanvarda havo kemasi Frankfurtdagi binoga urilishi mumkin
10
@edurtm_uz

boʻlgan hodisa koʻplab nemislarni xavotirga solib qoʻydi. Ushbu hodisa AQSHdagi kabi talafotlar keltirib chiqara olmadi. Biroq Germaniyada mazkur voqea “Havo kemalari boʻyicha xavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish boʻyicha harakatlarga turtki berdi. Mazkur qonunga koʻra, Germaniya qurolli kuchlari terroristlar tomonidan qoʻlga olingan (oʻgʻirlangan) deya ishonilgan har qanday fuqaro aviatsiyasini (siz bilgan fuqarolar-



2001-yil 11-sentyabr kuni terroristlar qo‘lga olgan samolyotlar kelib urilishi natijasida portlagan Jahon savdo markazining egizak binolari
ga xizmat koʻrsatuvchi havo kemasi nazarda tutilmoqda), uning ichida qanday va qan- cha odam boʻlishidan qat’i nazar, urib tushirish huquqi- ga ega edi. Masalan, birorta fuqaro aviatsiyasi terrorchilar tomonidan egallanib, Ger- maniyadagi biror katta binoga borib urilsa, havo kemasining ichidagilar ham, binodagilar ham halok boʻladi. Bu koʻpchi- likning hayotini saqlab qolish uchun ba’zi odamlarni qurbon qilish mumkin degan mantiqqa asoslangan qonun edi. Bir qancha keskin tortishuvlardan soʻng Germaniya parlamen- ti mazkur qonunni tasdiqladi
(2004-yil 24-sentyabr). Ammo bu qonunga qarshi boʻlgan bir qancha siyosatchilar
hamda inson huquqlari jonkuyarlari, uchuvchilar uyushmalari mazkur qonunning kons- titutsiyaga zidligini ta’kidlab, Germaniya Federativ Respublikasi konstitutsiyaviy sudiga da’vo bilan chiqdilar. Konstitutsiyaviy sud ushbu qonun konstitutsiyaga zid boʻlgani bois bekor qilinishi zarurligi toʻgʻrisida qaror chiqardi. Chunki konstitutsiyada “Har bir shaxs yashash huquqiga ega” degan qoida mavjud edi. Shu sababli sud “Koʻpchilikning ha- yotini saqlab qolish uchun kamchilikni qurbon qilish kerak” degan mazmundagi qonun normasini konstitutsiyaga mos emas deb hisobladi.
Germaniya konstitutsiyaviy sudi raisi: “Har bir insonning insoniy qadr-qimmatiga boʻlgan huquqi mustahkam tarzda
himoya qilinadi va uning buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, deya ta’kidladi.
Aziz oʻquvchilar, Germaniya kons- titutsiyaviy sudi chiqargan qaror haqida qanday fikrdasizlar?
11
@edurtm_uz

Demak, ba’zida insonlarning shaxsiy manfaatlari, ba’zida esa omma hamda jamiyat manfaatlari biri ikkinchisidan yuqori oʻringa qoʻyilar ekan. Ular oʻrtasida ziddiyatlar yuzaga kelganda esa uni adolat bilan hal etishgina bizni farovon jamiyat sari yetaklashi mumkin. Ha, aynan adolat bilan hal etilgandagina biz inson manfaatlari hamda jamiyat manfaatlarining uygʻunlashuviga erishamiz. Shuning uchun ham konstitutsiyamiz muqaddimasida har birimiz adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglashimiz muhimligi ta’kidlangan.



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə