Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə5/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Ijtimoiy davlat deganda insonlarning farovon hayot kechirishlari uchun turmush sharoitlaridagi tabaqalanib ketishning oldini olishni maqsad qiladigan, bu yoʻlda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini turli sohalarda oʻz himoyasiga oladigan insonparvar davlat tushuniladi.

Bundan tashqari, ba’zan davlat yoki undagi hukumat oʻz fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklariga xiyonat qiladi. Tarixdan olgan bilimlaringizdan ham ma’lum, Gitler va uning tarafdorlari oʻzlarining jamiyatdagi ustun mavqeyidan foydalanib fashizmga asoslangan qarashlari bilan kam sonli millatlarni yoki aholining jismonan va aqlan kuchsiz boʻlgan juda katta qismini qirib yuborgan, ularning mulklarini tortib olgan edi.


Mana shu kabi holatlar yuzaga kelmasligi va jamiyatda insonlar emin-erkin yashay


7
@edurtm_uz


Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
qabul qilinganining 70 yilligiga bagʻishlangan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumidan lavha (2018-yil)
olishlari uchun inson huquqlari ta’minlanishi lozim boʻladi. Inson huquqlari muhim ekanligi haqidagi qarashlar qadimdan mavjud boʻl- gan boʻlsa-da, biz yashab turgan zamonaviy davrda qaror topgan in- son huquqlari asosan Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllandi, deb ay- tishimiz mumkin. Xususan, 1948-yil- da Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Inson huquqlari umumja- hon deklaratsiyasining qabul qilinishi bunga yaqqol misoldir. Aynan mana shu deklaratsiya inson huquqlariga oid keyinchalik qabul qilingan koʻplab xalqaro shartnomalar, mintaqaviy shartnomalar hamda mamlakatlar- ning ichki qonunchiliklari uchun ta-
mal toshini qoʻyib berdi, deyish mumkin.
Xoʻsh, inson huquqlari deganda nimani tushunish kerak? Yaxshilab oʻylab qaralsa, har qanday huquq insonga tegishli boʻladi, shuning uchun barcha huquqlarni inson huquqlari deb atayveramizmi? Inson huquqlari deganda avvalo barcha insonlarning qadr-qimmatini tan oladigan va himoya qiladigan standartlar (mezonlar) tushuniladi. Inson huquqlari
insonlarning jamiyatda va bir-biri bilan qanday yashashini, shuningdek, ularning


Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə