Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə4/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Yodda tuting

Jamiyat” tushunchasi: ma’lum bir hududda yashovchi, qadriyatlari, ular amal qiladigan qoidalar va an’analari o‘xshash bo‘lgan hamda o‘zaro ehtiyoj va manfaatlari yo‘lida birlashgan insonlar guruhi.


Jamiyat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi: arabcha so‘z bo‘lib, jamoa, jamlangan,
birlashgan degan ma’nolarni anglatadi.
Yuqoridagi ta’rifdan ham koʻrinib turibdiki, jamiyat insonlarning katta bir guruhi ekan. Demak, jamiyatni kimlar tashkil etadi, deyilsa, albatta, insonlar, deb javob beriladi. Mana shu insonlar, ya’ni jamiyatdagi shaxslar oʻzlari yashayotgan hududda turli vazifalarni bajaradilar. Masalan, kimdir shifokor, yana kimdir harbiy va yana kimdir dehqon sifatida mana shu jamiyatda oʻz funksiyasini bajaradi. Ammo shaxslarning nafaqat bajaradigan vazifalari, balki ularning tana tuzilishlari, qarashlari, tillari, malaka hamda bilimlari, dinlari va boshqa xususiyatlari turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, Oʻzbekistonda ham turli din
6
@edurtm_uz

vakillari, turli tillarda soʻzlashuvchi millatlar va turli bilim hamda malakaga ega boʻlgan shaxslar istiqomat qiladilar. Mana shu kichik guruhlar birgalikda yirik bir jamiyatni tashkil etadi. Bu bugun siz va biz yashab turgan jamiyat boʻlib, unda barchamiz bir-birimizga turli xildagi xizmatlarni koʻrsatamiz va birgalikda farovon jamiyat qurish uchun intilamiz.


Jamiyatning qanday bo‘lishi o‘sha jamiyatda yashovchi insonlarga bog‘liq
(Quyidagi suratlardan ham xulosa chiqarib olishingiz mumkin)

Biroq biz erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda yashar ekanmiz, bir insonlar guruhining boshqalaridan turli jabhalarda ustun boʻlib ketishi ehtimoli ham yoʻq emas. Natijada ular tomonidan boshqa insonlar turli xil qiynoqlarga solinishi yoki ularning huquqlari toptalishi mumkin. Bu oʻz-oʻzidan jamiyatni tashkil etuvchi shaxslarning oʻzlari yashayotgan jamiyatda emin-erkin yashashdan mahrum boʻlishiga olib keladi. Bu kabi notenglik hamda insonlarning ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish davlatning zimmasidadir. Bunday davlat “ijtimoiy davlat” deb ataladi. Oʻzbekiston ham aynan ijtimoiy davlatlar qatoriga kiradi. Mazkur asosiy va oʻzgarmas tamoyil Konstitutsiyamizning 1-moddasida oʻz aksini topgan.





Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə