Davlat va huquq asoslari


ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISH



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə15/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISH

Birinchi va ikkinchi darslarimizda guvohi bo‘ldikki, inson huquqlari va uning tarkibiga kiruvchi tenghuquqlik, gender tenglik kabi tamoyillar xalqaro miqyosda ham, mamlakatimizda ham yuqori darajada hurmat qilinar va davlat tomonidan himoyasi ta’minlangan ekan. Shunga qaramasdan, jamiyatimizda “zo‘ravonlik” deya atalmish illat hali-hanuzgacha ko‘zga tashlanib turibdi. Bu illatni biz oilalarda, maktablarda va ko‘cha- ko‘yda tez-tez uchratishimiz mumkin. Xo‘sh, zo‘ravonlik o‘zi nima va u inson huquqlariga qanchalik yomon ta’sir qiladi? Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti zo‘ravonlik jismoniy kuch ishlatish yoki tahdid qilish orqali amalga oshirilishi va buning natijasida shaxs o‘ziga yoki boshqalarga ham jismoniy, ham ruhiy zarar yetkazishi mumkinligini aytadi. Demak, u biz


18
@edurtm_uz

Zo‘ravonlik shaxs o‘ziga, boshqa shaxsga yoki biror guruh yoxud jamoaga nisbatan qasddan jismoniy kuch ishlatish yoki qo‘rqitishdan foydalanishidir. Uning jismoniy hamda ruhiy jarohatlar, o‘lim, ruhiy rivojlanishning buzilishi kabi holatlarga olib kelish ehtimoli yuqori.


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
inson huquqlari sifatida hurmat qiladigan yashash huquqidan yoki erkin hayot kechirish kabi bir qancha huquqlardan insonlarni mahrum qilishi mumkin.
Shunday qilib, zo‘ravonlikni inson o‘ziga, boshqa insonga yoki jamoalarga nisbatan amalga oshirishi mumkin ekan. Insonning o‘ziga nisbatan amalga oshiradigan zo‘ravonligi, biroz g‘alati eshitilsa-da, bu u o‘zini tinmay ayblashi, har narsaga aybdorman, deb qarashida namoyon bo‘ladi. Bu ham juda yomon oqibatlarga olib keladi. Xususan, Yaponiyada aynan mana shu kabi sabablarga ko‘ra o‘z joniga qasd qilish hollari ko‘p uchraydi va bu muammo jamiyatni o‘ylantirib kelmoqda. Boshqa insonga nisbatan zo‘ravonlikka misol qilib maktablarda uchrab turadigan yoki oilalardagi er-xotinlarning o‘zaro bir-birlariga nisbatan zo‘ravonliklarini keltirishimiz mumkin. Masalan, o‘quvchilarning jismoniy jihatdan kuchsizroq o‘quvchiga jismoniy kuch ishlatishi yoki uni turli xil so‘zlar bilan kalaka qilishi, ya’ni ruhiy jihatdan zo‘ravonlik qilishidir. Har bir bola hech qanday qo‘rquvsiz va emin- erkin maktabga borish hamda ta’lim olish huquqiga ega ekanini hisobga olsak, bu kabi zo‘ravonlikka qo‘l uradigan o‘quvchilar inson huquqlari, insoniylik, qadriyat hamda etikani oyoqosti qiluvchi kimsalardir. Shuningdek, ular qanday kiyimda bo‘lmasin, o‘zini qanday tutmasin, boshqa o‘quvchilarga nisbatan zo‘ravonlik qilyaptimi, demak, ularda na madaniyat va na oliyjanoblik xislati mavjud.
Bir shaxsning boshqa shaxsga nisbatan zo‘ravonlik qilishiga er-xotinning bir-biriga zo‘ravonlik qilishini ham misol keltirishimiz mumkin. Jamiyatimizda erkaklarning ayollarga zo‘ravonligi tez-tez uchrab turadi. Ba’zi boshqa jamiyatlarda esa buning teskarisiga guvoh bo‘lish mumkin. Ammo har qaysisi ham jamiyatning asosiy ildizi hisoblanmish oilaga nisbatan jiddiy zarar yetkazishi aniq.
Zo‘ravonlikka uchraganda yoki unga guvoh bo‘lganda jamiyatning a’zosi va mamlakat fuqarosi sifatida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish eng ma’qul yo‘ldir. Ushbu yo‘l eng madaniy va sivilizatsiyalashgan jamiyatning a’zosi tanlaydigan usuldir. Ba’zilar mana shu kabi holatlarda barcha narsani o‘zi hal qilishga urinadi. Albatta, ba’zida bu samara berishi ham mumkin, ammo muammoni yanada kattalashtirib yuborish ehtimoli ham yuqori. Shuning uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish ham samarali, ham davlat idoralari xizmatidan yetarli darajada foydalanish madaniyatini oshiradi. Zero, “xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi zarur”ligini mamlakatimiz Prezidenti ham bot-bot ta’kidlab kelmoqdalar. Demak, zo‘ravonlik holatlarini bartaraf etish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar madadiga tayanish eng oqilona qaror bo‘lar ekan.
19
@edurtm_uz



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə