Ta’limiy: O’quvchilarning aplikatsiya bo’yicha olgan bilim, ko’nikma va malakalarini yanada o’stirish Tarbiyaviy



Yüklə 3,89 Mb.
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#163105
2-sinf Texnologiya Gazlama gullaridan guldasta tayyorlash ochiq dars ishlanma


Sana:
Mavzu: Gazlama gullaridan guldasta tayyorlash
Darsning maqsadi.

  • Ta’limiy: O’quvchilarning aplikatsiya bo’yicha olgan bilim, ko’nikma va malakalarini yanada o’stirish

  • Tarbiyaviy: O’quvchilarning yaxshi axloqiy sifatlarini tarbiyalash.

  • Rivojlantiruvchi: Ijodiy faolliklarini rivojlantirish.


Darsning borishi
I.Darsning tashkiliy qismi:
O’quvchilar bilan salomlashish,darsga tayyorligini tekshirish,
davomatni aniqlash,jurnalga yozish, psixologik iqlim yaratish.
Aprel oyining muhim sanalari.
Aziz o’quvchilar aprel oyida qaysi allomalarimizning tavallud kunlarini nishonladik?
II ASOSIY QISM
Musoboqa shartlari:
1. Uyga vazifa
2. Yangi mavzu
3.Mustahkamlash:
a)”Kim topqir?” o’yini
b)Harflar o’yini
B i z n i n g sh i o r
Ilmni dilga jo qilishga tirish,
Bilib ol-da,so’ngra chin ishga kirish.


GAZLAMADAN APPLIKATSIYA YASASH
Gulning rasmini chizib oling.
Mato qiyqimlarini rasm ustiga ketma-ketlikda yelimlab chiqing.

Ishni bosqichma-bosqich bajaring.

Gazlamadan turli buyumlar tikadigan kasb egalari kimlar?






Lolaqizg’aldoq

atirgul

lola







aloe



Gullar nomi

binafsha





geran



rayxon





nargiz

Guruhlar gullarni nomini to’g’ri va tez yozganliklariga qarab baholanadi.


Dam olish daqiqasi: “Gullar deydi” she’ri
Bog’ oralab, tog’ oralab
Lola gulin terganmisiz?
Namozshomgul, rayxonlarni
Sovg’a qilib berganmisiz?
Atirgul-u chinni gullar
Gulxayri-yu karnaygullar
O’z bag’riga chorlab deydi
Guldastalar yasang deydi.


Mustahkamlash.
Parta ustida 6 gul qo’yilgan bo’ladi shu gullar orasida test savoli yashirilgan bo’ladi. Test savolini topib o’qib javobini aytish. Har bir guruhdan 3 tadan o’quvchi chiqadi.
Test savollari:

  1. Bahor faslida birinchi qaysi gul ochiladi:

  1. Nargiz

  2. Binafsha

  3. Moychechak

  1. Lola gulini yasash uchun qanday rangli qog’oz kerak.

  1. Oq, qora

  2. Qizil, yashil

  3. Ko’l, yashil

  1. Mehnat darsida gullar shakli nimalardan yasaladi.

  1. Urug’dan, gazlamadan, qog’ozdan, tabiiy ashyolardan

  2. Urug’dan, gazlamadan

  3. Qog’ozdan, tabiiy ashyolardan

  1. Guldon nima uchun kerak?

  1. Chiroyli turish uchun

  2. Suv solish uchun

  3. Gullarni solib qo’yish uchun

  1. Gullar qayerda va nimada o’stiriladi?

  1. Issiqxonalarda o’stiriladi

  2. Gultuvakda, issiqxonalarda, yerda o’stiriladi.

  3. Yerda o’stiriladi

  1. Mehnat fani ish qurollariga nima kiradi.

  1. Qaychi, yelim, qog’oz

  2. Qog’oz, qaychi, yelim,plastilin, qalam, chizg’ich

  3. yelim,plastilin

O’quvchilarni baholash.
“Binafsha” va “Rayxon” guruhlarining to’plagan ballarini jamlab g’olib guruh e’lon qilinadi va ragbatlantiriladi.
Uyga vazifa. Gazlama gullaridan guldasta tayyorlash
Darsni yakunlash va xayrlashish.
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə