Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə88/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

103
@edurtm_uz

29-DARS. BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI BILAN HAMKORLIK


Qushlar kabi havoda uchishni oʻrgandik. Baliqlar kabi dengizlarda suzishni oʻrgandik. Lekin hozirgacha yer yuzida aka-ukadek yashashni oʻrganmadik.
Martin Lyuter King


Siz bilib olasiz

Birlashgan Millatlar Tashkilotining paydo boʻlishi. Xalqaro hamjamiyatda tinchlik va xavfsizlikni saqlash.


Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorligi.


BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING PAYDO BOʻLISHI

Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin dunyodagi barcha insonlar tinchlikning naqadar buyuk ne’mat ekanini tushunib yetdilar. Shu sababli urush yakunlanishi bilanoq dunyo- da tinchlikni saqlab turishga xizmat qiladigan tashkilot tuzish g‘oyasi o‘rtaga tashlandi. Shunda 51 ta davlat San Fransiskoda yig‘ilib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi qabul qilindi. Ushbu Nizomga asosan, 1945-yilning 24-oktyabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) deb atalmish xalqaro tashkilot dunyoga keldi.




BMT bayrog‘i. Bayroqda dunyo xaritasi va uni o‘rab turgan ikki zaytun novdasi aks etgan. Zaytun novdasi tinchlik ramzidir. Jahon xa- ritasi esa tashkilot dunyoda tinchlik o‘rnatish yo‘lida ekanini ifodalaydi.

Ushbu tashkilot o‘zining oldiga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash; davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni targ‘ib qilish; iqtisodiy, madaniy va inson huquqlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish; inson huquqlari va erkinliklari dunyo bo‘ylab ta’minlanishi uchun davlatlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish; mazkur ishlarni amalga oshirish uchun davlatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish kabi bir qancha muhim maqsadlarni qo‘ydi. Xususan, BMT nizomi davlatlarga nizolarni tinchlik yo‘li bilan hal etish majburiyatini yuklab, o‘zini himoya qilish kabi istisno holatlarni hisobga olmaganda, kuch ishlatishni taqiqladi.





Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə