Davlat va huquq asoslari


Milliy huquq tizimida xalqaro huquqning ahamiyati



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə87/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Milliy huquq tizimida xalqaro huquqning ahamiyati



“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻg‘risida”gi qonunda

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum- e’tirof etilgan prinsiplari va normalari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.


Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida

Agar xalqaro shartnomada yoki bitimda fuqarolik qonunchiligidagiga qaraganda boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllanadi.





Yodda tuting


Ratifikatsiya – xalqaro shartnomaning vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi. Odatda koʻplab demokratik mamlakatlarda, xususan, Oʻzbekistonda ham xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish qonun chiqaruvchi organ tomonidan qonun chiqarish orqali amalga oshiriladi. Bu oʻsha xalqaro shartnoma davlat uchun majburiy ekanini anglatadi.


Savol va topshiriqlar



  1. Davlatlar oʻzining ichki va tashqi faoliyatida toʻla mustaqil boʻlsa-da, u ham boʻysunishi lozim boʻlgan huquq qanday ataladi?

  2. Xalqaro huquq davlatlar oʻrtasidagi nizolarni qanday yoʻl bilan hal etishni koʻzlashi kerak?

  3. Davlatlar xalqaro huquq qoidalarini buzayotgan davlatga nisbatan koʻpchilik boʻlib sanksiyalar qoʻllashi qanchalik oʻrinli deb oʻylaysiz?

  4. Sizningcha, xalqaro shartnomalar nima uchun kerak?



102
@edurtm_uz



Mustaqil ish uchun topshiriq

  1. ismli yoʻl-patrul xizmati xodimi soatiga 60 km tezlikda harakatlanish lozim boʻlgan yoʻlda soatiga 75 km tezlikda harakatlanib kelayotgan B. davlati elchixonasiga tegishli avtomobilni toʻxtatdi. Uni elchining oʻzi boshqarib kelayotganini aniqlagach, elchidan avtomobilning yukxonasini ochishni talab qildi. Elchi buni rad etdi va tekshiruv oʻtkazishining asosini soʻradi. Shunda yoʻl-patrul xizmati xodimi elchiga u belgilanganidan koʻra katta tezlikda harakatlangani va avtomobilda shubhali narsalar boʻlishi mumkin degan taxmini borligi uchun tekshiruv oʻtkazishini aytdi.

Ushbu vaziyat bo‘yicha o‘z fikrlaringizni bildiring.

O‘zbekistonda diplomatik avtomobillarga quyidagi indeksdagi raqamlar taqdim etiladi.


Chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari, elchixonalar rahbarlarining transportlariga beriladigan davlat raqamlari (namuna).
Xorijiy davlatlar elchixonalari, konsullik idoralari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari (namuna).
BMT va uning tuzilmalarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlariga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari (namuna).

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə