Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə90/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Jamoaviy xavfsizlik


A
Sanksiya

F

D
C B
E



Mazkur chizmada A davlat BMT a’zosi bo‘lgan B davlatga qurolli hujum qilmoqda. BMT a’zosi bo‘lgan C, D, E, F davlatlar jamoaviy xavfsizlik tamoyiliga asoslangan holda BMT orqali A davlatga sanksiyalar qo‘llamoqda.



OʻZBEKISTONNING BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI BILAN HAMKORLIGI
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlgach, 1992-yil 2-martda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qoʻshildi. Bugun BMTning 25 ta tuzilmasi (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT Taraqqiyot dasturi kabilar) vakolatxonalari Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini olib bormoqda. Hozirga qadar mamlakatimiz va BMT koʻplab masalalar, xususan, Oʻrta Osiyoni yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirish, Afg‘onistonda tinchlik
105
@edurtm_uz

oʻrnatish, inson huquqlarini himoya qilish kabi masalalarda hamkorlik qilib kelmoqda.


O‘zbekiston va BMT hamkorligiga oid muhim sanalar va voqealar

  • 1992-yil 2-martda O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘ldi.

  • 1993-yilda BMT Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi.


  • BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasida nutq so‘zlayotgan
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev (21.09.2021)
    1993-yil sentyabr oyida birinchi prezident Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasida mustaqil O‘zbekiston nomidan nutq so‘zladi.

  • O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan xoli bo‘lgan hudud yaratildi.

  • 1999-yilda O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan “Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro markazni tashkil etish g‘oyasi” BMT tomonidan qabul qilindi va 2001-yildan mana shunday qo‘mita BMT tarkibida faoliyatini boshladi.

  • BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun 2010- va 2015-yillarda O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

  • 2017-yili Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston prezidenti sifatida ilk bor nutq so‘zladi.




Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə