Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə92/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Bosh assambleya. BMTga a’zo boʻlgan barcha davlatlarning umumiy yigʻilishi hisob- lanadi. Unda davlatlar turli masalalar yuzasidan muzokaralar va muhokamalar o‘tkazadi. Qaysidir masalada qaror chiqarish lozim boʻlsa, ovozga qoʻyiladi. Ovoz berishda barcha davlatlarning vakillari teng huquqqa ega. Ya’ni har biri bir ovozga ega boʻladi. Ushbu qarorlar BMTning Xavfsizlik kengashi hamda a’zo davlatlarga bajarish uchun tavsiya etiladi. Bundan tashqari, u BMTning boshqa organlari faoliyatini ham kuzatib boradi.
Xavfsizlik kengashi. BMTning eng asosiy maqsadi boʻlgan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda eng muhim vazifani bajaradi. U oʻn beshta a’zodan tashkil topadi. Shulardan beshtasi doimiy a’zolardir. Ushbu doimiy a’zolar oʻzgarmas boʻlib, ular AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya hamda Fransiya davlatlaridir. Qolgan oʻnta davlat Bosh assambleya tomonidan ikki yilga adolatli geografik taqsimot tamoyiliga rioya etilgan holda saylanadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash. BMTning 54 ta a’zosidan tashkil topadi va ular Bosh assambleya tomonidan uch yilga saylanadi. Ushbu organ iqtisodiy, ijtimoiy, ta’lim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va madaniyat bilan aloqador xalqaro masalalarni oʻrganish, ular boʻyicha hisobot va tavsiyalar tayyorlash kabilarni amalga oshiradi. Shuningdek, BMTning koʻplab muhim ixtisoslashtirilgan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Vasiylik kengashi. Vasiylikdagi hududlarning mustaqillikka erishishi, ushbu hudud- larda oʻz-oʻzini boshqarishga doir choralar koʻrish uchun tashkil etilgan. Hozir ushbu organning faoliyati toʻxtatilgan.


Yodda tuting
Veto huquqi. Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolaridan birining ma’lum masala yuzasidan chiqarilishi mumkin boʻlgan qarorga qarshi ovoz berishi “veto huquqi” hisoblanadi. Aynan mana shu veto huquqi mavjud boʻlgani bois butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan tinchlik va xavfsizlikka oid masalalar ushbu beshta davlatning umumiy roziligisiz hal etilmay qoladi.



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə