Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə94/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

108
@edurtm_uz



BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) logotipi. Unda bugʻdoy boshogʻi va lotin tilidagi shiori “Fiat panis” aks etgan. “Fiat panis” jumlasi “Non boʻlsin” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni yer yuzidagi barcha xalqlar uchun tinchlik, ozodlik, toʻkinchilik va farovonlik boʻlsin, deganidir.



BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA BMTNING FAOLIYATI

Bola huquqlarini himoya qilishda ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining hissasi ulkandir. Bolalar huquqlarini himoya qilish BMTning eng oliy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bolalar huquqlarini himoya qilishda BMT dunyodagi barcha davlatlarga ko‘mak berib kelmoqda. Bu o‘rinda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konven- siyasining o‘rni beqiyosdir. Ushbu xalqaro shartnoma 1989-yil 20-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 44-sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, uni O‘zbekiston 1992-yilda ratifikatsiya qilgan.


Mamlakatimiz mustaqillikning dastlabki yillaridanoq bola huquqlarini himoyalashni asosiy o‘ringa qo‘ygan va bu yo‘lda BMT bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Mazkur Konvensiyada bolalarning huquqlari bilan bog‘liq juda muhim jihatlar o‘z aksini topgan. Xususan, ushbu hujjat 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni bolalar deb belgilaydi va dunyodagi barcha bolalar o‘z huquqlarining subyekti ekanini ta’kidlaydi. Ushbu xalqaro shartnoma qabul qilingandan keyin dunyo bo‘ylab bolalarning ahvoli yaxshilandi. Ko‘plab mamlakatlar bolalarning huquqlariga oid o‘zlarining ichki qonunlari va amalga oshirayotgan siyosatini qayta ko‘rib chiqdi. Ularning himoyasi uchun davlat byudjeti ko‘paytirildi va ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan bolalar huquqlarini amalda ta’minlash hamda bolalar duch keladigan muammolarni hal qilishga e’tibor qaratila boshladi. Aynan BMT tomonidan ushbu Konvensiya qoidalariga asoslanib yo‘lga qo‘yilgan keng qamrovli mexanizm tufayli ko‘plab bolalar maktabga borish imkoniyatini qo‘lga kiritdi va ularning ko‘plari bolalar mehnatidan ozod bo‘ldi. Shu sababli ular boshqa bolalar kabi yashash, o‘z imkoniyatlari
va qobiliyatlarini yuqori darajada namoyon


Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə