Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə96/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Ishtirok etish huquqi
O‘zining fikrlarini erkin tarzda ifodalash, din va vijdon erkinligi, assotsiatsiya va tinch yig‘ilish erkinligi kabilar.



UNICEF TASHKILOTI
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yana bir muhim ixtisoslashgan tashkiloti UNICEF hisoblanadi. UNICEF Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining rezolyutsiyasi- ga asosan Ikkinchi jahon urushidan keyin bolalarga moddiy yordam va ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. U dunyodagi deyarli barcha davlatlarda bolalar hayotini saqlab qolish, ularning huquqlarini himoya qilish va bolalar kichik yoshdan boshlab to o‘smirlik davrlarigacha o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishiga ko‘mak berishni maqsad qiladi. UNICEF o‘z faoliyati jarayonida barcha bolalar teng imkoniyatlarga ega bo‘lishiga intiladi. Shu sababli davlatlar hukumatlari bilan olib boriladigan hamkorlikda ham ushbu tashkilot asosiy e’tiborni har bir bolaning xavfsiz va yaxshi muhitda o‘sish huquqini ta’minlashga qaratadi.
Mana shu tarzda sizlarning huquqlaringiz himoya qilinadi. Biroq texnologiyalar va internetning keng ko‘lamda rivojlanishi natijasida bola huquqlarini himoya qilishga doir yangi muammolar ham paydo bo‘lmoqda. Xususan, internetdagi bezoriliklar, ijtimoiy tar- moqlardagi kamsitishlardan bolalarni qanday qilib himoya qilish bugunning dolzarb muam- molaridan bo‘lib turibdi.


110
@edurtm_uz



Tarixga nazar

UNICEF o‘z faoliyatini amalga oshirishda ustuvorlik beradigan yo‘nalishlariga qarab o‘z belgisini va undagi shiorni o‘zgartirib turadi. Quyida ulardan bir nechta misollar keltiramiz.





1953-yil. “Sut ichayotgan bola” ramzi

1960-yil. “Farzandini ko‘tarib turgan ona” ramzi

2001-yil. Ramz biz bilgan moviy tusga kirgan

2016-yil. “Barcha bolalar uchun”















Bu davrda tashkilotning asosiy faoliyati bolalarga sut yetkazib berish bo‘lgan.

Bu davrga kelib tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishi ota- onalar va farzand- lariga umid hamda quvonch ulashish, bolalar xavfsizligi va huquqlari himoyasi bo‘lgan.

Bu davrdagi asosiy yo‘nalish ramz tagiga yozib qo‘yilgan. U barcha
bolalarga sog‘liq, ta’lim, tenglik, himoyani taqdim etishni anglatgan.

Ushbu davrdan boshlab tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishi qayerda yashashidan qat’i nazar, barcha bolalarning huquqlarini himoya qilishdir.




Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə