Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə99/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

OʻZBEKISTONNING XALQARO HAMKORLIGI

Mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrniga ega davlatdir. Shu sababli xalqaro hamjamiyat a’zosi boʻlgan deyarli barcha davlatlar bilan iqisodiy, madaniy, harbiy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Buning asosi Konsti- tutsiyaning 18-moddasida aks etgan. Mamlakatimiz bir qator mintaqaviy xalqaro tashki- lotlar doirasida koʻplab davlatlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston xavfsizlikni ta’minlash va inson huquqlarini himoya qilish yoʻlida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti qatnashchisi. Bundan tashqari, mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik yoʻ- lida 2001-yildan buyon Oʻzbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining muhim a’zolaridan hisoblanadi. Islom davlatlari va aholisining katta qismini musulmonlar tashkil etadigan davlatlar bilan hamkorlikni esa Islom hamkorlik tashkiloti doirasida amalga oshirmoqda. Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz dunyoning barcha davlatlari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘ygan.


Oʻzbekiston xavfsizlikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish va boshqa bir qan-
cha sohalarda xalqaro hamjamiyat rivoji uchun oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Tarixga nazar


Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi – 1991-yil 8-dekabrda tuzilgan mintaqaviy tashkilot. 1991-yil 21-dekabrda Oʻzbekis- ton bir qancha davlatlar bilan birgalikda unga a’zo boʻldi. Tashkilotning maqsad va vazifalari Olmaota deklaratsiyasida belgilab qoʻyilgan. 1993-yilda qabul qilin- gan MDH nizomi esa a’zo davlatlar in- son huquqlari, transport, aloqa, iqtisod, sog‘liqni saqlash, chegara, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, atrof- muhit kabi bir qancha masalalarda ham- korlik qilishini belgilab beradi.
Masalan, atrof-muhitni himoya qilish so- hasida hozir dunyoning eng katta global- ekologik halokatlaridan biri boʻlgan Orol dengizi muammosini hal etish maqsadida xalqaro hamjamiyat e’tiborini Orolga qa- ratish va uni qutqarish boʻyicha jamg‘ar- malar tuzishda tashabbus koʻrsatmoqda. Bu nafaqat Oʻzbekiston va Qoraqalpog‘is- tonga, balki Orol qurishi natijasida bosh- qa davlatlarga yetkaziladigan zararning oldini oladi. Shuningdek, qo‘shni Afg‘onis- tonda boʻlayotgan voqealarga ham befarq qaramasdan, u yerda tinchlik oʻrnatilishi uchun 2018-yilda Oʻzbekiston tashabbu- si bilan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik so- hasida hamkorlik va mintaqaviy sherik-



113

lik” mavzusida Toshkent xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi. O‘zbekiston bu orqali xalqaro ham- jamiyatning xavfsizligiga oʻz hissasini qoʻshmoq- da. Shu bilan birgalikda, inson huquqlari, xusu- san, yoshlar huquqlarini himoya qilish maqsadida 2017-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida “Yoshlar huquqlari toʻg‘risidagi xalqaro konvensiya”ni qa- bul qilish g‘oyasi ilgari surildi. Bu mamlakatimiz xalqaro huquq normalarining yaratilishiga ham oʻz hissasini qoʻshayotganini anglatadi.


@edurtm_uz


Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə