Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə101/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 15-modda.

    1. Har bir insonning fuqaro bo‘lish huquqi bor.

    2. Hech kim o‘zboshimchalik bilan o‘z fuqaroligidan yoki o‘z fuqaroligini o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.

Albatta, biror davlatning fuqaroligiga ega bo‘lish shu davlatda yashash hamda bu yerdagi siyosiy huquqlardan foydalanish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Shuning uchun biror shaxsga fuqarolikni taqdim etish yoki taqdim etmaslik to‘liq davlatning vakolatiga kiradi. Davlat o‘z ichki normativ-huquqiy hujjatlariga asosan shaxslarga fuqarolik taqdim etish yoki taqdim etmaslik masalasini hal qiladi. Davlat shaxslar qanday holatlarda uning fuqaroligiga ega bo‘lishi borasidagi talablarni ham o‘rnatadi. Turli davlatlar o‘zlarining ichki holatidan kelib chiqib, turli xil qoidalarni belgilaydi.





Fuqaroning pasporti (16 yoshga to‘lganlar uchun)
Identifikatsiyalovchi karta (16 yoshga to‘lganlar uchun)
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmaganlar uchun)



115
@edurtm_uz

Mamlakatimizda O‘zbekiston fuqaroligini olish va tugatishga doir munosabatlar “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga asosan tartibga solinadi. Masalan, ushbu qonunga ko‘ra, tug‘ilganlik bo‘yicha, bola farzandlikka olinganda hamda fuqarolikka qabul qilish bilan shaxslar mamlakatimiz fuqaroligini olishlari mumkin bo‘ladi. Albatta, bunda ixtiyoriylik tamoyiliga amal qilinadi. Ya’ni hech kim majburan fuqarolikka qabul qilinmaydi. Ya’ni kim mamlakatimiz fuqaroligini olmoqchi bo‘lsa, o‘zi buni ixtiyor qilishi kerak. Masalan, Tojikiston fuqarosi O‘zbekiston fuqaroligiga o‘tmoqchi bo‘lsa, o‘z ixtiyoriga ko‘ra, ariza bilan vakolatli idoralarga murojaat qiladi va yakunda uni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish yoki qabul qilmaslik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomoni- dan hal etiladi.
Ammo bu yerda yana bir muhim masala mavjud bo‘lib, bu chet el fuqarosining o‘z fuqaroligidan chiqishi lozimligidir. Chunki O‘zbekiston faqat yagona fuqarolikni tan oladi. Ikki yoki ko‘p fuqarolik bizning mamlakatimizda tan olinmaydi. Biror shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinsa, u O‘zbekistonda tug‘ilganmi yoki boshqa mamlakatda – buning ahamiyati yo‘q. Mazkur fuqaro ham barcha O‘zbekiston fuqarolari bilan bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.


Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə