Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə104/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Savol va topshiriqlar

  1. Nima deb oʻylaysiz, insonga fuqarolik nima uchun kerak?

  2. Sizningcha, fuqarolar huquqlarini roʻyobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlarni kim taʼminlashi lozim?

  3. Fuqaro va davlat oʻrtasida qanday oʻzaro bogʻliqlik vujudga keladi?

  4. O‘zbekistonda fuqarolikka doir qanday tamoyillar amal qiladi?

  5. Oʻzbekistonda fuqarolikka ega boʻlish uchun qanday qonuniy asoslar nazarda tutilgan?

  6. Qanday holatlarda O‘zbekiston fuqarolari o‘z fuqaroligini yo‘qotishlari mumkin?

118
@edurtm_uz

33-DARS. OʻZBEKISTONDA MAHALLIY AHOLI VA CHET ELLIKLAR
Insonlarning dard-u tashvishlarini o‘ylab yashash
odamiylikning eng oliy mezonidir.
Shavkat Mirziyoyev


Siz bilib olasiz

Oʻzbekiston oʻz fuqarolarini chet elda himoya qilishi. Chet el fuqarolarining huquqlari.


Xalqaro huquqda jismoniy shaxslarning himoyalanishi.


OʻZBEKISTON OʻZ FUQAROLARINI CHET ELDA HIMOYA QILISHI

Birinchi bobda asosan O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatimizda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqida ma’lumot berib o‘tgan edik. Ushbu darsda esa chet elliklar va O‘zbekiston fuqarolarining chet elda himoya qilinishi haqida so‘z yuritamiz. Xalqaro hamjamiyatda fuqarolik masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bir davlat aholisi va chet elliklar oʻrtasidagi farq aynan ularning qaysi davlat fuqarosi ekaniga bog‘liq. Jismoniy shaxslar qayerda boʻlmasin, deyarli har doim oʻz fuqaroliklari mansub boʻlgan davlat bilan uzviy aloqadorlikda boʻladilar. Oʻzbekiston oʻz fuqarolarini nafaqat Oʻzbekiston hududida, balki undan tashqarida ham himoya qiladi. Mazkur qoida


Konstitutsiyaning 23-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur moddada
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emasligi ham belgilab qo‘yilgan. Albatta, bu qoida davlatning o‘z fuqarolariga nisbatan yuqori darajada qayg‘urishini namoyon etadi. Bundan tashqari, globallashib borayotgan va bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga turli yumushlar bilan chiqish muammo bo‘lmagan bugungi
davr talabini hisobga olgan holda, xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirishga konstitutsiya darajasida e’tibor qaratilgan. Chunki kim qayerda bo‘lmasin, asli o‘zbekistonlik ekan, vatandagilar ular bilan, ular esa vatandagilar bilan uzilmas aloqada bo‘ladi va barcha birgalikda O‘zbekiston hamda uning rivoji yo‘lida qayg‘uradi. Demak, mamlakatimiz siz va bizning huquqlarimizni xorijiy mamlakatlarda ham himoya qilar ekan. Bu qoida fuqarolarimizning pasportlarida ham o‘z aksini topgan. Masalan, xorijga chiqish pasportlarining eng oxirgi betida “Pasport O‘zbekiston Respublikasi mulkidir. Ushbu pasport egasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasidadir” deb yozib qo‘yilgan. Davlat sizni xorijiy


119
@edurtm_uz

mamlakatlarda ham himoya qilishni kafolatlamoqda. Demak, xorijda bo‘lganingizda sizning huquq va manfaatlaringiz buzilsa, o‘sha davlatda joylashgan O‘zbekistonning elchixonasi yoki konsullik idoralariga murojaat qilishingiz kerak. Ammo zamonaviy xalqaro hamjamiyatda globallashuv jarayoni shu darajada tezlik bilan davom etmoqdaki, bir davlatdan boshqa davlatga ko‘chib o‘tayotganlar, ishga yoki sayohatga kelayotganlarning son-sanog‘i yo‘q. Mana shunday paytda “Davlat meni nima bo‘lsa ham himoya qilib olar ekan” degan qarashda bo‘lmaslik kerak. Aksincha, siz borayotgan davlatda qanday qonun-qoidalar mavjudligini o‘rganish va o‘zingizga shubhali tuyulgan xatti-harakatlardan tiyilish maqsadga muvofiq.
Xorijga chiqqaningizda oʻzingiz borgan davlat uchun chet ellikka aylanasiz. Oʻzbekistonda chet elliklar mamlakatimizdagi qoidalarni hurmat qilishlari talab etilganidek, siz ham u yerdagi qoidalarga boʻysunishingiz oʻsha davlat tomonidan talab etiladi. Shu sababli xorijiy mamlakatlarga chiqqaningizda oʻsha davlatlardagi urf-odatlar bilan birgalikda ularning ichki huquqdagi asosiy qoidalarini ham bilib oling. Bu sizni koʻplab koʻngilsizliklardan saqlaydi. Bundan tashqari, sizning har qanday harakatingiz oʻsha davlat fuqarolarida yurtimiz imijini shakllantiradi.
Yuqoridagilardan tashqari, davlat o‘z fuqarolarini chet davlatning xalqaro huquqqa zid bo‘lgan xatti-harakatlaridan ham himoya qiladi. Bunday himoya “Diplomatik himoya” deb ataladi va xalqaro odat huquqi sifatida juda ham mashhur. Bunda davlat chet elda huquqlari buzilayotgan fuqarosining huquqlarini o‘zining elchi yoki konsul kabi vakillari, umuman diplomatik yo‘llar orqali o‘sha davlatdan himoya qilishga urinadi. Ammo bu qoidani diplomatlarning daxlsizligiga oid qoidalar bilan adashtirib yubormang.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə