Davlat va huquq asoslari


FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə103/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI

Mamlakatimizda O‘zbekiston fuqarolaridan tashqari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ham uchratamiz. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari mamlakatimiz tomonidan xalqaro huquq qoidalariga binoan himoya qilinadi. Bu qoida Konstitutsiyamizning 24-moddasida


Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs.


117
@edurtm_uz

mustahkamlab qo‘yilgan (chet elliklarning huquqlari haqida 4-bobda batafsil ma’lumot beriladi).
O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, ba’zi huquqlarni hisobga olmaganda, O‘zbekiston fuqarolari bilan teng huquq va majburiyatlarga ega. Masalan, ijtimoiy ta’minot, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, mulkiy, mamlakatimiz hududida erkin harakatlanish kabi masalalarda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari bilan deyarli bir xil teng huquqlarga ega.
Ammo ba’zi bir sohalarda bunday emas. Xo‘sh, ularga nisbatan qanday cheklovlar mavjud? Masalan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga siyosiy huquqlar bilan bog‘liq jiddiy cheklovlar o‘rnatilgan. Xususan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati vakillik organlari saylovlarida saylovchilar sifatida ishtirok eta olmaydilar. Shuningdek, ular davlat hokimiyati organlariga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emas. Mamlakatimizda o‘tkaziladigan referendumlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘ladigan saylovlarda ham qatnasha olmaydilar. Yuqoridagilardan tashqari, mehnat faoliyatida ham ba’zi huquqlari cheklanishi mumkin. Xususan, ma’lum bir lavozimlarga tayinlanish yoki muayyan mehnat faoliyati turi bilan shug‘ullanish O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik bilan bog‘liq bo‘lsa, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu lavozimlarga tayinlanishi, saylanishi yoki muayyan mehnat faoliyati turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Masalan, O‘zbekistonda respublikamiz fuqarolarigina advokat yoki sudya bo‘la oladi.
Albatta, huquqlardan tashqari majburiyatlar masalasida ham bir qancha farqlar ko‘zga tashlanadi. Masalan, umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli, mamlakatimizda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ya’ni O‘zbekistonda yashovchi 18 yoshga to‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan yigit armiyaga borib harbiy xizmatni o‘tash majburiyatiga ega emas.
Yuqoridagilar kabi bir qancha huquqlarning fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga taqdim etilmasligi ularga o‘z orzu-istaklarini amalga oshirishda to‘sqinlik qilishi tabiiy hol. Shu sababli so‘nggi yillarda yurtimizda fuqarosizlikka barham berishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonda yashab kelayotganlar va ularning oilalariga O‘zbekiston fuqaroligi taqdim etilmoqda. Ushbu siyosat nafaqat O‘zbekiston Respublikasining insonparvar, ichki normativ-huquqiy hujjatlarining maqsadlariga, balki Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961-yilgi Fuqarosizlikni qisqartirish to‘g‘risidagi konvensiyasi maqsadlariga ham to‘la mos keladi.



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə