Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə111/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Konferensiya – biron-bir masalani hal etish uchun tashkil etiladigan majlis, yigʻilish.
Korrupsiya – shaxsning shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.
Memorandum – diplomatik yozishmalar hujjati. Yaʼni ikki yoki undan ortiq davlatning biror masalani hal etish boʻyicha imzolagan diplomatik hujjati.
Migratsiya – koʻchish. Aholining bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi.
Nafaqa – aholini moddiy ta’minlash shakllaridan biri. Nafaqa kasal bo‘lganda, jarohat olganda, homiladorlik va bola tugʻilganda, ishsiz bo‘lib qolganda va boshqa holatlarda tayinlanadi.
Nikoh – erkak va ayolning oʻzaro ixtiyoriy roziligi bilan tuzilgan ittifoq. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksiga koʻra, erkak yoki ayoldan biri rozi boʻlmasa, nikoh tuzilmaydi. Nikoh yoshi – oila qurish mumkin boʻlgan yosh. Oʻzbekistonda nikoh yoshi 18 yosh.
Oila – nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Ota-ona, farzandlar va boshqa yaqin qarindoshlarning birlashmasi “oila” deyiladi.
Oldi-sotdi – biror mol-mulkni kimgadir sotish yoki sotib olish.
Oliy Majlis – davlatning oliy vakillik organi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. Qonunchilik palatasi va Senatning vakolat muddati besh yil.
Pasport – shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanini belgilaydigan hujjat.
Pensiya – fuqarolar ma’lum bir yoshga yetganida davlat tomonidan tayinlanadigan doimiy to‘lov. Pensiya bir umrga tayinlanadi.
Pora berish – mansabdor shaxsga biror xizmati evaziga noqonuniy pul mablagʻi berish. Prokuror – prokuratura organlarining mas’ul mansabdor shaxsi. Bu soʻz fransuzchada “qoralovchi” degan maʼnoni bildirsa, lotinchada “gʻamxoʻrlik qilish” degan maʼnoni anglatadi.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə