Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə108/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Yodda tuting
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti – xorijga chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tas- diqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega boʻlgan hujjat.


123



NAZORAT ISHI
@edurtm_uz



Vaqtni “essiz”, “qaniydi”, “koshkiydi”lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan.
Najmiddin Kubro


ATAMALARDAN FOYDALANGAN HOLDA MATNNI TO‘LDIRING

Jahonda mavjud davlatlar va ularda yashovchi insonlar dunyo oldida turgan global muammolarni hamkorlikda hal qilishda umumiy maqsad yoʻlida faoliyat koʻrsatish birligini anglatuvchi tushunchasi tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Bugun u


faqatgina suveren davlatlardangina emas, balki ................... ning hisobiga ham boyigan. Suveren davlatlar oʻzining ichki va tashqi siyosatida toʻla mustaqil boʻlsa-da, ular ham boʻysunishi lozim boʻlgan huquq mavjud bo‘lib, mazkur huquq sohasi ...................
deb ataladi. U faqatgina kuchlilar manfaatini himoya qilmaydi, balki insoniyatning umumiy manfaatlarini himoya qilishni, urushlarning oldini olish va tinchlikni saqlashni maqsad qiladi. Shu maqsad yo‘lida asosan yuridik kuchi teng boʻlgan ikki manba
................... va ................... qoidalariga tayanib ish ko‘rishni talab etadi. Davlatlar oʻzlari rozi boʻlib xalqaro huquq qoidalariga amal qiladi. Yana shuni ham unutmaslik lozimki, mazkur qoidalar faqatgina xalqaro munosabatlarni tartibga solmasdan, milliy huquq bilan ham uzviy aloqadorlikda boʻladi. Masalan, O‘zbekistonda xalqaro huquq normalari hamda mamlakatimizning xalqaro shartnomalari ichki huquq bilan birgalikda ni tashkil
etadi.
Ammo xalqaro aloqalarda davlatlar bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar ham muhim rol o‘ynashini unutmaslik lozim. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin dunyodagi barcha insonlar tinchlikning naqadar buyuk ne’mat ekanini tushunib yetdi. Shu sababli urush yakunlanishi bilanoq dunyoda tinchlikni saqlab turishga xizmat qiladigan
................... tashkil etildi. 1992-yil 2-martda O‘zbekiston ham mazkur tashkilotga qoʻshildi va ko‘plab masalalarda, xususan, O‘rta Osiyoni ................... dan xoli hududga aylantirish, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, inson huquqlarini himoya qilish kabilarda u bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Mamlakatimiz nafaqat bu kabi universal xalqaro tashkilotlar, balki mintaqaviy xalqaro tashkilotlar bilan ham xavfsizlik va iqtisodiy masalalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, 2001-yildan buyon O‘zbekiston ................... ning muhim a’zolaridan hisoblanadi. 2021–2022-yillarda ushbu tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi raislik qildi.
Bundan tashqari, ................... yuqoridagi davlat hamda xalqaro tashkilotlar kabi xalqaro huquqning subyekti hisoblanmasa-da, uning ishtirokchisi bo‘lgani uchun ularni xalqaro maydonda himoya qilish dolzarb masala hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini xorijiy mamlakatlarda ham himoya qilishni kafolatlaydi. Shuningdek, davlatlar o‘z fuqarolarini chet davlatning xalqaro huquqqa zid bo‘lgan xatti-harakatlaridan ham himoya qiladi. Bunday himoya ................... deb ataladi va xalqaro odat huquqi sifatida juda ham mashhur.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə