Davlat va huquq asoslari


Qonun – davlat oliy vakillik organining yuqori kuchga ega boʻlgan hujjati. Ratifikatsiya



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə112/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Qonun – davlat oliy vakillik organining yuqori kuchga ega boʻlgan hujjati.
Ratifikatsiya – (lot. ratus – “hal qilingan”, “tasdiqlangan” va facere – “qilmoq”) – xalqaro shartnomaning davlat hokimiyati oliy organi tomonidan tasdiqlanishi. Masalan, Oʻzbekistonda xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati birgalikda qaror qabul qiladi.
Soliq – davlat tomonidan undiriladigan va byudjetga oʻtkaziladigan majburiy toʻlov.
Soliqlarni toʻlashdan bosh tortish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Sud – odil sudlovni amalga oshiruvchi mustaqil organ.
Suverenitet – davlatning boshqa davlatlardan ichki va tashqi siyosatda mustaqilligi.
Valyuta – muayyan mamlakatning pul birligi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasida – soʻm, Rossiya Federatsiyasida – rubl, AQSHda – dollar va boshqalar.
Vasiyat – fuqaroning vafot etgan taqdirda oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkni tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi.
Vasiylik – 14 yoshga toʻlmagan bolalarga va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz
deb topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadigan huquqiy shakl.
Voyaga yetmaganlar – Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga koʻra, 18 yoshga yetmagan fuqarolar.
Xalqaro huquq – xalqaro muloqotdagi davlatlararo va boshqa qatnashuvchilar (subyektlar) oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsiplar va normalar majmui.
Xususiy mulk – mulkni oʻzlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli.


126


@edurtm_uz

Davlat va huquq asoslari [Matn]: 10-sinf uchun darslik / H. Tuychieva, A. Hakimov,


O. Abdugʻaniyev, O. Shernayev, M. Ahmedova Toshkent: Respublika taʼlim markazi, 2023. – 128 b.

ISBN 978-9943-8453-0-5 UOʻK 341.23(075.3) KBK 67.400ya72




O‘quv nashri
H. Tuychieva, A. Hakimov,
O. Abdugʻaniyev, O. Shernayev, M. Ahmedova



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə