Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə109/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

124
@edurtm_uz

AYRIM YURIDIK ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI

Ayb – shaxsning sodir etgan jinoyatiga oʻzining munosabati. Masalan, siz oʻrtogʻingizning ruchkasini unga bildirmasdan olib qoʻydingiz va sizda shu ishni qilganingizdan soʻng “Bekor qildim-da” degan tuygʻu paydo boʻldi. Mana shu “ayb” deyiladi.
Advokat – sizning huquqlaringizni himoya qiladigan shaxs. Masalan, kimdir uyingizni noqonuniy olib qoʻygan boʻlsa, siz advokatga murojaat qilib, uning yordami bilan uyingizni qaytarib olishingiz mumkin.
Bezorilik – jamiyatdagi yurish-turish qoidalarini buzish va mensimaslik. Bunday bezori shaxslar taqiqlangan joylarda alkogol ichimliklar ichadi, boshqa insonlarni haqoratli gaplar bilan soʻkadi. Yaʼni jamoat joylarida nomaqbul ishlarni qiladi.
Bitim – fuqaro va yuridik shaxslarning oʻzaro kelishuvga olib keladigan harakatlari.
Masalan, sizning doʻkonga borib, muzqaymoq sotib olishingiz bitim boʻladi.
Blog inglizcha “web log” soʻzidan qisqartirib yasalgan boʻlib, “internet kundalik”, “internet qaydnoma”, “onlayn bitik” kabi maʼnolarni anglatadi.
Bloger – oʻz sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali fikr-mulohazalarini, munosabatlarini beruvchi, blog yurituvchi kishi.
Burch – bajarishimiz kerak boʻlgan ishlar. Masalan, vatanimizni himoya qilishimiz, harbiy xizmatga borishimiz, Konstitutsiya va qonunlarga itoat etishimiz, ota-bobolari- mizdan qolgan tarixiy, madaniy va maʼnaviy merosni asrab-avaylashimiz hamda bizni oʻrab turgan tabiatni ehtiyot qilishimiz bizning burchimiz hisoblanadi.
Buyruq – bajarilishi majburiy boʻlgan, bir kishi tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Masalan, maktab direktori tomonidan maktab hududini obodonlashtirish uchun chiqariladigan hujjat buyruq boʻladi va bu buyruqni maktab jamoasi va o‘quvchilar bajarishi shart.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə