8. Mavzu Semenar: Alkogol, tamaki, zaxarli moddalarning odam organizmiga ta’siri. Alkogol (spirtli) ichimliklar



Yüklə 408,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü408,59 Kb.
#147771
  1   2   3   4
8 mavzu.Semen. Alkogol 12.09.23



8. Mavzu Semenar:
Alkogol, tamaki, zaxarli moddalarning odam 
organizmiga ta’siri

Alkogol (spirtli) ichimliklar. 
Spirtli ichimliklar iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib keladi, ya’ni inson salomatligining 
buzilishi, aqliy xamda jismoniy ish qobiliyatini susayishi, xar xil kasalliklarga chalinishi, inson 
umrining qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Alkogol, ya’ni «spirt» (etil va vino spirt) o
ziq-ovqat maxs
ulotlarini bijg‘itish natijasida olinadi.
Bijg‘itish yo‘li bilan olingan, lekin tozala
nmagan spi
rt tarkibida xar xil zaxarli moddalar ko‘p 
bo‘ladi. Ular oldin tozalanib (retifikatsiya), keyin spirtli ichimliklar tayyorlaniladi.
Etil spirti - narkotik moddalar tarkibiga kiradi. 
Alkogol nerv tomirida impuls o‘tkazuvchanligini tormozlaydi. Organizmga 
tushgan alkogol (spirt) 
89% oshqozon shilliq qavati orqali qonga so‘riladi, qolgan qismi esa ichaklar yordamida so‘riladi. 
Spirt iste’mol qilgandan so‘ng oradan 1
-
1,5 soat o‘tib qonda spirtni maksimal dozasini aniqlash 
mumkin. 
Alkogol (spirt) eng avvalo in
son organizmining markaziy asab tizimi (MAT)ga o‘ta salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Buning natijasida insonning ilmiy xamda jismoniy ish faoliyati susayadi, ravshanlik 
yo‘qoladi, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yiladi, xarakatda aniqlik yo‘qoladi.
Xaddan tashqari ko‘p iste’mol qilingan spirtli ichimliklar natijasida Yuqorida aytib o‘tilgan xolat 
yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bunda reflekslar susayadi, xarakat koordinatsiyasi buziladi, gapirish 
markazi tormozlanadi, muskullar bo‘shashadi, buning natijasida chuqur narkotik uyq
u paydo 
bo‘ladi.
Bu xolat ertangi kunga xam o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazadi: ish qobiliyatining susayishi, bosh 
aylanishi, inson o‘zini yomon xis qilishi va xokazo.
Spirtli ichimlik nafaqat MATga ta’sir qilib qolmay, balki organizmni Yurak
-qon tomir tizimiga, 
jigarga, oshqozon-
ichak tizimiga, jinsiy a’zolarga xam salbiy ta’sirini o‘tkazadi.
Spirtli ichimliklarni surunkali iste’mol qiluvchi insonlar orasida Yurak
-qon tomir tizimi 
xastaliklari 22 marta, oshqozon xastaligi 18 marta, organlar xastaliklari 4 mart
a ko‘proq uchraydi.
Eng og‘ir xastaliklardan bo‘lgan jigar sirrozi xam ayni spirtli ichimliklar iste’mol qiluvchilar 
orasida ko‘p uchraydi. Bu xastalik ko‘pincha Yoshlar orasida o‘lim bilan yakun topmoqda.
Alkogol jinsiy a’zolarga xam ta’sirini o‘tkazadi. Tadqiqotlar Shuni ko‘rsatadiki, 41% spirtli 
ichimliklarni iste’mol qiluvchi insonlar orasida jinsiy moyillik keskin susayishi kuzatilgan.
Spirtli ichimliklarni iste’mol qiluvchilar orasida o‘lim dunyo buyicha 3 o‘rinni egallaydi, faqat 
Yurak-qon tomir kasalliklari va saratondan keyin. 
Spirtli ichimliklar iste’mol qilish oqibatida 80
-90% jinoyatlar qilinadi, travmalar (shikastlar) 
olinadi. Alkogolizm natijasida oilalar buzilib ketadi, insonlar o‘z xurmatini yo‘qotadi, do‘st
-
birodarlaridan ayriladi, ish joylaridan xaydaladilar. 
Sportchilar orasida spirtli ichimliklar iste’mol qilish ularni fiziologik xolatini 20
-30% susaytiradi. 
CHet el olimlari bu tadqiqotlarni tekshirish natijasida Shuni aniqlashdiki, xarakat reaksiyalari 12-
16%, aniqlik reaksiyasi 17-21%, muskullar aniqligi 14-19% kamayar ekan (A.P.Laptev, 2001). 
So‘z oxirida Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, spirtli ichimliklarni surunkali iste’mol qilish 
talabalarorganizmiga zarar ko‘rsatish bila
n birga ularning aqliy qobiliyatini xam susayishiga olib 
keladi. 
 

Yüklə 408,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə