Davlat va huquq asoslari


XALQARO HUQUQDA JISMONIY SHAXSLARNING HIMOYALANISHI



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə106/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

XALQARO HUQUQDA JISMONIY SHAXSLARNING HIMOYALANISHI
Insonlarning huquqlari va manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinadi. Xoʻsh, agar shaxsning huquqi oʻz davlati tomonidan buzilsa yoki davlati uni himoya qilmasa, kim shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi? Bunday paytda xalqaro huquq himoyaga keladi. Ya’ni inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro shartnomalar va inson huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar orqali shaxslarning huquqlari himoya qilinadi.
Lekin bu shaxsning huquqlari buzilganda u darhol xalqaro inson huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlarga murojaat qilishi zarur degani emas. Avvalo, shaxsning huquqlari buzilgan davlatdagi sud kabi vakolatli davlat organlariga murojaat qilinishi kerak.
Yodda tuting


BMT Inson huquqlari qo‘mitasi – Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xal- qaro pakt qoidalari oʻz ishtirokchi davlatlari tomonidan bajarilishini nazorat qiluvchi mustaqil ekspertlar guruhidan tashkil topuvchi tuzilma. U davlatlarning davriy hisoboti yuzasidan o‘zining tavsiya va yakuniy xulosalarini taqdim etib boradi. Buning natijasida davlatlarning ichki qonunchiliklari, siyosat va amaliyotlarida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va bu insonlarga o‘zlarining fuqarolik va siyosiy huquqlaridan foydalanishga yordam beradi.


121
@edurtm_uz

U barcha bosqichlarda chiqarilgan qarorlardan qoniqmasa, undan keyin xalqaro dara- jada inson huquqlarini himoya qiladigan institutlarga murojaat qiladi. Bunday institutlarga misol qilib global miqyosda fuqarolik va siyosiy huquqlarni himoya qiluvchi va jismoniy shaxslar ham shikoyat bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan BMTning Inson huquqlari qo‘mitasi yoki mintaqaviy doirada inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi kabilarni keltirishimiz mumkin.
Tarixga nazar



Oʻzbekiston Respublikasining fu- qarolari ham xorijiy mamlakatlar tomonidan huquqlari buzilganda xalqaro huquqdan najot izlaganlar. Xususan, Turkiya, Rossiya hamda boshqa Yevropa davlatlari ustidan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilgan fuqarolari- mizning soni talaygina.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə