Davlat va huquq nazariyasi faning funksiyalari


II Bob Davlat va huquq nazariyasi fanining



Yüklə 236,5 Kb.
səhifə4/5
tarix14.06.2023
ölçüsü236,5 Kb.
#117276
1   2   3   4   5
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANING FUNKSIYALARI

II Bob Davlat va huquq nazariyasi fanining funksiyalari
2.1 Davlat funksiyalari fanining tushunchasi va tasnifi.
Davlat va huquq nazariyasi fanining predmetiga faqat amaldagi davlat va huquq munosabatlari, jarayonlari, hodisalarining eng umumiy belgilarigina emas, balki fuqarolarning ular tо`g`risidagi tasavvurlari, qarashlari, fikrlari ham kiradi. Demak, davlat va huquq nazariyasi predmeti doirasiga ijtimoiy ongning huquq bilan bog`liq va uning vositasida о`rganiladigan qismi, ya`ni huquqiy ong ham kiradi.
Davlat va huquq nazariyasi о`zining mustaqil predmet yо`nalishiga ega bо`lib, ijtimoiy, shuningdek, yuridik fanlar tizimida muayyan о`rin tutadi. Fanning bu xususiyatini Prezident I.A.Karimov О`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining umumiy yig`ilishidagi nutqida shunday ta`kidladi: “...olimlarimiz, birinchi navbatda, ijtimoiy fan vakillari oldida turgan ulkan vazifalar haqida tо`xtalib о`tmoqchiman. Mamlakatimiz mustaqilligini mustaxkamlash, milliy davlatchilikni shakllantirish, huquqiy demokratik davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini qaror toptirishdek ulug` orzu-umidlar bilan yashar ekanmiz, ijtimoiy fanlar sohasidagi ilmiy izlanishlar va ularning natijalariga alohida e`tibor bermaslik mumkin emas”2[2].
Zero, bizning hayotimizda shunday obyektiv davlat va huquq qonuniyatlari xukm suradiki, ularni tushunmay turib, sohaviy yoki maxsus yuridik fanlarni о`rganish mumkin emas.
Davlat va huquq nazariyasini turli ijtimoiy fanlar bilan taqqoslash ularning о`zaro mustahkam bog`liqligini va hatto bir-birlariga singib ketganligini kо`rsatadi. Davlat va huquq nazariyasining yuridik fanlar tizimidagi о`rni haqida sо`z ketganda, mazkur da`vo yanada haqqoniyroq yangraydi. Binobarin, davlat va huquq nazariyasi maxsus va yuridik tarmoq fanlariga nisbatan umumlashtiruvchi, dasturiy, yо`naltiruvchi hamda uslubiy ahamiyatga molik fan sifatida maydonga chiqadi.


Davlat va huquq nazariyasi fani predmeti va metodlari
Barcha fanlar о`z predmeti, ya`ni shu fan tomonidan о`rganiladigan masalalarga ega bо`lish bilan birga, о`z metodlari, ya`ni fanning о`rganish usullariga ham ega bо`ladi. “Metodologiya” kategoriyasi yunoncha “metodos” sо`zidan olingan bо`lib, biror narsani о`rganish yо`li degan ma`noni anglatadi. Metod – bu umumiy ma`noda maqsadga erishish usuli, muayyan tarzda izga solingan faoliyatdir. Metod – bu maxsus ma`noda bilish vositasi, о`rganiladigan mavzuni tafakkurda xosil qilish yо`lidir. Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari davlat va huquq taraqqiyotining qonuniyatlari, hozirgi axvoli va mohiyati sohasida bilim olishga yordam beruvchi usul va vositalar birligidan iborat.
Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari davlat va huquqni о`rganish usullaridir. Har qanday fandagi kabi, davlat va huquq nazariyasida ham turli yondashuvlar, har xil qarashlar mavjud. Davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va huquqning mohiyati, turli jihatlari va xususiyatlarini, rivojlanish qonuniyatlari va prinsiplarini о`rganishga imkon beradi.
Davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va huquqning turli sohalari va jihatlarini ochib berishga yordam beradi. Ular davlat va huquq tо`g`risidagi bilimlarni о`rganish, tо`plash va umumlashtirish kalitidir.
Davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va huquqning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini bilishga kо`maklashadi; davlat va huquqniig mohiyati va vazifalariga, funksiyalari va taraqqiyot tamoyillariga ilmiy yondashish uchun asos bо`lib xizmat qiladi.
Davlat va huquq hodisalari, voqealari, jarayonlari tо`g`risidagi bilimlarni qо`llaniladigan nazariy tadqiqotlar va amaliy harakat qilish usullari va yо`llarining yig`indisiga davlat va huquq nazariyasining ilmiy о`rganish metod («metod» grekcha sо`z bо`lib, aynan «biron narsaga borish yо`li» demakdir) lari deyiladi.
Davlat va huquq nazariyasining metodlarini quyidagi uch asosiy guruhga bо`lish mumkin:

  • eng umumiy;

  • umumiy ilmiy;

  • xususiy ilmiy metodlar.

Eng umumiy metodlar — har tomonlama fikr yuritishning asosiy qonun-qoidalarini о`zida ifodalaydigan dunyoqarash shaklidagi usullardir. Ularga metafizika va dialektik metodlar kiradi.
Metafizika («Metafizika» grekcha sо`z bо`lib, aynan ma`nosi«fizika ketidan keladigan narsa» degani bо`lib, hozirgi kunda fanda «Qotib qolgan fikr yuritish usuli» ma`nosida ishlatiladi) metodi bilan ish kо`ruvchilar davlat va huquq ilgaridan mavjud bо`lgan, bundan keyin ham bо`ladi, u abadiy va о`zgarmasdir, hech qanday boshqa ijtimoiy hodisalar bilan ichki bog`lanishda emas, rivojlanishda emas, qanday bо`lsa shundayligicha saqlanib qoladi deb fikr yuritadilar.
Dialektika metodi bilan ish kо`ruvchilarning birlari — davlat va huquq parvardigori olam — Ollohning ilohiy kuchi ila paydo bо`lgan va shu asosda rivojlanadi (obyektiv idealizm);
ikkinchilari — davlat va huquq; insonlar ongining; ya`ni ularning ruhiyati, his-tuyg`ulari, sezgilarining maxsuli (subyektiv idealizm);
uchinchilari — davlat va huquq muayyan sabablarga kо`ra vujudga kelgan va shu asosda rivojlanadi (obyektiv materializm);
tо`rtinchilari — davlat va huquq jо`g`rofiy muhitning, etnik va milliy xususiyatlarning maxsuli (jug`rofiy determinizm) deb fikr yuritadilar.
Davlat va huquq nazariyasining eng umumiy metodini — ilmiy dialektika tashkil qiladi. Bu metod quyidagilarni taqozo etadi:
birinchidan, davlat va huquq sohadagi har bir jarayonda moddiy va ma`naviy asoslarning borligini, inson tafakkuri ularni har tomonlama tо`liq qamrab olishini e`tirof etish;
ikkinchidan, hech bir davlat yoki huquqning, ularda yuz berayotgan voqea, hodisa va jarayonlarning sababsiz sodir bо`lmasligini, ular о`zaro aloqadorlikda va rivojlanishda ekanligini, eskilari yо`qolib, ularning о`rniga yangilari kelishini tan olgan holda ularni hamma vaqt taraqqiyotda va harakatda olib qarash;
uchinchidan, har qanday davlat va huquqda yuz berayotgan voqea, hodisa, jarayonlarni bilishga butun insoniyat amaliy faoliyatini jalb qilish;
tо`rtinchidan, davlat va huquqqa oid voqea-hodisalarni bilish jarayonida egallanadigan, haqiqatlar obyektiv, bir vaqtning о`zida nisbiy va mutlaq xususiyatga ega bо`lib, mavxum emas, balki aniq shaklda mavjud bо`lishini tan olishi va shu asosda ish yuritish.
Shuning uchun ham ushbu metod davlat va huquq nazariyasining eng umumiy metodinigina emas, balki metodologik asoslaridan birini ham tashkil qiladi.
Umumiy ilmiy metodlar. Bizga ma`lum, umumiy ilmiy metodlar о`z tarkibiga barcha fanlarni о`rganishda asos bо`luvchi analiz, sintez, tizimli, funksional kabi usullarni qamrab oladi.
Ular eng umumiy metodlardan farqli ravishda, davlat va huquqda yuz berayotgan voqea-hodisalar va jarayonlarni bilishning ma`lum bosqichlarida qо`llaniladigan usullardir.
Analiz («analiz» — grekcha sо`z bо`lib, «ajratish, bо`lish» degan ma`noni anglatadi) metodi orqali davlat va huquq muayyan tarkibiy qismlarga ajratilgan holda о`rganiladi. Ushbu usul orqali obyektni tadqiq etishda, uning jamiyat hayotidagi о`rnini aniqlanadi, umumiylarini xususiylaridan, zaruriylarini tasodifiylaridan, asosiylarini muxim bо`lmaganlaridan ajratiladi va shu orqali ularning mazmun-mohiyati yoritib beriladi.
Sintez («sintez» grekcha sо`z bо`lib, «qо`shish, birlashtirish» deganidir) metodi orqali davlat va huquqni, ularga tegishli ijtimoiy xodisalar va tushunchalarni fikran birlashtirish, umumlashtirish orqali yangi bilim va tasavvurlarga ega bо`lish mumkin.
Analiz va sintez metodlari uzviy aloqadorlikda bо`lib, umum ilmiy bilishdagi analitik-sintetik usulning о`zaro ta`sir qiluvchi xususiyatlaridir. Masalan, О`zbekiston davlatini ijtimoiy hodisa sifatida fikran analiz qiladigan bо`lsak, uni, eng avvalo hokimiyat, fuqaro, hududlar kabi tarkibiy qismlarga bо`lamiz va ularning har birini alohida-alohida о`rganamiz. Ayni vaqtda analizdan olingan bilimlarni fikran qayta birlashtirsak, ya`ni sintez qilsak, О`zbekiston suveren demokratik respublika ekanligini kо`rsatuvchi yangi bilimga ega bulamiz.
Tizimli («tizim - sistema» — grekcha sо`z bо`lib, «qismlardan tarkib topgan majmua» degan ma`noni anglatadi) metod davlat va huquqning ichki strukturaviy tuzilishini, tarkibiy qismlarining “gorizontal” va “vertikal” yо`nalishlari va ularning о`zaro bog`liqligini о`rganadi. Tizimli о`rganish falsafa fanining yutug`i bо`lib, bugungi kunda ushbu usuldan barcha ijtimoiy xodisalarni о`rganishda va jamiyatning barcha sohalarini tadqiq etishda keng qо`llanilmoqda3[3].
Funksional («funksiya» lotincha sо`z bо`lib «amalga oshirish, bajarish, yuzaga chiqarish» degan ma`noni anglatadi) metod davlat va huquqning jamiyatda mavjud ijtimoiy xodisa sifatida ularning vazifalari nimadan iboratligini о`rganadi. Ushbu metod yordamida davlat va huquqda oid voqea-hodisalar va jarayonlarning vazifalarini aniqlash orqali ular о`rtasidagi munosabat-larni tushuntirishdir. Masalan, biz hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud xokimiyatiga ajratar ekanmiz, eng avvalo, ularning har birining funksiyalarini aniqlab olamiz, shundan keyin ular о`rtasidagi munosabatlarni tushunib olishga о`tamiz.
Bundan tashqari davlat va huquqni о`rganishda xususiy ilmiy metodlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Xususiy ilmiy metodlar tabiiy, ijtimoiy va boshqa fanlarning taraqqiyoti natijasida kelib chiqadi va ularga sotsiologik, statistik, qiyosiy, kibernetik, tarixiy, mantiqiy va boshqa metodlar kiradi.
Sotsiologik (“Sotsiologiya” termini lotincha lotincha “societas” (jamiyat) va yunoncha “logos” (ta`limot) sо`zlaridan iborat bо`lib, jamiyat tо`g`risidagi fan degan ma`noni bildiradi) metod yordamida davlat va huquqni о`rganishda sotsiologik usullar: sо`rov, anketalashtirish, kuzatuvlar olib borish, jamoatchilik fikrini urganish orqali yangi ma`lumotlar olishimiz mumkin. Olingan ma`lumotlardan davlat va huquqni rivojlantirishda foydalanish mumkin. Sotsiologik tadqiqotlar inson faoliyatining har bir sohasi uchun juda qimmatli ma`lumotlarni yetkazib beradi. Bu usul demok-ratik huquqiy davlatni shakllantirishga qaratilgan huquqiy islohotlar va amaliy tadbirlarning samaradorligini aniqlashda yordam beradi.
Statistik («statistika» — lotincha sо`z bо`lib, «hisob-kitob» degan ma`noni anglatadi) metod — davlat va huquq institutlari tо`g`risidagi matematik hisob-kitoblar yordamida miqdoriy ma`lumotlarni olishga qaratilgan ilmiy usullardan biridir. Bu usul, olingan miqdoriy ma`lumotlarni umumlashtirish asosida davlat va huquqni rivojlantirishning miqdoriy yо`nalishlarini belgilab olishga xizmat qiladi.
Qiyoslash metodi — muayyan davlat va huquqni boshqa joydagi, boshqa shakldagi davlat va huquq bilan fikran taqqoslash asosida ma`lumotlar olish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish, yangi bilim hosil qilish usuli hisoblanadi.
Ushbu metod turli davlatlar va huquqiy tizimlarning umumiy va о`ziga xos tomonlarini bilish hamda ana shu asosda davlat va huquq taraqqiyotining qonuniyatlarini ochishga, davlat va huquq sohasidagi hodisalar va jarayonlarni о`zaro solishtirish asosida ular о`rtasidagi о`xshashlik va farqlarni aniqlashga imkon beradi.
Kibernetik («kibernetika» grekcha sо`z bо`lib, «boshqarish san`ati» degan ma`noni bildiradi) metod. Dunyoning bugungi kо`rinishini axborot texnologiya vosilarisiz tasavvur etish qiyin. Davlat va huquqni о`rganish va tahlil etishda kompyuterlardan, multimediya, slayd va boshqa zamonaviy texnik vositalardan foydalanish oz vaqt sarflab, sifatli ma`lumotlar olishimizga zamin yaratadi.
Mantiqiy metod – davlat va huquqni о`rganishda mantiq fanining umumiy qonuniyatlar asosida oqilona, tо`g`ri xulosa chiqarishga imkon beradi. U ilmiy bilishning mavhum shaklidir. U davlat va huquqning mantiqiy о`rganishining usul va vositalarini ifodalaydi.
Tarixiy metod - davlat va huquqning paydo bо`lishi, rivojlanishini taraqqiyotning muayyan davrida xronologik izchillikda о`rganishni taqozo etadi. Ushbu metod qо`llaniladigan davlat va huquqning qaror topishi, rivojlanishi, tarixiy taraqqiyotning murakkab jarayonlari bilan bog`liq holda о`rganiladi. Bunda kо`pincha kishilik jamiyatining turli davrlarida rо`y bergan voqealar, hodisalar haqida bilim olish imkonini beradigan tarixiy manbalar, qonunlar, maxsus hujjatlar va boshqalarni tahlil qilish usuli qо`llaniladi.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va huquqda tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni bilishga, ularning qonuniyatlarini ochishga qaratilgan umumfalsafiy, umummilliy, xususiy-ilmiy usullar, yullar, qoidalar va vositalar tizimidir. Ulardan amalda foydalanish olib borilayotgan tadqiqotning predmeti va vazifalariga bog`liqdir.
Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy fanlar tizimidagi о`rni va roli.
Davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar tizimida о`ziga xos о`rin egallaydi. Davlat va huquq masalalari nafaqat davlat va huquq nazariyasi, balki turli ijtimoiy fanlar tomonidan ham о`rganiladi. Har bir ijtimoiy fan davlat va huquqning u yoki bu jihatlarini о`z predmeti nuqtai nazaridan talqin etadi.
Davlat va huquq nazariyasi о`quv fani sifatida turli ijtimoiy va yuridik fanlar bilan uzviy bog`liqdir. Ushbu aloqadorlik mazkur fanlar о`rganadigan obyektning umumiyligidan kelib chiqadi. Ular о`z predmeti doirasida davlat va huquqni ijtimoiy hodisa sifatida о`rganadilar. Shu bilan birga, bu fanlarning har biri muayyan xususiyatga, о`zi о`rganadigan fan sohasiga ega.
Davlat va huquq nazariyasi о`z baxs mavzuiga ega bо`lib, huquqshunoslikka aloqador bо`lgan va boshqa ijtimoiy fanlar tizimida tegishli о`rinni egallaydi. Shuning uchun davlat va huquq nazariyasini, bir tomondan, yuridik bо`lmagan fanlar va ilmlar (iqtisodiyot, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, etnografiya) bilan, ikkinchi tomondan – yuridik (davlat va huquq tarixi, siyosiy ta`limotlar tarixi, sohaviy yuridik) fanlar bilan о`zaro munosabatini aniqlash tо`laasoslidir. Bu ushbu fan mavzu doirasini aniqroq belgilab olish va uni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar bо`lmish falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan ham bog`liqdar. Ayni paytda davlat va huquq nazariyasi bu fanlardan farq ham qiladi.
Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasi. Iqtisodiy fanlar ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, xо`jalik hayotini tashkil etish, xо`jalik sohalari, mexnat, moliya, kredit kabi masalalarni о`rganadi. Davlat va huquq nazariyasi о`quv fani esa davlat va huquqni о`zining asosiy predmeti deb hisoblaydi. Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasining о`zaro ta`siri, ularning bir-biri bilan о`zaro aloqasi, davlat va huquqning iqtisodiyotga qanchalik bog`liq ekanligini aniqlashga imkon beradi.
Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi. Falsafa tabiat va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini о`rganadi. Shu bois, u davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida kо`rib chiqadi.
Davlat va huquq nazariyasi fani falsafaning xulosalariga tayangan holda, davlat va huquq muammolarini aniqlashtiradi hamda bir qator maxsus nazariy masalalarni о`rganadi. Bunda falsafa bilan davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorlamaydi, balki tо`ldiradi.
Falsafa borliqning ongga, insonning uni о`rab turgan atrof-muhitga munosabatining umumiy prinsiplari xaqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa davlat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi о`rnini aniqlaydi va faqat shuning о`zi bilan cheklanadi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa davlat va huquqni barcha kо`rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil о`rganadi. Agar falsafa davlat va huquqning mohiyatini aniqlash kalitini bersa, davlat va huquq nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyillarini ifodalash bilan qurollantiradi.
Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni о`rganishda amaliy foydalanish, bir tomondan, davlat va huquq sohasida tо`plangan barcha bilimlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, bu bilimlarni davlat va huquq nazariyasining kategoriyasi sifatida bayon qilish imkoniyatini beradi; ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazariyasi fanining ilmiy tadqiqotlari natijasida olingan hamda amaliyotda tasdiqlangan bilimlar, ma`lumotlar falsafaning obyektiv qonunlarni ochishi va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun empirik ma`lumotlar bо`la oladi.
Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchun tayanch nuqtalaridan biri bо`lib. metodologiya vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa falsafa uchun empirik ma`lumot manbai vazifasini bajaradi.
Sotsiologiya hamda davlat va huquq nazariyasi. Davlat va huquq nazariyasi sotsiologiya fani bilan ham о`zaro aloqada. Chunki sotsilogiya fani ham jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etib, jamiyat a`zolarining, xususan turli xil jamoalarning, aholi turli qatlamlarining davlatga, huquqda qanday munosabatda bо`lishini, ularning davlat va huquq tо`g`risidagi fikr-mulohazalarini «inson mezoni» bо`lmish amaliy kо`rsatkichlar, aniq matematik hisob-kitoblar asosida о`rganadi. Shunga kо`ra, sotsiologiya fani davlat va huquq nazariyasi fani uchun dastlabki empirik ma`lumotlarni tuplab berish vazifasini bajaradi. Davlat va huquq nazariyasi esa, о`z navbatida, sotsiologiya fani bergan ma`lumotlarni umumlashtirib, ulardan nazariy xulosalar chiqaradi.
Sotsiologiya yaxlit tizim bо`lmish jamiyat, hamda u bilan aloqadorlikda о`pganiladigan alohida ijtimoiy guruhlar, sotsial jarayonlar haqidagi fandir. Sotsiologiya о`zining xulosalarida empirik ma`lumotlarga, ijtimoiy tajribalarga asoslanadi. Barcha ijtimoiy hodisalar, jumladan, davlat va huquq ham sotsiologik tadqiqotlarning obyektiga aylanadi. Sotsiologiya ham, falsafa singari, davlat va huquqni bilish-ning umumiy vositasi hisoblanadi. U davlat va huquqni о`rganish asosida о`zining predmetini chuqurlashtiradi va oydinlashtirib oladi.
Davlat va huquq nazariyasi tarix fani bilan ham uzviy aloqadordir. Tarix jamiyatshunoslikka oid fan xisoblanadi. U insoniyat madaniy va ma`naviy taraqqiyotining har xil turlari va davrlari, jamiyatning rivojlanish yо`nalishlari va tiklanish bosqichlarini, insoniyatning о`tmishdan kelajak tomon yuksalib borish sabablari va mohiyatini tadqid etadi. Muayyan xalqlar, davlatlarning muayyan davrlardagi hayotining aniq shakllari va tajribasini va xatto ayrim huquqiy yodgorliklarni ham о`rganadi. Lekin tarih fani uchun vaqt chegarlari muhimdir. U umumlashma xulosalar chiqarmaydi, qonuniyatlar ketidan quvmaydi, ayni shu jihatlari bilan davlat va huquq nazariyasidan farq qiladi.
Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi. Siyosatshunoslik fani siyosat, uning shakllari, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalar, jumladan, partiyalar, siyosiy hokimiyatga va davlat hokimiyatiga erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning о`zaro munosabati kabi hodisalarni о`rganadi. Siyosatshunoslik inson siyosiy madaniyatini ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi orqali, ya`ni fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish orqali о`rganadi.
Davlat va huquq nazariyasining siyosatshunoslik fani bilan bog`likdigi har ikkala fanning ham bir obyektni, ya`ni jamiyat siyosiy tizimining muhim elementi bо`lmish davlat va huquqni ilmiy jihatdan tadqiq etishida yaqqol kо`zga tashlanadi. Bunda davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, amaliy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini о`rgansa, siyosatshunoslik fani davlat va huquqiy siyosatni, aniqrori, jamiyatda yuz berayotgan siyosiy hodisalar va jarayonlarni ya`ni siyosat nazariyasi va amaliyotini о`rganadi. Ularning har ikkalasi bir predmet — davlat va huquqni, davlatning ichki va tashqi siyosatini turli tomonlardan о`rganadi, ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan bilimlar bilan bir-birlarini tо`ldiradi. Oqibatda, siyosatshunoslik fani о`zining keng qamrovligiga kо`ra, davlat va huquq nazariyasi fani uchun metodologik asoslardan biri vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar tizimida quyidagicha о`rin tutadi.
Birinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar jumlasiga kiruvchi huquqshunoslik fanining tarkibiy qismidir. U huquqshunoslikka nisbatan xususiylik, boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan esa, alohidalik kasb etadi.
Ikkinchidan, davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar singari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining mahsuli sifatida paydo bо`lgan. U boshqa ijtimoiy fanlar bilan birgalikda davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni har tomonlama о`rganadi, boshqa fanlarning metodlaridan metodologik asos sifatida foydalanadi. Ayni vaqtda, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarni davlat va huquqqa oid aniq ma`lumotlar bilan ta`minlab, nazariy va amaliy jihatdan qurollantiradi.
Uchinchidan, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fani orqali davlat va huquq bilan qiziqayotgan har qanday ijtimoiy fan sohasining ilmiy tadqiqot mavzuidan о`rin egallashi mumkin.
Tо`rtinchidan, hozirgi kunda suveren О`zbekiston davlati о`zbek xalqining mushtarak maqsadlariga muvofik. tarzda va mustaqil ravishda faoliyat yuritmokda. Bu esa О`zbekiston davlati va huquqini bir necha ijtimoiy fanlarning tadqiqot obyektiga aylantirmokda.
Masalan, О`zbekiston davlatining jamiyatni boshqarish faoliyati — boshqaruv, ma`muriy fanlarning; iqtisodiy-xо`jalik yuritish faoliyati — iqtisodiyot fanlarining; siyosiy faoliyati — siyosatshunoslik fanlarining; jamiyatni yaxlit tizim sifatida о`rganish — sotsiologiya fanining ilmiy tadqiqot obyektiga aylangan. Hosil bо`lgan bilimlar esa ushbu fanlar predmetlarining tarkibiy qismlarini tashkil qiladi. Bu davlat va huquqning kо`pgina ijtimoiy fanlar obyektiga aylanib borayotganligidan darak beradi. Bu davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan о`rni yanada mustahkamlanib borayotganligini kо`rsatadi.
Davlat va huquq nazariyasining barcha ijtimoiy fanlar bilan aloqasi ham ikki tomonlamadir. Davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlarning xulosalariga asoslangan holda xilma-xil falsafiy, tarixiy materiallarni umumlashtirib, davlat va huquqning vujudga kelishi sabablarini, taraqqiyot bosqichlarini, davlat va huquqning mohiyatini, mazmuni va shakllarini ochib beradi. Shu ma`noda davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlarni takrorlamaydi, balki tо`ldiradi. Bu hol esa davlat va huquq nazariyasi о`zining predmetiga va xususiyatlariga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bundan yana ham keng qamrovli xulosalar chiqarish mumkin. О`zbekistonda davlatchilikning huquqiy asoslari kuchayib borishi, huquqiy madaniyat, fuqarolarning huquq va erkinliklari, huquqiy ta`limning rivojlanib borishi bilan davlat va huquq nazariyasi hamda barcha ijtimoiy fanlar о`rtasidagi aloqadorlik kuchayib bormoqda.
Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida
Yuridik fanlar — ijtimoiy hodisa sifatida davlat va huquqning tushunchasi, mohiyati, tanifi, kelib chiqishi, rivojlanishi va amal qilinishining umumiy va maxsus qonuniyatlari tо`g`risidagi huquqiy bilimlar tizimidir.
Barcha yuridik fanlar diqqat markazida davlat va huquq asosiy о`rin egallaydi. Ayni paytda har bir yuridik fan davlat va huquqning muayyan tomonlarini, jihatlarini о`rganadi. Shuning uchun huquqshunoslik fanlarining har biri о`zining mustaqil predmetiga ega.
Davlat va huquq kо`p qirrali ijtimoiy hodisa sifatida kishilik jamiyatining barcha sohalari (iqtisodiyot, siyosat, ma`naviyat va bosh-kalar) bilan chambarchas bog`liqdir. Shu sababli, ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi obyektiv va subyektiv sabablar natijasida davlat va huquqning turli muammolarini о`rganuvchi huquqshunoslik fanlari tizimi vujudga kelgan.
Ayrim olimlar yuridik fanlarni uchta katta guruhga bо`lishadi. Bular fundamental tarixiy-nazariy, sohaviy va amaliy yuridik fanlardir.
Boshqa birlari esa, huquqshunoslik fanlarini ularning predmeti va metodlariga kо`ra quyidagi tо`rt guruh: tarixiy-nazariy yuridik fanlar, tarmok, yuridik fanlari, amaliy yuridik fanlar, xalqaro huquqiy fanlardan iborat deya fikr bildiradilar. Ularning fikricha:
Birinchi guruh: tarixiy-nazariy yuridik fanlarga davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi, siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi, musulmon huquqi, rim huquqd, qiyosiy huquqshunoslik, huquq falsafasi, huquq sotsiologiyasi, huquqiy madaniyat nazariyasi kabi о`quv fanlari kiradi.
Ikkinchi guruh: tarmoq yuridik fanlariga oila huquqi, fuqarolik huquqi, konstitusiyaviy huquq ma`muriy huquq mexnat huquqi, jinoyat huquq, moliya huquqi, yer huquqi, ekologiya huquqi, xо`jalik huquqi, fuqarolik-protsessual huquq jinoyat-protsessual huquq xо`jalik-protsessual huquq kabi fanlar kiradi.
Uchinchi guruh: amaliy yuridik fanlarga kriminalistika, sud buxgalteriyasi, huquq statistikasi, huquqiy psixologiya, sud psixiatriyasi, sud tibbiyoti kabi fanlar kiradi.
Tо`rtinchi guruh: xalqaro-huquqiy fanlar xalqaro huquqning turli sohalarini о`rganadi. Ular qatoriga xalqaro umumiy huquq xalqaro xususiy huquq diplomatiya va konsullik huquqi, xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro kosmos huquqi, xalqaro iqtisodiy huquq xalqaro gumanitar huquq va boshqalar kiradi.
Yuridik fanning bugungi kundagi amaliy faoliyatiga kо`ra, quyidagi zamonaviy tasnifini e`tirof e`tamiz:
Tarixiy-nazariy;
Xorijiy davlat va huquqni о`rganadigan;
Sohaviy;
Sohalararo;
Amaliy yuridik;
Xalqaro huquq fanlari.
Demak, zamonaviy huquqshunoslik fani davlat va huquq masalalarini о`rganuvchi kо`p tarmoqli turli yuridik fanlar tizimidan iborat bо`lib, bu tizimda har bir yuridik fan о`z о`rniga ega.
Davlat va huquq nazariyasi о`zining mohiyati va ahamiyatiga kо`ra, tarixiy-nazariy huquqiy fanlar jumlasiga kiradi. U umumiy, tarmoqli amaliy, xalqaro huquq fanlari bilan о`zaro aloqadadir.
Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy о`rinni egallaydi. Davlat va huquq nazariyasi barcha huquqshunoslik fanlari uchun umumiy bо`lgan asosiy tushunchalar (kategoriyalar) va nazariy qoidalar (prinsiplar)ni ishlab chiqadi. Masalan, «davlat», «huquq», «demokratiya», «qonuniylik», «huquqiy tartibot», «huquqiy munosabat», «huquqiy javobgarlik» kabi tushunchalar u yoki bu darajada hamma yuridik fanlarga taalluqlidir. Bundan tashqari, davlat va huquq nazariyasi barcha yuridik fan-lar foydalanadigan xususiy huquqiy metodlar va prinsiplarni ham ishlab chiqadi.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi predmetiga kiruvchi masalalar huquqshunoslik fanlari tizimining о`zagini tashkil etadi. Davlat va huquq tо`g`risidagi asosiy va umumnazariy bilimlarni egallamasdan turib, boshqa yuridik fanlar muammolarini о`rganish mumkin emas. Bundan kelib chiqib, davlat va huquq nazariyasi-ni tarmoq va maxsus yuridik fanlarning kirish qismi, ya`ni barcha yuridik fanlarning umumiy qismi deb qabul kilmaslik kerak. Ammo davlat va huquq nazariyasini boshqa yuridik fanlardan ajratib qо`yish ham tо`g`ri bо`lmaydi.
Davlat va huquq nazariyasi barcha yuridik fanlarning aniq materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi. Tarmoq va maxsus yuridik fanlar esa davlat va huquq nazariyasining xulosalariga asoslanadi. Demak, davlat va huquq nazariyasi boshqa barcha yuridik fanlar bilan о`zaro aloqada bо`lib, ular bir-birlarini boyitadi va tо`ldiradi.
Davlat va huquq nazariyasini huquqshunoslikning barcha sohalari bilan bog`liqlikda о`rganish zarur. Chunki har bir yuridik fan о`z mustaqil predmet doirasida yaxlit davlatni va huquqning turli jihatlarini, qirralarini, tomonlarini о`rganadi.
Davlat va huquq. nazariyasi tarixiy yuridik fanlar bilan chambarchas bog`liqdir. Masalan, davlat va huquq tarixi fani davlat va huquqning paydo bо`lishi va tarixiy tarakdiyot bosqichlarini xronologik tarzda о`rganadi, davlat va huquq institutlariga turli tarixiy davrlar bо`yicha ma`lumotlar beradi, davlatchilik va qonunchilikning rivojlanish tarixini yoritib beradi. Huquqiy yodgorliklar davlat va huquq tarixining markaziy mavzuini tashkil etib, muayyan tarixiy davrlardagi huquqiy madaniyat darajasining yaqqol kо`rsatkichidir.
Davlat va huquq nazariyasi о`z xulosalarini tarixiy ma`lumotlar bilan asoslaydi, bunda u tarixiy metoddan keng foydalanadi. Xech bir tarixiy-huquqiy faktni nazariya yordamisiz ochib berish mumkin emas. Nazariya tarixiy voqealarga yondashish prinsipini belgilaydi, tarixni ilmiy о`rganish vositasi bо`lib xizmat qiladi: Tarix va nazariya bir-birisiz mavjud emas, biri ikkinchisini taqozo etadi. Akademik SH. 3. Urazayev ta`biri bilan aytganda, «nazariyasiz tarix, tarixsiz nazariya bо`lmaydi».
Shuningdek, davlat va huquq nazariyasi konstitusiyaviy huquq xalqaro huquq kabi bir qator huquqiy fanlar bilan о`zviy aloqada bо`lib, ularning chiqargan ilmiy xulosalaridan davlat va huquq hodisalarini о`rganishda foydalanadi, bu xulosalarni nazariy jihatdan umumlashtiradi.
Nazariy jihatdan umumlashtirilgan xulosalar boshqa maxsus va amaliy yuridik fanlar uchun metodologik asos bо`lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi maxsus soha yuridik fanlari uchun huquqshunoslik fanlari tizimida alohida о`rin egallaydi. Bu quyidagilarda namoyon bо`ladi: birinchidan, bu fan boshqa fanlardan farqdi ravishda davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va amal qilishining umumiy qonuniyatlarini о`rganadi; ikkinchidan, davlat va huquqning umumiy qonuniyatlarini о`rganishdan tashqari, tarmoq, amaliy yuridik fanlarning о`z yechimini kutayotgan muammolarini ham ilmiy jihatdan tadqiq etish bilan shug`ullanadi; uchinchidan, huquqshunoslik sohasida metodologik vazifani bajaradi.
Davlat va huquq nazariyasi boshqa huquqshunoslik fanlaridan quyidagi о`ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
Birinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy hodisa bо`lgan davlat va huquq taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini о`zida aks ettiradi. Bu uning ijtimoiy xususiyatidir. Shu bilan birga davlat va huquq nazariyasi umumnazariy ijtimoiy fan hisoblanadi.
Ikkinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy hayotning bevosita davlat va huquq hodisalariga taalluqli bо`lgan siyosiy-huquqiy muassasalarini о`zida aks ettiradi. Bu uning, siyosiy va huquqiy xususiyatlaridir. Shuning uchun ham davlat va huquq. nazariyasi siyosiy-huquqiy fan sifatida boshqa ijtimoiy fanlardan farq qiladi.
Uchinchidan, davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning eng umumiy qonuniyatlarini о`rganuvchi fan sifatida nazariy fan xususiyatiga ega. U о`zining nazariy fan ekanligi bilan boshqa tarmoq soha huquqiy fanlaridan farq qiladi.
Demak, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy umumlashtiruvchi ahamiyatga ega. U barcha yuridik fanlarning xulosa va takliflarini о`zida uyg`unlashtiradi, ularning о`zaro boyishiga yordam beradi.
Davlat va huquq nazariyasi fanining funksiyalari

Davlat va huquq nazariyasi fani о`z oldiga qо`ygan maqsadlarini ado etish uchun quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi.


Birinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining evristik funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi obyektiv voqelik — davlat va huquqni har tomonlama bilib olishning mantiqiy usullari va metodik qoidalari tizimiga ega. Bu funksiya davlat va huquqni izohlash, tushuntirish, davlat va huquq hodisalarini sharhlash bilangina emas, balki bu hodisalarning mohiyatini ochish orqali yangi-yangi qonuniyatlarini topish bilan ham shug`ullanadi. Mana shu evristika funksiyasidir. Evristika — haqiqatni topish san`ati hisoblanadi. Shunga kо`ra, davlat va huquq nazariyasi real voqelik — О`zbekiston davlati va huquqining yangi-yangi qirralarini topish san`ati vazifasini bajaradi.
Ikkinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining metodologik funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq jarayonlarini о`rganish vositalari bо`lgan qonunlar, kategoriyalar va tushunchalarni ilmiy jihatdan ishlab chiqadi. Ishlab chiqilgan bu ilmiy tushunchalar, ta`riflar, qoidalar, prinsiplar boshqa maxsus va amaliy yuridik fanlar uchun yо`riqnoma vazifasini о`taydi. Shunga kо`ra, davlat va huquq nazariyasi boshqa huquqiy fanlar uchun metodologik funksiyani bajaradi.
Uchinchisi – davlat va huquq nazariyasining siyosiy funksiyasi. Davlat va huquq doimo siyosatning obyekti bо`lib kelgan. Siyosatning asosiy maqsadi esa xamisha davlat hokimiyatini egallash, shu orqali jamiyatni boshqarishni tashkil etishdan iborat bо`lgan. Shuning uchun ham siyosatni — davlatni boshqarish san`ati deb ham atashadi. Shu ma`noda davlat va huquq nazariyasi О`zbekistondagi davlat hokimiyati va boshqa siyosiy tashkilotlarni о`z ichiga oluvchi siyosiy hokimiyatni amalga oshirishni tashkil etishga kо`maklashadi. Bu davlat va huquq nazariyasining siyosiy funksiyasidir.
Tо`rtinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining amaliy funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalari, institutlari tо`g`risidagi bilimlarni amalda qо`llash vazifasini ham bajaradi. U О`zbekiston davlati faoliyatini takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, tinch-totuv yashashlarini ta`minlash, davlatning ichki va tashkoy siyosatini barqarorlashtirish bо`yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Beshinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining ilmiy bashorat qilish funksiyasi. Ilmiy bashorat — mavjud voqelikning obyektiv qonunilarini bilish asosida, kelajakda yuz beradigan yoki yuz berishi mumkin bо`lgan voqea, jarayon va hodisalarni oldindan kо`ra bilish, aytib berishdir. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq rivojlanishining obyektiv qonuniyatlarini о`rganish asosida ularning kelajakdagi taqdiri tо`g`risida ilmiy bashorat qilish funksiyasini ham bajaradi.
Oltinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqqa oid har bir hodisa, voqea, jarayonlarning yuzaga kelish va rivojlanish qonuniyatlarini о`rganib, odamlarning aqlu-zakovatini о`stirish asosida davlat va huquq taraqqiyoti tо`g`risidagi qarashlarning yaxlit ilmiy manzarasini yaratadi. Bu ushbu nazariyaning dunyoqarashni shakllantirish funksiyasidir.
Yettinchisi — davlat va huquq nazariyasi fanining g`oyaviy-tarbiyaviy funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi millatimizning istiqlol tufayli о`sib borayotgan о`zini о`zi anglash, bilish ehtiyojlarini qondirishga, davlatimizni jahon davlatlari bilan qiyoslab о`rganish asosida milliy ongimizni о`stirishga, yangicha milliy g`ypyp va tuyg`uni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu uning g`oyaviy-tarbiyaviy funksiyasidir. Ushbu funksiya, shuningdek, milliy mafkuramizning huquqiy asosi bо`lgan — Konstitusiya va qonunlarning ustunligini, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligi qoidalariga og`ishmay amal qilishni, millatimizni umuminsoniy qadriyatlarning eng yaxshi an`analariga sodiq holda tarbiyalashni ham о`z ichiga oladi. Mustaqillik yillari maboynida yurtimizda dеmokrat huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish yo’lida huquqiy jihatdan ko’pgina ishlar qilindi. Rеspublikada huquqiy muassasalarning izchil tizimi shakllantirilmoqda. Biz o’ta noyob huquq yodgorliklariga, bеnazir ilmiy yuridik mеrosga egamiz. Bular–«Avеsto» Burhaniddin Marg’inoniyning « Al- Hidoya», Amir Tеmur «Tuzuklari», A. Xallofning «Usulul fiqx» asarlari va boshqalardir. Milliy tariximiz, davlatchiligimiz ravnaqi va umumbashariy taraqqiyot rivojiga bеbaho hissa qo’shgan alloma ajdodlarimizning huquq va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati hususida qoldirgan ilmiy mеrosi,siyosiy – huquqiy qarashlari har tamonlama o’rganishga munosibdir. Ushbu huquqiy qadriyatlarni bugungi avlod huquqiy tafakkuriga, ongu shuuriga singdirish, sharqona dеmokratiya tamoyillari mazmunini tavsiflash va ilmiy asoslash huquq ta'limoti bilan bеvosita bog’liq.
Huquq-adolat va ozodlik g’oyalariga tayanib, ko’p jihatdan qonunchilikda va boshqa huquqiy manbalarda o’z ifodasini topuvchi hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi mе'yoriy ko’rsatmalar tizimidir. Huquq masalalari bilan insoniyat juda qadimdan va jiddiy shug’ullanib kеladi. Lеkin tadqiqotchilarning har biri unga o’z qarashlarini singdirib kеlgan. Takidlab o’tganidеk, vaqt o’tishi bilan huquq haqidagi tushunchalar o’zgarib borgan, lеkin uning mohichtini tushunishga hеch kim yaqinlashmagan. Shuning uchun ham, yuristlar huquq ta'rifini yuz yillar izlashadi, dеb noligan I.Kantni izohlar ekan, rus huquq nazariyotchisi N.N.Alеksееv: «Huddi tabiatshunoslar umuman tabiatning o’zi nima, dеgan savolga javob topa olmaganlaridеk, yuristlar ham huquq ta'rifini hеch qachon topaolmaydilar»4-dеgandi. Amеrikalik huquqshunos Laurеns Fridmanning aytishicha: «huquq tushunchasi shishadеk nozik, sovun ko’pigidan hosil bo’ladigan pufaklarday omonat, vaqtdеk tutqich bеrmas ko’pdan-ko’p ma'nolarga ega. Huquq ta'limoti haqida kеng ma'noda fikr, mulohaza yuritish mumkin. Dеmak, har bir shaxs huquqiy bilim va ilm olishi lozim, shundagina davlatda o’z o’rniga, mavqеiga ega bo’lishi mumkin
Har bir fanni aniqlash uchun bu fanning umumiy fanlar tizimida tutgan o’rni, roli va ahamiyati,o’rganiladigan ob'еktini bilish zarur bo’ladi.Boshqa fanlar hatori «Davlat va xuquq nazariyasi» insonlarning faoliyat doirasini ifodalab bеruvchi fan sifatida o’z oldiga shunday vazifani qo’yadi, ya'ni: birinchi navbatda, davlat va huquq to’g’risidagi hodisalarni, bu hodisalarning jamiyatdagi o’rni xuquqiy fikrlarning ob'еktivligi borasidagi bilimlarni ishlab chiqish va uni nazariy jihatdan ma'lum bir tizimga solishni ko’zlaydi. Davlat va huquq to’g’risidagi ilm - bu davlat-huquqiy hodisalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va amal qilishini o’rganuvchi umum siyosiy-yurudik qonuniyatlar xaqidagi bilimlar tizimining yig’indisidir. Bu fan yuqoridagi hodisalarni to’laligicha o’rganadi(ko’zatadi) va shu bilan o’zining fundamеntal haraktеriga ega.Umuman shuni ta'kidlash mumkin, davlat va huquq nazariyasi - bu mavjud bo’lgan, zarur, umumiy va mustahkam bog’lq bo’lgan davlat - huquqiy hodisalarning o’zaro hamda boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog’liqligini ifodalovchi qonuniylik bo’lib bu qonuniylik davlat - xuquqiy hodisalarga va ularning siyosiy - yuridik xususiyatlariga nisbatan sifatli aniqlik kiritadi. Davlat va xuquq nazariyasi tushunchasi tizimida asosiy nazariy va o’rganuvchilak rolini bir muncha umumiy tushunchalar bajaradi. Kеlajakda bu tushunchalar kategoriyalar dеb yuritilib, bularga «davlat mohiyati», «davlatning shakli», «davlatning tipi», «davlatning funksiyalari», «davlatning mеxanizimi», «huquqning mohiyati», «huquqning shakli», «huquqiy munosabatlar», «huquq tizimi» va xokazolar kiradi.
Davlat va huquq nazariyasi - bu davlat va huquq huquqiy qarashlar, g’oyalar va bilimlar tizimidir. U davlat va xuquqning paydo bo’lishi, rivojlanishi va barham topishi umumiy qonuniyatlarini o’rganadi.
metodologik fan sifatida- yurisprudensiya uchun asosiy tushunchalar,
kategoriyalar, umumiy yondashuvlar, metodlar ishlab chiqadi
Metod- biror narsaga erishish yo`li, bilish usuli, tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini o`rganish, bilish, tadqiq etish usuli Davlat va huquq nazariyasi metodologiyasi- o`z predmeti, tadqiqot mavzulari o`rganish, va talil etishda qo`llanadigan metodlar yig`indisi, hosil qilinadigan bilimlarning umumlashtirish, tizimlashtirish, tasniflash. Davlat-huquqiy institutlarni vujudga kelishi, barqarorlashuvi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini ochish, ularni mohiyat nuqtai-nazardan izohlashning maxsus metodlari, prinsiplari va vositalari ilmiy tizimi. Davlat va huquq nazariyasi fanining obyekti- davlat va huquq. Obyekt- fan qaysi narsalar haqida bilim yaratib, uni tizimga solsa, shu narsa uning obyektimetodologik fan sifatida- yurisprudensiya uchun asosiy tushunchalar, kategoriyalar, umumiy yondashuvlar, metodlar ishlab chiqadi.
Davlat va huquq nazariyasi fani metodlari-
umumiy ilmiy- Dialektika, Metafizika
maxsus- tarixiy, mantiqiy
Xususiy ilmiy- sisitemali- strukturali, qiyosiy- huquqiy, aniq-sotsiologik, statistic-matematik, kibernetik, jtimoiy- tajribaDialektika – voqealarning umumiy aloqadorligini va doimiy rivojlanish holatida bo`lishi haqidagi ta`limot bo`lib, davlat va huquq o`zaro bog`liq, ular shaklan o`zgaradi, bir tipdan boshqasiga o`tadi, takomillashadi, mazmunan boyiydi deb o`rgatadi, uning talabi davlat va huquqni tarixiy voqealar bilan bog`lab o`tadi, ilmiy obyektivlikka yondashadi.Metafizika- ushbu metod davlat va huquq azaldan mavjud bo`lgan, bundan keyin ham mavjud bo`ladi, u abadiy va o`zgarmas, ijtimoiy hodisalar bilan o`zaro aloqadarlikda emas, u rivojlanadi va shaklan o`zgarmaydi deb o`rgatadi. Mantiqiy uslub- davlat va huquq hodisalarini mantiqiy, mavhum holda, mantiqiy qonuniyatlar bilan o`rganish. Unda asoslantirilgan va izchil fikr mavjud bo`lib, ziddiyatlarsiz va asosli isbotlashni talab qiladi. Uni shakllantirshda mantiq sillogizmlari tayanch bo`lib hizmat qiladi.Tarixiy uslub- davlat va huquqni tarixiy rivojlanish shart sharoitlariga bog`lab o`rganish, unda davlat va huquqning
tavsifi va rivojlanish bosqichlari tarixiy izchillikda o`rganish. Unda davlat-huquqiy hodisalariga 2 xil : vaqt o`lchovida harakatlanish, nazariy jihatdan anglash jarayonlari kuzatiladi.
Sistemali-strukturali usul- fan va uning predmetini mustaqil ijtimoiy sistema sifatida, uni davlat va huquqni jamiyat hayotining boshqa hodisalari tizimida o`rganish , uning strukturasi, hodisalarni tarkibiy element sifatida bilish usuli. Unda quyidagilarga e`tabor qaratiladi
sistema qismlari bir butun kompleks
sistema tashqi muhit bilan aloqador
tahlil qilinayotrgan sistema boshqa yirikroq sistemaning tarkibiy qismi
o`rganilayotgan sistemaelementlari kichik sistemalarni hosil qilishi. Qiyosiy- huquqiy usul- qiyoslash, taqqoslash, chog`ishtirish orqali davlat va huquq voqeliklarini o`rganish, ularning o`ziga xos jihatlari va xususiyatlarini aniqlash usuli.Aniq-sotsiologik usul- davlat va huquq masalalarini davlat idoralari faoliyati, davlat va jamiyat boshqaruvini huquqiy tartibga solish yo`llarini real hayot bilan bog`lab o`rganish usuli. Bunda anketa o`tkazish, jamoatchilik firkini aniqlash, statistic ma`lumotlani to`plash va tahlil qilish usullardan foydalaniladi.Statistik matematik uslub-aniq-sotsiologik metod bilan bog`liq bo`lib, sud amaliyoti, huquqni muhofaza qilish organlari faoliytiga oid amaliyot, boshqa organlar faoliyatidan kelib chiquvchi statistik ma`lumotlarni ijtimoiy taraqqiyotning hayotiy jarayonlarini xolis aniqlash va baholash usuli.Kibernetik uslub- davlat va huquq hodisalarini o`rganishda hozirgi zamon texnikaviy vositalarini qo`llab, huquqiy ma`lumotlar to`plash, ularga ishlov berish va umumlashtirib ishlash usuli. Bunda modelashtirish muhim hisoblanadi. Ijtimoiy- tajriba usuli- davlat va huquqqa oid biror bir institutni , organni, normani hayotga joriy etishdan avval ularni tajriba usuli yordamida sinab ko`rish usuli.Misol tariqdsida A.B.Vangerov kabi mashhur xukuqshunosni olib ko’raylik. O’zining 1995 yilda yozgan darsligida materialistik dialektika to’g’risida
gapirarkan, u: «agar ushbu metod yordamchi, juz’iy, ikkinchi darajali deb qaralgan boshqa barcha metodlarga zid bo’lmasa» - undan bemalol foydalanish mumkin, deb hisoblaydi. 1996 yilda chop etilgan o’zining shu nomdaga darsligida u shunday yozadi: «Sinergetika hozirdayoq dunyoning o’z tuzilishi asoslaridagi zaruriy (qonuniy) va tasodifiy hodisalarni tushunishni tubdan o’zgartiruvchi, dunyoni yangacha ko’rish, yangacha idrok etish metodi sifatida maydonga chiqmokda. Jonsiz materiya hamda inson faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va boshqa sohalaridagi tarixiy jarayonlar rivojining sabablari va shakllari yangicha talqin etila boshlandi. Hodisalarni biologik va ijtimoiy evolyutsiyannng mustaqip omili sifatida yangicha tushunish, o’zidan o’zi tashkil bo’luvchi jarayonlarda uning rolini e’tirof etish yuzaga kelmoqda»5
U yana shunday davom etadi: «Xullas, aftidan, so’z oz emas-ko’p emas - ijtimoiy fanlar paradigmasi (namunasi)ni yangalash, determinizm (tabiat va jamiyat barcha hodisalarining ob’yektiv qonuniyligi va sababiy bog’likligani tan oluvchi falsafiy konsepsiya)ni avvalgacha tushunish va e’tirof etishdan voz kechish va ehtimolki, determinizmning yangi ko’rinishlarini kashf qilish, mamlakat fanida esa, borliqni ilmiy asosda bilishning asosiy metodi sifatidagi materialistik dialektikani qayta mushohada etish haqida boryapti»6
Boz ustiga u, ijtimoiy fanlar metodologiyasida yangi paradigma «...yo sinergetikaning alohida metodi sifatida dialektikani o’z ichiga oladi - shunda ham faqat ayrim sohalar uchun qo’llaydi yoxud uni borliqqa tamoman yangacha yondashuvlar bilan umuman almashtiradi», deb hisoblaydi.Metodologiyadagi qat’iy biryoklamalik qadriyatlarga munosabatda ham xatolarga olib keldi. Haddan ziyod mafkuraviylik davlat haqidagi tasavvurlarning soxtalashtirilishiga sabab bo’ldi. Davlatning funksiyasi oqibat-natijada faqat ezuvchilarni himoyalashga qaratiladi, deb hisoblanardi.
Shu sababdan ham davlatni ta’riflashda uning sinfiylik jihatiga urg’u berilardi.
Huquqqa munosabatda ham xuddi shunday holat yuzaga kelgandi: «hukmron sinfning qonun darajasiga ko’tarilgan irodasi» sifatida uning imperativ - sinfiy jihatlari ta’kidlanardi.Shu darajada soxtalashtirilgan, noto’g’ri mafkuraviylashtirishning sabablari nimada? Bunday sabablar, aftidan, ko’p bo’lib, ularning birini XX asrda soxtalashtirilgan sotsiologizmning rivojidan qidirish kerak. Aynan shu davrda A.YA.Vishinskiy o’z izdoshlari yordamida mamlakatni ma’muriy buyruqbozlik asosida boshqarish ehtiyojlariga muganosib huquq nazariyasini qaror toptirdi.1938 yili sobiq sovet huquqshunoslik fani xodimlari-ning Butunittifoq kengashi tomonidan ilgari surilgan quyidagi taklif huquqni yangicha tushunishga asos qilib olindi: «Sovet sotsialistik huquqi sotsialistik davlat tomonidan belgalangan yoki tasdiqlangan hamda ishchilar sinfi va barcha mehnatkashlar irodasini ifodalovchi xulq-atvor qoidalari (normalari) majmui bo’lib, ularning qo’llanilishi sotsialistik davlat tomonidan majburlov kuchi bilan ta’minlanadi»Hozirgi zamon davlat va huquq nazariyasi uchun ob’yektivlik tamoyili ham katta ahamiyat kasb eta borib, ilmiy xulosalar va takliflarda g’arazgo’ylik, u yoki bu siyosiy tuzilmaga «yaxshi ko’rinish» istagi kabi illatlardan fanni xalos qilish jarayoni kechmoqda.Bu tamoyil ilmiy izlanishlarda mamlakatimiz yutuqlarini xorijiy tajribani o’rganish bilan qo’shib olib borishni metodologak jihatdan uddalashni ko’zda tutadi. O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy hayotida yuz berayotgan yangilanish jarayonlari sharoitida inson haq-huquqpari va erkinliklari jahon andozalarini bilish, ularni respublikamizda ijodiy qo’llash zaruriyatga aylanmoqda.Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida so’zga chiqar ekan, Prezident I.Karimov kuyidagi masalaga e’tiborni qaratdi: «Navbatdagi muhim masala - respublikaning qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq holga keltirishdir. Jahonda inson huquqlari sohasida 70 standart qabul qilingan. Bu hujjatlarda hukumatning o’z fuqarolari oldidaga majburiyatlari va ularga nisbatan qilishi shart bo’lmagan ishlar belgalab berilgan. O’zbekiston hozircha bu standartlardan 15 tasiga qo’shilgan»7
Biroq, bu narsa mutlaqo xorijiy tajribani ko’r-ko’rona o’zlashtirib olishni anglatmaydi. Mazkur ishda xalqimizning madaniy va ma’naviy an’analarini hisobga
olish shart. Bu esa, har qanday tajribani o’zlashtirishga jiddiy yondashishni talab qiladi.Davlat va huquq nazariyasining metodologaya sifatidagi ahamiyati davlat faoliyatining muayyan sohalarida huquqiy tartibga solishning qoida va shartlarini o’rganuvchi maxsus sohaviy yuridik fanlar uning qonuniyatlaridan foydalanishida yorqin namoyon bo’ladi. Biroq, davlat va huquqni bilishning ham maxsus, ham alohida metodlari shunday bilish vositalarini qo’llashdan iboratki, ular faqat davlat-huquqiy reallikning o’ziga xos sohalarini o’rganishgagina yaraydi. Alohida metod orasida, bizningcha, aniq-sotsiologik, qiyosiy-huquqiy, rasman-yuridik (qat’iy normativ), huquqiy modellashtirish, shuningdek, matematik, matematik-statistika, kibernetika va boshqa metodlarni aytib o’tish kerak.Qabul qilingan qarorlar samaradorligini, huquqiy tartibga solish yoki huquqiy muhofazaning o’z vaqtida va ta’sirchan bo’lishini baholash chog’ida huquqiy va davlat institutlari faoliyatining turli sohalarini o’rganishda aniq sotsiologik metod ko’pincha yagona to’g’ri yo’l bo’lib chiqadi.Ushbu metod ijtimoiy amaliyot ehtiyojlarini o’rganish hamda muhim davlat-huquqiy masalalarni hal etishga yondashishga ko’maklashibgina qolmay, balki yaqin kelajakda birinchi navbatda echilishi zarur bo’ladigan bir qator muammolarni aniqlashga ham yordam beradi. Buni misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz.Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga shaxdam qadamlar bilan kirib bormokda. Bu juda murakkab va qiyin jarayondir. Binobarin, bu erda davlat va huquq rivojining umumiy qoida va tamoyillarini, xususiyatlari va yo’nalishlarini aniqlashning o’zi kifoya qilmaydi. Respublikamizda bu masalalarga katta e’tibor berib kelinyapti va ularning ko’pchiligi muvaffaqiyatli hal etilnpti. Jumladan, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyati jarayonlarini muvofiqlashtirib borishni ta’minlovchi qonun hujjatlari faol shakllantirildi. Ularning asosiy qoidalari banklar, bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik to’g’risidagi, sug’urta, birjalar faoliyati to’g’risidagi, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risidagi va boshqa qonunlarda o’z aksini topdi.


Mazkur qonunlarning qabul kilinishi bilan bozor mexanizmlarini rivojlantirishining mustahkam poydevori yaratildi.”8
Shuni ta’kidlash joizki, huquqshunos olimlar bu metodga ancha yuksak baho beradilar, ba’zan baholari shu qadar jonli va ehtirosli bo’ladiki, bu ta’rif-tavsiflarni badiiy nasrdan deyarli farq qilolmaysiz. Mana ulardan biri:
«Bu vositadan foydalanib (rasmiy yuridik metod nazarda tutiladi), huquqiy materiyaning ich-ichiga kirib borish, huquq anatomiyasini ikir-chikirlarigacha bilib olish mumkin. Huquq va uning tarkibiy qismlarini, qonunlarni, ayrim huquqiy tavsiyalarga «ishlov berish», ushbu metodni jarroh pichog’idek qo’llash bilangana yuridik norma qanday qismlardan iborat ekanligani, uning sanksiyasi qanday tuzilishi kerakligani, har bir normativ-huquqiy hujjat uchun majburiy tarkibiy qismlar nimalardan tashkil topishi zarurligini aniqlash mumkin»9
Vaholanki, yaqin-yaqinlargacha sho’ro huquqshunoslik fanida davlat-huquqiy hodisalarni rasmiy-yuridik jihatdan qarab chikish ko’pchilikka ma’qul kelmasdi. Bu o’rinda o’sha vaqtlardagi huquq amaliyoti uchun va nafaqat huquq,
balki boshqa sohalar uchun ham noyob bo’lmagan bunday yondashuv haqida yaqin o’tmishda keng tarqalgan bir ibora - «...rasman to’g’ri, mohiyatan tahkdrning o’zginasi» jumlasini eslash kifoya. Ayni paytda bu metodni nazar-pisand qilmaslik, unga e’tiborsizlik bilan qarashga asos yo’q. Rasmiyatchilik - huquqning ajralmas xususiyatidir. Rasmiy metod huquq va davlatni ilmiy idrok etishda majburiy, zaruriy bosqichdir. Zero, u olingan bilimni tavsiflash, umumlashtirish, tasniflash, bir tizimga solish, imkon qadar aniq va ravshan etkazib berishga ko’maklashadi. Rasmiy-yuridik metodning unsurlarini davlat va huquq, ayniqsa, huquqiy modellashtirish, matematik-statistika metodlari kabi o’rganish vositalarida ham uchratish mumkin.Davlat-huquq ob’yektlari murakkab tizimlardan iborat ekanligi va ular kechayotgan jarayonlarning ziddiyatli va xilma-xilligani hisobga oladigan bo’lsak, metodlarning butun bir majmuini qo’llash zarurati tushunarli bo’lib qoladi.Ular orasida huquqiy modellash metodini alohida ko’rib chiqish joiz. Uning asosida o’xshashlik g’oyasi, turli xil ob’yektlar o’rtasida o’zaro bir xil mutanosiblik qaror topishi mumkin, degan taxmin yotadi. Unga ko’ra, bunday mutanosiblik o’sha ob’yektlardan birining tavsifi (modeli)ni bilib olish asosida boshqasi (asli) haqdda etarli anshdshk bilan mulohaza yuritish imkonini beradi.Davlat va huquq nazariyasining fanining prеdmеti bo’lib, jamiyat bilan jamiyat o’rtasidagi ko’p qirrali va murakkab harakatlar, jamiyatning siyosiy tizimidagi davlat va huquqning roli va o’rni xizmat qiladi.Bu fan nafaqat davlat-huquqiy hodisalarni va jarayonini o’rganibgina qolmasdan, balki ular to’g’risidagi kishilarning tasavvurlarini ham o’rganadi.Davlat va huquq o’zaro mustahkam aloqada bo’lib, bir-birini ifoda etadi, ajralgan holda bo’lmaydi.Davlat va huquq normalarni o’rganadi, ularning ijrosini taminlaydi; huquq esa, davlat tizimini, uning funksiyalarni, kompеtеntsiyasini mustahkamlaydi va bu bilan u davlatning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish uchun aniq ifoda baxsh etadi.Shuning uchun ham davlat va huquq nazariyasi barcha inistitutlarni birgalikda olib o’rganadi, o’zluksiz bog’liqlikda ko’rib chiqadi, huquq rivojlanish qonuniyatlarni tahlil qiladi. Shunday ekan, davlat va xuquq ma'lum ajratilgan ilm (fan) sohalari bo’lib qolmasdan, balki u yagona fandir.Lеkin u yagona fan sifatida bo’la turib, nisbatan mustaqil bo’lgan ikkita qismga bo’linadi.
Davlat va huquq nazariyasini prеdmеti jamiyatda davlat va huquqning paydo bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlarini, mohiyati, shakllari, prinsiplari, funksiyasi, siyosiy, huquqiy ongni va huquqiy tartibga solishni o’rgatadi. Davlat va huquq nazariyasi fani quyidagi hususiyatlarga ega.
Birinchidan, bu fan ijtimoiy fan bo’lib, siyosiy yuridik fandir. Chunki uni o’rganadigan sohasi jamiyatda eng muhimi ijtimoiy hodisalar davlat va huquq masalalarini paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlaridir.
Ikkinchidan, bu fan umumnazariy fan, zеro u jamiyatda davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanish umumiy qonuniyatlarni ochib bеradi.
Uchinchidan, bu fan falsafiy hususiyatga ega. Chunki davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlarni falsafaning (dialеktik va tarixiy matеrializm) qonunlariga asosan o’rganadi.
To’rtinchidan bu fan amaliyot bilan bo’g’liqdir. Chunki u O’zbеkistonda dеmokratik huquqiy islohotlarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib hizmat qiladi. U shaxs, jamiyat, davlat va huquqning rolini oshirishda amaliy harеktеrga ega.
Bеshinchidan, bu fan o’quv - tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki u kishilarning jamiyat, davlat va huquq tug’risidagi bilimini oshirmasdan, balki ularda huquqiy bilim, huquqiy tarbiya, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishga yordam bеradi.
Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquqning rivojlanish qonuniyatlarini barchasini o’rganmaydi, balki u faqat umumiy va asosiylarini o’rganadi. Jumladan,bo’larga quyidagilar kiradi. - Davlat va huquqning paydo bo’lishi (vujudga kеlishi), ularning tarixiy o’rin almashuvi qonuniyatlarini;
- Davlat va huquqning rivojlanishi mohiyati va mazmunini;
- Davlatning mеxanizimi uning ichki va tashqi funktsiyalarni;
- Davlat va huquqning bеlgilarini;
- Davlat organlarni qurilish tizimi qonuniyatlarini;
- Dеmokratiya, qonuniylik, huquqiy tartibotning umumiy prinsiplarini;
huquqni vazifasi,funksiyasini hamda huquqiy tartibga solishning chеgaralarini o’rganadi. Jumladan davlat va huquq umumiy nazariyasining prеdmеti bo’lib, davlat - huquq hodisalarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va amal qilishi huquqi umumiy qonuniyatlarni tizimini o’rganish xisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasi - davlat xuquqda o’z ifodasini topgan jamiyat rivojining ob'еktiv qonunlarini ularning ijtimoiy siyosiy maqsadlarini tushuntiradi, ijtimoiy munosabatlarni davlat huquqiy tartibga solishning va bu munosabatlarning rivojlanish tеndеnsiyasini tartibga solishning butun bir mеxanizimini ochib (ko’rsatib) bеradi.
Boshqa fanlar kabi davlat va huquq nazariyasining prеdmеti ham o’zgarmasdan qolmaydi. Sotsial (ijtimoiy) tajribadan kеlib chiqqan holda fan o’z oldiga muhim va zarur vazifalarni o’rganishni qo’yadi. Birinchi navbatda quyidagi muammolarni o’organish turadi:Hokimiyat apparati va boshqaruvni shakllantirish va rivojlantirish qonuniyatlarini; Dеmokratiyani rivojlantirish, vakillik tizimini shakllantirish yo’llarini; huquq tizimini takomillashtirish va qonunchilikni tizimlashning asosini ishlab chiqish, ularning amalda tatbiq etlishi yo’llarini; Davlat va huquqning ijtimoiy munosabatlarga nisbatan ta'sir dorasini aniqlash va boshqalar; Hozirgi paytda dunyoning barcha mamlakatlaridagi ijtimoiy siyosiy taraqqiyot davlat va huquqning roli (o’rni)ni oshib borayotganini harakterlaydi, ya'ni turlicha ijtimoiy jarayonlarga davlat va xuquqning ta'siri yotarli sеzilmoqda. Har bir fanni aniqlash uchun bu fanning umumiy fanlar tizimida tutgan o’rni, roli va ahamiyati,o’rganiladigan ob'еktini bilish zarur bo’ladi.
Davlat va huquq nazariyasi qotib qolgan (dogmatik) fan bo’lmasidan, Usullari (mеtodlari)ni yangilab va rivojlantira borib, o’zining asosiy vazifasini bajarishga, davlat - huquqiy amaliyotda ilmiy mo’ljal bo’lib xizmat qilishga yondasha boradi. Shunday qilib, davlat va huquq naziriyasining usuli (mеtodi)- ushbu fan tomonidan o’zining prеdmеtini o’rganish hamda ilmiy natijalar olish uchun foydalanadigan yo’llar, usullar, yondashishlardir. «Metodologiya» so‘zi yunoncha «metodos» so‘zidan olingan bo‘lib, aynan ma'nosi «biron narsani o‘rganish yo‘li»10 demakdir.
Metod bu - umumiy ma'noda maqsadga erishish usuli, muayyan tarzda izga solingan faoliyatdir. Metod bu - maxsus ma'noda bilish vositasi, o‘rganiladigan mavzuni tafakkurda hosil qilish yo‘lidirBu yerda shuni ta'kidlash joizki, davlat va huquq nazariyasi metodologiyasi to‘g‘risidagi masala bir qator jiddiy muammolarni hal yetish bilan bog‘liqdir. Bu holat yaqin- yaqingacha fanda barcha metodlar umumiy-universal va shuning uchun barcha fanlar, bilim sohalari, o‘quv darsliklariga xos hamda umumiy bo‘lmagan - alohida metodlar bo‘lib kelgani bilan izohlanadi.Kommunistik mafkura hukmronlik qilgan davrlarda dialektik-materialistik metodlar umumiy va ayni paytda eng to‘g‘ri metod deb hisoblab kelindi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik jamiyatshunos olimlarning marksizm-leninizmning o‘ziga ham, uning davlat-huquqiy hodisalar va jarayonlarni tasvirlash, tushuntirish va istiqbolini aytib berishdagi qobiliyatiga ham qarashlari tubdan o‘zgardi.
Mazkur o‘zgarishlar ko‘pqirrali xarakterga ega. Ularning ayrimlari butun jamiyatshunoslikning umumiy metodologik inqirozi bilan bog‘liq. Ba'zilari butun ilmiy bilimlar sohasidagi chinakam tub o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Bunda davlat va huquq nazariyasi dialektik-materialistik tushunchalar o‘rniga asta-sekin sinergetikadan, g‘ayriixtiyoriy, o‘z-o‘zidan tashkil topadigan, tasodifiy arayonlar.
to‘g‘risida shakllanayotgan yangi fandan kelib chiqadigan metodologiyani o‘ziga
singdirib yuborishi ko‘zda tutiladi.
Bunda mazkur o‘zgarishlar tobora ko‘proq muxlislarni o‘ziga tortayotganinigina emas,
balki jamiyatshunoslarning hech mubolag‘asiz bir ondayoq o‘z nazariy qarashlarini o‘zgartirishga majbur qilayotgan hujumkor xarakterini ham qayd etmaslik mumkin emas.U Yana shunday davom etadi: «Xullas, aftidan, so‘z oz emas-ko‘p emas - ijtimoiy fanlar paradigmasi (namunasi)ni yangilash, determinizm (tabiat va jamiyat barcha hodisalarining ob'yektiv qonuniyligi va sababiy bog‘liqligini tan oluvchi falsafiy konsepsiya)ni avvalgacha tushunish va e'tirof yetishdan voz kechish va ehtimolki, determinizmning yangi ko‘rinishlarini kashf qilish, mamlakat fanida esa, borliqni ilmiy asosda bilishning asosiy metodi sifatidagi materialistik dialektikani qayta mushohada yetish haqida boryapti»11.
Olim, ilmiy huquqiy bilimlarda ushbu yangiliklarning yoyilishi moda ketidan quvish emas, «eski, odatiy qoidalarni yangi «sinergetik jomalar»ga kiyintirish emas», deya ta'kidlasada, uning nuqtai nazariga, mulohaza yuritishdagi ayrim qat'iy fikrlariga qo‘shilish qiyin. Zero, bilish - g‘oyat murakkab jarayon bo‘lib, shu yo‘ldagi biron-bir metodga ustuvorlik berishga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Buni biz bir bor boshimizdan kechirib ko‘rdik.Bizning fikrimizcha, materialistik dialektika metodi davlat va huquq nazariyasida metod sifatida o‘z umrini butunlay yashab bo‘lgini yo‘q. Misol uchun, shu nuqtai nazardan, davlat va huquq:birinchidan, inson tabiati bilan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va boshqa shart-sharoitlar bilan belgilanadi; ikkiichidan, ularni boshqa ijtimoiy hodisalar bilan qiyoslash asosida jamiyatdaga o‘rni va rolini aniqlash mumkin;uchinchidan, davlat va huquq muttasil rivoj topib boradi. Jamiyat taraqqiyotining har bir muhim bosqichi ular rivojining yangi pog‘onasidir.
Muntazamlilik tamoyili. Bu ham davlat va huquq nazariyasi moxiyat-mazmunini ifodalovchi muhim tamoyillardan biridir.Bu, eng avvalo, ancha murakkab bo‘lgan davlat va huquqning ichki tuzilishiga aloqadordir.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki. Davlat va huquq nazariyasi faning funksiyalari tarkibiy bo‘linmalarini atroflicha, muntazam o‘rganish - davlat va huquq nazariyasi uchun majburiy metodologik talabdir.
Muntazamlilik tamoyili qonunchilik ishining ham zaruriy sharti bo‘lib qolishi kerak. Jumladan, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni ta'minlovchi qonunlar, uning siyosiy tuzilishi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga doir qonunlar, umuman butun qonunchiligimiz to‘laligicha muntazamlilik metodiga qat'iy asoslanishi kerak. Respublikamizda olib borilayotgan huquqiy islohotlar ham muntazamlilik asosidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.Shunday qilib, muntazamlilik tamoyili davlat va huquq nazariyasi metodologik bazasiga chuqur singib ketishi hamda ilmiy tadqiqotlarning mushtarakligini belgilab berishi, davlat va huquq nazariyasini o‘rganish va o‘qitishda ro‘yobga chiqishi kerak.

Yüklə 236,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə