Davriy sistemaning V a gruppasidagi elementlari (Fe temir, Co-Kobalt, Ni-nikel) xossalari va ishlatilishi



Yüklə 33,73 Kb.
səhifə1/5
tarix16.04.2023
ölçüsü33,73 Kb.
#105839
  1   2   3   4   5
Davriy sistemaning V a gruppasidagi elementlari (Fe temir, Co-Ko


Davriy sistemaning V A gruppasidagi elementlari (Fe temir, Co-Kobalt, Ni-nikel) xossalari va ishlatilishi
Davriy sistemaning bu guruhchasiga temir, kobalt, nikel hamda platina metallari kiradi. Bular katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan oraliq metallardir.
Temir guruhchasi elementlarining elektron konfigurasiyasi quyidagicha:
Fe Z = 26 KL 3s23p63d64s2
Co Z = 27 KL 3s23p63d74s2
Ni Z = 28 KL 3s23p63d84s2
Tabiatda temirning to’rtta, kobaltning bitta va nikelning beshta barqaror izotopi bor. Kobalt davriy sistemaning toq nomerli (Z=27) elementi bo’lgani uchun uning faqat bitta barqaror izotopi bor.
Kobaltning radioaktiv izotoplaridan 60Co alohida ahamiyatga ega. Uning yarim emirilish davri 5 yil. Bu izotop o’zidan γ- nurlar chiqarishi uchun metallarning γ- defektoskopiyasida va tibbiyotda ishlatiladi.
Temirning radioaktiv izotopi 55Fe (yarim emirilish davri 45,1 kun) domna jarayonida, mashina detallarning eyilishini tekshirishda ishlatiladi.
Temir, kobalt va nikel bir-biriga juda o’xshash elementlardir. Ularning uchalasi ham kulrang metall bo’lib, rangdor ionli birikmalar hosil qiladi. Ularning kislorod bilan hosil qilgan birikmalarining barqarorligi Fe – Co – Ni qatorida chapdan o’ngga tomon bir oz kamayib boradi. Bularning uchalasi ham oltingugurt bilan barqaror birikmalar hosil qiladi. Fe-Co-Ni qatorida chapdan o’ngga o’tganda 3d orbital elektronlar bilan to’lib borgan sari d- elektronlar ko’proq juftlashadi (Fe da bir juft, kobaltda ikki juft va nikelda esa uch juft). Shunga ko’ra, elementning oksidlanish darajasi Fe-Co-Ni qatorida kamayadi; temirda oksidlanish darajasining maksimal qiymati +6 ga, kobaltda faqat +3 ga, nikelda esa asosan, +2 (va ba’zan +3) ga qadar bo’ladi. Co va Ni ning +4 valentli holatlari nihoyatda beqaror. Kompleks birikmalarda bu elementlarning koordinasion sonlari 4 va 6 ga teng. Bu elementlarning normal elektrod potentsiallarining manfiy qiymatlari temirdan nikelga o’tganda kamayadi.
Fe+2 va Fe+3, Co+2, Ni+2 va Ni+3
juftlarining normal oksidlash potensiallari musbat qiymatlarga ega:

V

V;  B. 
Shunga ko’ra, Fe (II)- birikmalari osonlik bilan Fe (III)- birikmalariga o’tadi. Ni (II)- birikmalar faqat kuchli oksidlovchilar ta’sirida Ni (III)- birikmalariga aylanadi: kobalt asosan komplekslarda +3 ga teng oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

Yüklə 33,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə