Davriy yoki siklik tebranishlarni o‘rganish usullari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 243,66 Kb.
səhifə1/4
tarix29.03.2023
ölçüsü243,66 Kb.
#103560
  1   2   3   4

Davriy yoki siklik tebranishlarni o‘rganish usullari
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism

  1. Davriy ravishda takrorlanuvchi jarayon

  2. Sikl haqida tushuncha

  3. Fure qatori bo‘yicha fikr

  4. Mavsumiy tebranishlarni o‘rganish usullari

III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Davriy ravishda takrorlanuvchi jarayonga tebranish deb ataladi. Тakrorlanayetgan jarayenning fizik tabiatiga qarab tebranishlar bir necha turga ajratiladi.
1. Mexanik tebranishlar (tebrangichlarni tebranishi, tor, ko`priklar,mashina qisimlarini tebranishi.........).
2. Elektromagnit tebranishlar (zanjirdagi o`zgaruvchan elektr tokini tebranishi, tebranish konturida elektr va magnit maydonlarni tebranishi va xakazo).
3. Elektoromexanik tebranishlar (telefon membranasining tebranishi, elektrodinamik karnay (gromkogovoritel) diffuzori va xokazo). Bir marta turtki berilganda yeoki muvozanat vaziyatidan chaqirilgandan keyin o`zicha tebranadigan tizimda yuz beradigan tebranishlarga erkin yeoki hususiy tebranishlar deb ataladi.
Masalan, ipga osilgan sharcha tebranish konturi va xakozo. Davriy ravishda o`zgaruvchi tashqi kuch tasiri ostida bo`ladigan tebranishlar majburiy tebranishlar deb ataladi. Eng sodda tebranish-garmonik tebranishdir, bunda tebranma harakat qilayotgan jismning Х muvozanat holatga nisbatan siljishi x sinus yoki kosinus qonuni bo`yicha bo`ladi, ya’ni:

Тebranma harakat quyidagi kattaliklar bilan harakterlanadi:
1. Тebranish amplitudasi. A -muvozanat vaziyatdan eng katta siljishi.
2. Тebranish davri-bir marta to`la tebranish uchun ketgan vaqt, Т.
1. Тebranish chastotasi-1sek. davomidagi to`la tebranishlar soni, 

2. Siklik chastota-2 sek. davomidagi to`la tebranishlar soni, =2
3. Тebranish fazasi (t+0) tebranuvchi jismni t vaqtdagi holatini harakterlaydi.

Davriy yoki siklik tebranishlarni o‘rganish usullari



Sikl - bu uzoq vaqt ichida takrorlanib turadigan hodisa va jarayonlarning har bir davrasidir.Sikl grekcha kuklos so‘zidan kelib chiqib, doira degan lug‘aviy ma’noga ega. Sikl - bu uzoq vaqt ichida takrorlanib turadigan hodisa va jarayonlarning har bir davrasidir. Demak, doiralar yasab o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlar qatori davrali qatorlar bo‘lib, ularning tebranishi davriy tebranishlar yoki tebranishlarning davriyligi deb yuritiladi.
Davriy tebranishlar Fure qatorining ko‘p tartibli garmonikalari yordamida aniqlanadi.

Davrali tebranishlarni Fure qatori yordamida aniqlash mumkin. Bu usul quyidagi trigonometrik tenglamani tuzishga asoslanadi.
Demak, bu holda davrali tebranishlar sinusioda shaklida namoyon bo‘ladi. Ular garmonik tebranishlar bo‘lgani uchun bu sinusiodalar turli tartibli garmonikalar deb ataladi. Tenglamada «k»-ko‘rsatkichi garmonikalar sonini belgilaydi. Odatda Fure qatori bo‘yicha darajalarni tekislashda bir nechta (4 tadan ko‘p emas) gamonikalar hisoblanadi va so‘ngra qanday garmonikalar sonida qator darajalari orasidagi tebranishlar davriyligi eng yaxshi ko‘rinishda namoyon bo‘lishi aniqlanadi.
Fure qatori bo‘yicha tekislashda davrali tebranishlar bir biriga ustma-ust qo‘yilgan bir nechta sinusoidalar yig‘indisi shaklida ifodalanadi. Masalan, k =1 bo‘lganda Fure qatorining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:

Noma’lum hadalar quyidagi formulalar orqali hisoblanadi
Har bir aniq holda t qiymatlari uchun turli garmonikalarning sinuslari va kosinuslari qiymatlari topiladi va qulaylik jihatidan jadvalda ifodalandi. Masalan, n=12 bo‘lganda bu jadval ko‘rinishi quyidagicha
n = 12 da Fure garmonikalarining sinuslari va kosinuslari
qiymatlari
Masalan, mashina moyini sotish hajmi haqidagi ma’lumotlar misolida Fure qatorini tuzib davriy tebranishlarni tekislash masalasini ko‘rib chiqamiz.
Avtomashina moyini sotish hajmini Fure qatori
yordamida tekislash


Bu ma’lumotlariga asosan

Bu trend tenglamasi asosida avtomashinalar moyini sotish hajmi haqidagi qator darajalarini tekislash natijalari 8-ustunida keltirilgan. xuddi shunday tartibda ikkinchi va boshqa yuqori tartibli garmonikalar ko‘rsatkichlari (tenglama noma’lum hadlari) ham hisoblanadi va ularning qiymatlari ketma-ket birinchi garmonika parametrlarining qiymatlari ustiga qo‘shiladi.
Ikkinchi garmonika uchun

Uchinchi garmonika uchun

Bu tenglamalar asosida berilgan qator darajalarini tekislash natidasi 9nchi va 10nchi ustunlarida keltirilgan.
Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Fure qatorining birinchi tartibli garmonikasiyoq tekislash natijasi haqiqiy qatorni ancha yaxshi ifodalaydi. Ikkinchi garmonika tekislash natijalarini birmuncha yaxshilaydi, ammo uchinchi tartibli garmonika esa ularga, ayniqsa, qator markazida biroz yaxshi tomoniga tuzatish kiritadi, xolos.
Buni har bir xol uchun hisoblangan qoldiq dispersiya tasdiqlaydi

Shunday qilib, uchinchi tartibli Fure qatorining garmonikasi qatorning haqiqiy darajalariga juda yaqindir.
Mavsumiy tebranishlarni o‘rganish usullari
Mavsumlik bu ayrim fasl va oylarda ko‘p yillik qatorlarda muntazam ravishda kuzatiladigan barqaror tebranishlardir.Mavsumiylik deganda, ayrim fasl va oylarda hodisa va jarayonlarning ko‘p yillik dinamikasida muntazam ravishda yuzaga chiqadigan barqaror tebranuvchanlik tushuniladi.Statistikada mavsumiy tebranishlarni o‘rganish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
-qator darajalarida kuzatiladigan mavsumiy tebranishlarini yaqqollashtirib tasvirlash va o‘lchash;
-mavsumiylik ta’siridan ko‘rsatkichlarni tozalab, ularning oyma-oy, davrma-davr o‘zgarishlarini sof holda o‘lchash va amaliy masalalarini yechishda foydalanish;
-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini belgilashda mavsumiy tebranishlarni hisobga olib tegishli ko‘rsatkichlarni aniqlash.
Mavsumiy to‘lqinni aniqlash va o‘lchash uchun statistika bisotida bir nechta usullar mavjud. Ular ichida eng soddasi mavsumlik indekslarini tuzishdir. Buning uchun yillik o‘rtacha daraja hisoblab, u bilan ayrim oy yoki chorak yil darajalari taqqoslanadi, ya’ni

Mavsumlik indekslarni hisoblash dinamika qatorlarida kuzatiladigan mavsumiy tebranishlarni baholash masalasining bir tomonidir. Uning ikkinchi tarafi darajalarning umumiy o‘zgaruvchanligi shakllanishida mavsumiy to‘lqinlar rolini aniqlashdan iborat. Bu esa umumiy o‘zgaruvchanlik darajasini tasodifiy tebranish, trend va mavsumiy to‘lqinlar hissasiga taqsimlash masalasini tug‘diradi. Uni dispersion tahlil yordamida yechish mumkin. Bunday tahlil bosqichma-bosqich quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. barcha yillar uchun oylik yoki choraklik ma’lumotlar asosida trend tenglamasi yoki ko‘p darajalardan sirg‘anchiq o‘rtacha hisoblab, ular asosida tekislangan darajalar aniqlanadi:  -bu yerda yil tartib soni,  «mavsum» (oy, chorak va h.k) tartib soni;

  2. har bir haqiqiy darajani tegishli tekislangan darajaga bo‘lib, mavsumlik indekslari  hisoblanadi;

  3. har bir oy yoki chorak uchun o‘rtacha yillik mavsumlik indekslari topiladi:


  4. bu yerda:m - yillar soni;

  5. tegishli oylar yoki choraklar uchun tekislangan darajalar o‘rtacha mavsumlik indekslariga ko‘paytiriladi va natijada mavsumiy to‘lqinni hisobga oladigan tekislangan darajalar hosil bo‘ladi:



  1. mavsumiy to‘lqin ta’siri ostida vujudga keladigan tafovutlar va ularning kvadratlari hisoblanadi:



  1. tasodifiy tebranish hisobiga vujudga kelgan tafovutlar va ularning kvadratlari aniqlanadi;



  1. trend hisobiga vujudga kelgan tafovutlar va ularning kvadratlari hisoblanadi:



  1. va nihoyat, umumiy tafovutlar va ularning kvadratlari topiladi


Tafovutlar muhimligi Fisher F - mezoni yordamida tekshiriladi.

Yüklə 243,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə