Demografiy a


Aholi ro’yxati o’tkazish tarixi: jahonda va bizning mamlakatimizda



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/82
tarix29.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#141862
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82
Demografiy a

Aholi ro’yxati o’tkazish tarixi: jahonda va bizning mamlakatimizda. 
Aholi roʻyxati aholi 
soni va tarkibi haqidagi maʼlumotlarni maʼlum bir sanaga moʻljallab berishi lozim. Shartni bajarish 
uchun roʻyxat oʻtkazish boʻyicha sana va hatto vaqti aniq koʻrsatilishi kerak. Mazkur vaqt roʻyxatning 
kritik lahzasi deyiladi. Qadimdan aholini hisobga olishning xilma-xil usullari mavjud boʻlgan. 
Yunoniston, Bobil (Mesopotamiya), Misr, Rim, Xitoy va Yaponiyada aholi hisobga olinganligi tarixiy 
manbalardan maʼlum. Ular asosan fiskal (soliq olish) va harbiy maqsadlarni koʻzlagan holda 
oʻtkazilib, odatda faqat erkaklarni, yaʼni harbiy harakatlarda ishtirok etish hamda soliq toʻlash 
imkoniyati bor shaxslarni qamrab olgan. Qadimgi Rimda oʻtkazilgan hamda podsho Serviy Tulliy 
(miloddan avvalgi 6-asr) nomi bilan bogʻliq boʻlgan fuqarolar hisobi (senzi) maʼlum. Mil. av. 510 
yildan 30 yilgacha boʻlgan davrda senzlar har 5 yilda oʻtkazilib turgan. Jami A. soni va tarkibi 
haqidagi roʻyxat birinchi marta 1790-yilda AQSh da oʻtkazilgan. 1801-yilda Buyuk Britaniya
Fransiya, Daniya va Norvegiyada oʻtkazilgan. 
19-asrning oʻrtalariga kelib Yevropa mamlakatlarida maxsus statistik tashkilotlar barpo 
qilinganligi Aholi roʻyxatlari ni sifatli oʻtkazishning muhim omili boʻldi. Dunyo mamlakatlarida 1870 
–79 yillarda 48 ta, 1880 – 89 yillarda 54 ta, 1890–99 yillarda 57 ta, 20-asrning dastlabki oʻn yilligida 
74 ta Aholi ro‘yxati oʻtkazildi. Aholi ro‘yxati 20-asrning boshida yer yuzi jami aholisining 64 % ni 
qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Aholi roʻyxatlari oʻtkazish yana ham keng tus oldi. Aholi 
roʻyxatlari 1945–54 yillarda 168 mamlakatda, 1969 –74 yillarda 179 mamlakatda oʻtkazildi. Hozirgi 
vaqtda aholi roʻyxatlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida oʻtkazilmoqsa. 
Iqtisodiy jihatdan qoloq hamda Aholi roʻyxatlari ni oʻtkazish imkoniyatlariga ega boʻlmagan 
mamlakatlar istisno hisoblanadi. Sobiq Ittifoqsa 1920, 1923, 1926, 1937, 1939, 1959, 1970, 1979 
va 1989-yillarda aholi roʻyxatlari oʻtkazilgan
3

Dunyodagi barcha davlatlar qatori O‘zbekistonda ham aholini ro‘yxatga olish o‘z tarixiga ega. 
Dastlabki aholi ro‘yhati VIII asrda Sug‘diana davlati davrida o‘tkazilgan. Mukammal aholi ro‘yxati 
esa 1897, 1926, 1939, 1959, 1979, 1989 yillarda o‘tkazilgan.
Dunyo mamlakatlari bo‘yicha o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlari ma‘lumoti Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining (BMT) demografik bo‘lmida to‘planadi va tahlil etilib, yillik demografik to‘plam nashr 
qilinadi hamda tarqatiladi. Ammo, bu to‘plamdagi materiallarning ayrim qismi taxminiy hisoblarga 
asoslangandir. CHunki, shu paytgacha butun yer sharida bir vaqtning o‘zida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan 
3
 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil 


emas, bu ishni amalga oshirish ancha murakkab. Turli mamlakatlarda aholi ro‘yxatlari turli davrlarda, 
har xil dasturlar asosida o‘tkaziladi. Bu omillar dunyo aholisini aniq hisoblash va uni tahlil qilish 
ishini ancha qiyinlashtiradi.
Keyingi yillarda ijtimoiy ishlab chiqarishni aholining fikr va mulohazalari asosida tashkil etish 
hamda demografik muammolarni aniqlash maqsadida sotsiologik markazlar (ijtimoiy fikrlar markazi) 
tashkil etilmoqda. Bunday markazlar dunyoning deyarli barcha iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarida birin-ketin tashkil etilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham Respublika Vazirlar 
Mahkamasi huzurida ―Ijtimoiy fikrlar Markazi‖ va uning viloyatlaridagi bo‘limlari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Aholishunoslik 
laboratoriyasi aholi muammolarini o‘rganuvchi asosiy ilmiy markaz bo‘lib, u sotsiologik uslubda 
tadqiqot o‘tkazish bilan ham faoliyat ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə