Demografiy a


Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar)



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/82
tarix29.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#141862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Demografiy a

 
Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar): 
Demografiya, aholi geografiyasi, bashoratlash, aholi 
siyosatlari,
statistik tahlil, aholining sifatiy xususiyatlari,
o’sishi yoki kamayishi,
demografik siyosat, 
demografik bashorat.
 
Fanning ob’ekti, predmeti va unga turli yondoshuvlar. 
Demografiya–grekcha–demos–

xalq
‖ va grafiya–―
tasvirlash
‖ so‘zlaridan iborat bo‘lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, 
hududiy joylashuvi va tarkibini, ularning o‘zgarishi va bu o‘zgarishning sabablarini, aholidagi 
o‘zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlarning aloqalarini o‘ziga xos yo‘llar bilan o‘rganadi. 
Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini ochib beradi. Ko‘rinib 
turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya fanlari o‘rganadigan masalalar bir biriga juda yaqin. 
 
Shuning uchun aholi geografiyasi demografiya o’rganadigan va aholiga ta’luqli bo’lgan 
demografik statistika tomonidan to’planadigan ma’lumotlardan keng foydalanadi. Demografiya ham 
o’z navbatida o’rganilayotgan demografik jarayon va ko’rsatkichlardagi geografik farqlar va bu 
farqlarning sabablariga qiziqadi. Shunday qilib, aholi geografiyasi bilan demografiya o’rtasida 
birgalikda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qator muammolar vujudga keladiki (aholi rivojlanishining 
qonuniyatlari, konsepsiyalari, ularni bashoratlash, aholi siyosatlari), bularni faqatgina aholi 
geografiyasi va demografiya asoslari fani hal qiladi
1

Demografiyaning asosiy predmeti aholining takror barpo bo‘lish qonuniyatlarining tahlili 
hisoblanadi. Aholini o‘rganar ekan, demografiya alohida fan sifatida, uning miqdoriy va sifatiy 
xususiyatlarining mukammal tahlil etadi. Aholining miqdoriy xususiyatlari ma‘lum millat, hudud 
aholisi sonining o‘zgarib (o‘sishi yoki kamayishi) borishida ifodalanadi. Aholining sifatiy xususiyatlari 
esa, asosan ma‘lum millat yoki hudud aholisining salomatlik va ma‘lumotlilik darajasida, o‘rtacha umr 
ko‘rish maqsadida ifodalanadi. 
Aholi yosh tarkibi demografiyada asosiy o‘rganish ob‘ekti sifatida o‘z kelib chiqish va 
rivojlanishiga ega. Ushbu rivojlanishni quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin: 
a) alohida yosh guruhlari va ularni nisbatlarini statistik tahlili; 
b)aholi yosh tarkibining shakllanish qonuniyatlari va ularning demografik rivojlanishning omili 
sifatidagi o‘rni; 
v) aholi yosh tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o‘zaro bog‘liqligi. 
Aholini ob‘ektiv ijtimoiy qonun va qonuniyatlar asosida rivojlanib borishida, har bir ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar davrida aholi rivojlanishini boshqaradigan o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy qonun 
va qonuniyatlarning harakat qilishi kuzatiladi. Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, ularning har 
biriga xos ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi. O‘z navbatida ularning turli davrlarda 
va mamlakatlarda aholining tabiiy va migratsion harakatini nazorat qilish, tartibga solishni ko‘zda 
tutadigan «demografik siyosat» yurgizishni taqozo etadi. 
Demografiya 
-
har yili turli sabablarga koʻra vafot etgan aholi oʻrnini yangidan dunyoga kelgan 
avlod hisobiga toʻldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bog‘liq holda 
oʻrganadigan fan. Demografiyaning paydo boʻlishi asosan XVII-asrning 2-yarmidan angliyalik olim J. 
Graunt (1620— 1674) tadqiqotlari bilan bogʻlikdir. Demografiya terminini 1855 yilda frantsuz olimi 
A. Giyar qoʻllagan. 1882 yil Xalqaro gigiyena va demografiya kongressining Jeneva sessiyasida 
rasmiy qabul qilingan. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida keng tarqaldi. Oʻzbekistonda, asosan 1960 
yillardan qoʻllanila boshladi. 
Demografining maqsadi muayyan hudud, mamlakat, dunyo aholisi va millatning takror barpo 
boʻlishi jarayoni va omillarini oʻrganish, muammolarni belgilab, yechimlarni aniqlash va istiqbolini 
koʻrsatib berishdan iborat.
1
Dudley L. Poston, Jr. Demography.- Cambridge University Press, 2010-442 р. 



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə