Demografiy a


-chizma. Demografiya fani tarmoqlari



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/82
tarix29.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#141862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Demografiy a

1-chizma. Demografiya fani tarmoqlari: 
Demografik statistika – demografiyaning tarixiy tarmog‘i bo‘lib, aholi takror barpo 
bo‘lishining tarixiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Statistik demografiyaning vazifalari aholining takror 
barpo bo‘lishiga oid materiallarni to‘plash va dastlabki qayta ishlash, demografik jarayonlarni statistik 
tahlil etish va kuzatish metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Matematik demografiya – demografik jarayonlarni modellashtirish va bashoratlash hamda ular 
o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishning matematik usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish bilan 
shug‘ullanadi. Demografik modellarga tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajralish jadvallarining aniqligi
statsionar va barqaror aholi modeli kabilar kiradi.
Tarixiy demografiya – mamlakatlar va xalqlar tarixidagi demografik jarayonlar holati va 
dinamikasini o‘rganadi. 
Etnik demografiya – aholi takror barpo bo‘lishining etnik xususiyatlarini tadqiq etadi. Xalqlar 
turmush tarzining etnik xususiyatlari, urf-odatlari, an‘analari, oilaviy munosabatlar va tarkibi kabilar, 
aholining tug‘ilish darajasi, o‘rtacha umr ko‘rishi va salomatligi holatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy demografiya – aholi takror barpo bo‘lishining iqtisodiy omillarini tadqiq etadi. 
Iqtisodiy omillar deganda, jamiyat hayotining barcha iqtisodiy shart-sharoitlari hamda ularning 
tug‘ilish, o‘lim, nikohlanish darajasiga, aholining o‘sish darajasiga ta‘siri tushuniladi.
Ijtimoiy demografiya – demografik jarayonlarga aholining sub‘ektiv harakati, ijtimoiy
ijtimoiy-psixologik ta‘sirini o‘rganadi. 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati 
Asosiy adabiyotlar 
1.
Dudley L. Poston, Jr. Demography.- Cambridge University Press, 2010-442 р. 
2.
Aбдурахманов Қ.Х., ва бошқалар. Демография. Дарслик. - T.: «Fan va texnologiya», 2014.-
368 б. 
3.
Бўриева М.Р., Тожиева З.Н., Зокиров С.С. Аҳоли географияси ва демография асослари. 
Ўқув қўлланма. – Т.: Тафаккур, 2011. – 159 б. 
4.
Борисов В.А. Демография. Учебник для вузов.- М., 1999. 2001 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə