Demografiy a


Demografik ma’lumot manbalari: birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlar



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/82
tarix29.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#141862
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
Demografiy a

Demografik ma’lumot manbalari: birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlar. 
Demografik 
jarayonlarni oʻrganishda juda koʻp maʼlumotlardan foydalaniladi. Koʻpchilik davlatlarda demografik 
maʼlumotlar statistika tashkilotlari tomonidan toʻplab boriladi. Ular aholi soni, tarkibi va demografik 
jarayonlarni aks ettirib oʻz ichiga ushbu masalalarga oid raqamli jadval va diagrammali maʼlumotlar, 
ilmiy manbalar, sotsiologik-demografik tadqiqotlar natijalarini oladi. Dunyo miqyosida demografik 
maʼlumotlarni toʻplash BMT boshchiligida tuzilgan dastur asosida oʻtkaziladi. 
Aholi statistikasi aholini o‘rganish, uning sonini aniqlashdan boshlaydi. Vaqti-vaqti bilan 
o‘tkazilib turiladigan aholi ro‘yxati va aholining tabiiy o‘zgarishini, tug‘ilganlarni, o‘lganlarni, 
nikohdan o‘tgan va uning migratsiyasi ya‘ni mexanik o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar aholi 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar manbai hisoblanadi. Aholining tabiiy o‘zgarishini, tug‘ilganlarni va 
o‘lganlarni, nikohdan o‘tgan hamda ajralishlarni FHDYo organlari hisobga oladi. 
Aholining aniq soni, tarkibi va joylanishi to‘g‘risidagi aniq va to‘liq ma‘lumotlarni ma‘lum bir 
oraliq davrlarda o‘tkazilib turiladigan aholi ro‘yxatlari beradi. Demografik tarkiblar aholining, yosh, 


jins, professional (kasbiy) va boshqa har xil ijtimoiy qatlamlarining o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab 
olib, demografik statistika uchun asosiy manbalar hisoblanadi. Demografik tarkiblarning hisob-kitobi 
vaqtga bog‘liq bo‘lib, doimiy ravishda o‘zgarib turishi tabiiydir. Shuning uchun har bir davr yoki 
hududlar aholisi tahlil qilinar ekan. Ularning o‘ziga xosligini doimo yodda tutish lozim. Bunday 
o‘ziga xosliklar esa tabiiy sharoit, siyosiy ijtimoiy voqealar, aholining oila va nikohga bo‘lgan 
munosabati va davlatlarning demografik siyosati kabilardir. Demografik tarkiblar ichida avlodlar 
tushunchasi alohida ajratiladi. 
Demografiyadagi asosiy axborot manbalari quyidagilar: 
-Har 10 yilda bir marta o‘tkazilib turiladigan aholi ro‘yxati; 
-Demografik hodisalarning joriy statistik ro‘yxati (tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajralish) ning hisobi 
va uzluksizligi; 
-Aholi joriy kartotekasining uzluksizligi; 
-Alohida va maxsus kuzatuvlar; 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə