Mavzu: “Demografik o’tish bosqichlari” va uni dunyo hududlari bo’ylab ahamiyati



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə1/5
tarix18.04.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#106108
  1   2   3   4   5
Lecture - 25


Mavzu: “Demografik o’tish bosqichlari” va uni dunyo hududlari bo’ylab ahamiyati
“Demografik o’tish bosqichlari” va geodemografik to’lqinlar
Dunyo mintaqalari aholisi demografik rivojlanishi
REJA
Demografik rivojlanish bosqichlari
“Demografik o’tish bosqichlari” va geodemografik to’lqinlar.
Demografik vaziyat, axolining takror barpo etilishi va uning migratsiyasi ayni vaqtda turli mintaqa va mamlakatlarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Jumladan, aholining tabiiy harakati, ya’ni uning tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari makon va zamon miqyosida o‘zgarib turadi va ushbu murakkab jarayon qator omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Iqtisodiyot va demografik vaziyatning o‘zgarib turishi revolyutsion va evolyutsion tarzda amalga oshib boradi.
Ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarning joriy etilishi (masalan, bug‘ mashinasining ixtiro etilishi, qora metallurgiyada yoqilgi sifatida kokslanuvchi ko‘mirdan foydalanish, transport va elektr energetika tizimida muhim innovatsion yangiliklar va h.k.) iqtisodiyotda chinakam revolyutsion o‘zgarishlarga olib keladi. Demografik jarayon-larda ham shunga o‘xshash inqilobiy tub o‘zgarishlar, demografik revolyutsiya yoki demografik portlashlar yuz bergan va bunday hodisalar asosan o‘tgan asrning 60-70 yillarida Afrika va Osiyo mamlakatlarida sodir bo‘lgan.
Ikki revolyutsion o‘zgarish oralig‘ida rivojlanish evolyutsion tarzda amalga oshib boradi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga oladigan bu davrni, odatda, “o‘tish davri”, deb atashadi. Evolyutsion o‘zgarishlarning revolyutsion vaziyatga olib kelishi va undan so‘ng yana evolyutsion tarzda rivojlanishi dialektikaning, miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlarga o‘tish qonuni asosida ro‘y beradi.
Oraliq yoki o‘tish davridagi rivojlanish xususiyatlari o‘ziga xos to‘lqinlarni eslatadi. Bunday to‘lqinlar iktisodiyot va demografiya fanlarida vaqt (zamon) nuqtai nazaridan o‘rganilgan. Masalan, rus iqtisodchisi N.D.Kondratev XX asrning 30-yillarida iqtisodiy rivojlanishga oid o‘zining “uzun to‘lqinlar” g‘oyasini yaratgan. Taniqli rus demografi B.S.Urlanis esa Ikkinchi jahon urushi ta’sirida aholining tabiiy harakatidagi uzoq yillar davomida kuzatiladigan, asta-sekin so‘nib boruvchi demografik to‘lqinlar to‘g‘risida fikr bildirgan. Ushbu g‘oyaga binoan, urush davridagi demografik vaziyat, ya’ni tug‘ilish ko‘rsatkichlarining keskin kamayib ketishi vaqti-vaqti bilan, o‘sha davrda paydo bo‘lgan avlod va ularning farzandlari oila qurish va bola ko‘rish yoshiga yetgan-larida ma’lum darajada takrorlanib turadi va bu holat borgan sari susayib boradi.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə