Demografiy a


Demografiyaning fanlar tizimi va tarkibi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/82
tarix29.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#141862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Demografiy a

Demografiyaning fanlar tizimi va tarkibi. 
Demografiya mustaqil fan sifatida o‘z tadqiqot 
usullariga egadir. Ular jumlasiga tarixiy, taqqoslash, statistika, matematika, kartografik, mantiqiy 
fikrlash va sotsiologik uslublar kiradi. Demografiyaning tahlil uslubi statistikadan farq qiladi. Unda 
mavhum fikrlash uslubidan keng foydalanish asosida aholi tarkibida kelgusida ro‘y beradigan miqdor 
va sifat o‘zgarishlari ham o‘rganiladi. Aholi muayyan ijtimoiy hayot tarziga bo‘ysunishi tufayli, 
demografik jarayonlar ham muayyan ishlab chiqarish usuli va munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Aholi 
murakkab ijtimoiy va tabiiy rivojlanish maxsulidir, shu sababli aholi turli omillar zaminida ko‘payadi. 
Bu jixatdan demografiya tahlil mavzui iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya, psixologiya, matematika, 
statistika, ijtimoiy gigiena, geografiya, tibbiyot, tarix, etnografiya va boshqa fanlar tahlil mavzuiga 
yaqin bo‘lib, shu fanlarning yutuqlaridan foydalanadi. Ayni vaqtda ularga qimmatli ma‘lumotlar 
beradi.
 
Demografiya har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining ko’payish va rivojlanish qonunlarini 
alohida-alohida o’rganadi. Chunki har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga xos aholi o’sish qonuni, 
demografik vaziyatga bevosita ta’sir ko’rsatadi
2

Aholining takror barpo bo‘lishi qonuniyatlarni o‘rganar ekan, demografiya bir qator ilmiy 
yo‘nalishlarga bo‘linadi va bu yo‘nalishlar demografiya fanlari tizimini tashkil etadi. Ularga nazariy 
demografiya, demografik statistika, tarixiy demografiya, etnik demografiya, iqtisodiy demografiya, 
hududiy demografiya, tahliliy demografiya va amaliy demografik tadqiqotlar kiradi. 
Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi va metodlari. 
Demografiya aholini o‘rganishda turli usullardan foydalanadi. Masalan: tarixiy, taqqoslash, 
statistik, eksperimental, sotsiologik so‘roq va aholi ro‘yxatlarini tuzish.
Demografiya fanining asosiy vazifalari:
- Demografik jarayonlar va ularning omillarini o‘rganish. 
- Demografik bashoratlarni ishlab chiqish. 
- Demografik siyosat chora tadbirlarini ishlab chiqish. 
Demografiyaning ilmiy yo‘nalishlari: 
1. Nazariy demografiya. 
2. Statistik demografiya. 
3. Tarixiy demografiya. 
4. Etnik demografiya. 
5. Iqtisodiy demografiya. 
6. Hududiy demografiya. 
7. Tahliliy demografiya. 
8. Amaliy demografik tadqiqotlar. 
Demografik tarkiblar aholining, yosh, jins, professional (kasbiy) va boshqa har xil ijtimoiy 
qatlamlarining o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab olib, demografik statistika uchun asosiy manbalar 
hisoblanadi. Demografik tarkiblarning hisob-kitobi vaqtga bog‘liq bo‘lib, doimiy ravishda o‘zgarib 
turishi tabiiydir. Shuning uchun har bir davr yoki hududlar aholisi tahlil qilinar ekan. Ularning o‘ziga 
xosligini doimo yodda tutish lozim. Bunday o‘ziga xosliklar esa tabiiy sharoit, siyosiy ijtimoiy 
voqealar, aholining oila va nikohga bo‘lgan munosabati va davlatlarning demografik siyosati 
kabilardir. Demografik tarkiblar ichida avlodlar tushunchasi alohida ajratiladi. Avlodlar tushunchasi 
juda ham nisbiy ma‘noda bo‘lib, bu tushunchani yoshga nisbatan, turli guruhlar va bu guruhlarning 
tutgan o‘rniga qarab qo‘llaniladi. Bir so‘z bilan aytganda avlod tushunchasi ma‘lum bir davr 
mobaynida turli hodisa va ijtimoiy voqelikka o‘z ta‘sirini ko‘rsatuvchi guruhdir.
XX asrga kelib, demografiya fan sifatida ikkita asosiy yo‘nalishda rivojlandi. Ulardan biri, 
demografiyaning tadqiqot maydonini aniqlashtirish bo‘lsa, ikkinchisi demografik jarayonlarga ta‘sir 
ko‘rsatuvchi omillar doirasining kengayishi bo‘ldi. 1960 yillar o‘rtalarida ko‘pchilik mutaxassislar 
demografiyaning predmetini aholining tabiiy harakati masalalari bilan shug‘ullanuvchi fan sifatida 
2
Борисов В.А. Демография. Учебник для вузов.- М., 1999. 2001 


chegaralab qo‘ydi. 
Aholining tabiiy harakati – bu tug‘ilish, o‘lim, nikohga kirish va nikohdan ajralish natijasida 
aholi soni va tarkibining uzluksiz o‘zgarib turishidir. Shuningdek, aholining tabiiy harakatiga 
aholining jins va yosh tarkibidagi o‘zgarishlar kabi o‘zaro bog‘liq barcha demografik jarayonlar kiradi. 
Masalan, 90-yillar boshida Evrosiyoda ko‘plab mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi oqibatida 
migratsiya jarayonlar sezilarli ravishda faollashdi. Bu, o‘z navbatida, mintaqadagi barcha hududlar 
aholisining tabiiy harakatida o‘zgarishlar sodir etdi.
Yuqorida aytganimizdek, demografiya-aholining takror barpo bo‘lish qonuniyatlarini 
o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Demografiya fan sifatida XVII asrning yarmidan so‘ng shakllana 
boshladi. Aholining takror barpo bo‘lishi-aholining miqdori va tarkibini doimo tabiiy tarzda yangi 
avlodlar tomonidan keksa avlodlar o‘rni to‘ldirilishi orqali yangilanishidir. 
Har qanday fan ob‘ekt doirasidagi voqelikning qonun va qonuniyatlarini ochib berish, uning 
tadqiqot maqsadi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, demografiyaning predmeti aholi tabiiy takror barpo 
bo‘lishining qonun va qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. O‘z navbatida, demografiya quyidagi fan 
tarmoqlariga bo‘linadi (1-chizma):

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə