Demografiy a



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/82
tarix29.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#141862
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Demografiy a

Qiyosiy va iqtisodiy qiyosiy tahlil usuli.
 
Iqtisodiy va geografik tadqiqotlarda iqtisodiy qiyosiy 
tahlil usulini chetlab o‘tib tadqiqotni amalga oshirish mumkin emas. Chunki, har qanday iqtisodiy va 
iqtisodiy geografik tadqiqotda o‘rganilayotgan hudud boshqa hudud bilan yoki sohaning turli 
hududlardagi holati tahlil etiladi. Ko‘pgina holatda qiyosiy tahlil etish yordamida juda muhim 
muammolarni va bu muammolarning paydo bo‘lish omillarini tadqiq etish imkonini beradi. Umuman, 
qiyosiy va iqtisodiy qiyosiy tahlil usuli yordamida tabiat, ishlab chiqarish va aholi bilan bog‘liq juda 
dolzarb muammolarni va ularning paydo bo‘lish omillarini aniqlash mumkin. 
Me’yoriy-balans hisobi usuli

Me‘yor va nisbat tushunchasi tabiatning eng muhim 
qonuniyatlaridan biridir. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda me‘yor-balans hisobi usuli keng 
foydalaniladi. Jumladan, aholining tug‘ilishi, tabiiy o‘sishi, migratsiyasi bilan bog‘liq shunday 
qonuniyatlar borki, bu qonuniyatlarning mohiyatini ochib berishda yoki tadqiq etilayotgan masalaga 
aniqlik kiritishda me‘yoriy-balans hisobi usulidan keng foydalaniladi. 
Kartografik tadqiqot usuli
. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda kartografik tadqiqot usulidan 
foydalanish tadqiqot ishining vazifasida ko‘zda tutilgan xususiyatlarining uyg‘unligini ta‘minlash 


uchun xizmat qiladi. Chunki kartalarda geografik va ijtimoiy iqtisodiy elementlar uyg‘unligi bir-birini 
to‘ldirish bilan birga, mamlakat yoki hududning tabiati va uning boyliklarini, iqtisodiyotini, madaniy-
ma‘rifiy va tarixiy xususiyatlarini o‘zida jamlagan bo‘ladi. Tadqiqot ishi davomida tadqiqotchi uchun 
kartalardagi ma‘lumotlardan foydalanishda qulaylik yaratadi yoki tadqiqot ishi natijasida tuzilishi 
lozim bo‘lgan kartaning mukammalligini ta‘minlash uchun tadqiqotchiga namuna vazifasini o‘taydi. 
Ba‘zan tadqiqot vazifasida ko‘zda tutilmagan qirralarini yoki xususiyatlarini ham yoritish imkonini 
beradi va tadqiqot ishining mukammalligini oshiradi. 
Sotsiologik so’rovlar o’tkazish usuli.
Sotsiologik so‘rovlar usuli ayniqsa, aholining ijtimoiy 
demografik holatini o‘rganishda ko‘p qo‘llaniladi. Anketa so‘rovlari ma‘lum maqsaddan kelib chiqib, 
keng qamrovli tuzilganligi tadqiqotni samarali o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega. Dastlabki umumiy 
savollar (yashash joyi, tug‘ilgan yili, millati, jinsi, ma‘lumoti, mutaxassisligi, mutaxassislik bo‘yicha 
ishlayotgan yoki ishlamayotganligi, sababi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilaviy ahvoli, farzandlar soni, bir 
hovlida necha kishi yashashi, oilaning o‘rtacha yillik daromadi kabi savollar) har bir anketa 
so‘rovlarida berilishi kerak. Keyingi beriladigan savollar tadqiqot mavzusiga bevosita tegishli bo‘lishi 
lozim. Masalan, aholining ichki va tashqi migratsiyasini o‘rganish uchun quyidagi savollarning 
bo‘lishi maqsadga muvofiq: 
1.
Siz yashash joyingizni o‘zgartirishni xoxlaysizmi? 
2.
Nima sababdan yashash joyingizni o‘zgartirmoqchisiz? 
3.
Agar boshqa joyga ko‘chishni xoxlasangiz, qaerga ko‘chgan bo‘lardingiz? 
4.
Agar boshqa davlatga ko‘chishni xoxlasangiz sababini ko‘rsating. 
5.
O‘zbekistonning boshqa joyiga ko‘chishni xohlasangiz sababini ko‘rsating. 
6.
Hozirgi kunda oila a‘zolaringiz orasida O‘zbekistonning boshqa shaharlarida 
o‘qiyotgan, ishlayotgan, yashayotganlar bormi? 
7.
Hozirgi kunda oila a‘zolaringiz orasida chet mamlakatlarda o‘qiyotgan, ishlayotgan, 
yashayotganlar bormi? 
Omillarni tahlil qilish usuli.
 
Geografik tadqiqotlarda muammoning kelib chiqishi yoki uni 
tartiblash omillarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular tadqiqot maqsadi va doirasiga ko‘ra 
turlicha bo‘lishi mumkin:
1.
Tabiiy omillar; 
2.
Iqtisodiy omillar; 
3.
Demografik omillar; 
4.
Etnik omillar; 
5.
Ijtimoiy-psixologik omillar va boshqalar. 
Omillarni o‘z navbatida ikkiga bo‘lish mumkin: 1) sub‘ektiv omillar, ya‘ni inson faoliyati bilan 
bog‘liq bo‘lgan yoki inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan omillar. Yuqoridagi demografik, 
ijtimoiy-psixologik, etnik omillar shular jumlasidandir. 2) ob‘ektiv omillar, ya‘ni inson faoliyati bilan 
bog‘liq bo‘lmagan omillar. Masalan, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, toshqinlar, ko‘chkilar, ob-havodagi 
keskin o‘zgarishlar kabilar tabiiy omillar hisoblanib, ishlab-chiqarishning biror mavsumda izdan 
chiqishiga yoki butunlay inqiroziga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy prognoz usuli.
Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda iqtisodiy prognoz qo‘llanishi 
ishlab chiqarish hajmining ortishi yoki tabiat resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishlarini 
belgilab beradi. Ko‘pchilik holatlarda prognoz ya‘ni kutilgan natija yuz bermasligi mumkin. Biroq, 
kutilgan natija yuz bermagan holatlarda shu soha yoki tarmoq tadqiqotchilari uning omillarini izlab 
topishga intiladi. Prognoz – tadqiqot ishining sterjeni bo‘lib, u tadqiqot jarayonini boshqaradi va uni 
ichki mantiqiga bo‘ysundiradi. Ko‘pgina mashhur tadqiqotchilar prognozning bo‘lmaganidan ko‘ra, 
uning xato bo‘lsada, mavjudligini afzal ko‘rishadi.
Biror iqtisodiy jarayonni prognoz qilishda, ma‘lum vaqt oralig‘idagi ko‘rsatkichlar yoki 
voqealar rivoji tahlil etiladi va shu asosda jarayonning kelgusidagi holati prognoz qilinadi. Prognoz 
qilishda ilmiy asoslangan biror qonuniyat yoki mexanizm mavjud emas. Ba‘zan iqtisodchilar statistik 
prognoz usullariga asoslanib, biror tarmoqning istiqboli to‘g‘risidagi 5-10 yil keyingi prognozlarni 
keltiradi. Ko‘pchilik holatda bu prognozlar o‘zini oqlamadi. Chunki, u yoki bu omillar ta‘sirida 
kutilgan natija kuzatilmaydi. Shu bois, tadqiqot prognozlarini inkor qilib bo‘lmaydi. Ya‘ni agar amalga 
oshmasa, tadqiqotchi oldiga «Nima uchun?» degan savolni qayta-qayta qo‘yaveradi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə