Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti



Yüklə 109,6 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü109,6 Kb.
#141503
növüReferat
1   2   3   4
7-MUSTAQIL ISH

korporativ boshqaruv
O‘zaro aloqadorlik nuqtayi nazaridan esa korporativ boshqaruv tuzilmasi tashkilotdagi turli xil ishtirokchilar o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar taqsimotini belgilab beradi.
Bunda aksiyadorlar, kengash a’zolari, menejerlar va boshqa hissadorlar o‘rtasida qaror qabul qilishdagi jarayonlar va tartiblar belgilab beriladi.
korporativ boshqaruv ushbu inglizcha ibora, birinchi navbatda, jalb qilingan kapitalga ega kompaniyalarda hokimiyat va boshqaruv tuzilmalarini, ya'ni bozor sharoitida ushbu kompaniyalar organlarining vakolatlari, vazifalari va nazorat funktsiyalarini anglatadi.
Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadi – past qiymatda investitsiyalar jalb qilish, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlarni maksimallashtirish, kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib borishdir.

  • Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalari esa quyidagilardir korporativ tuzilma moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib borish;

  • aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

  • aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini oshirib borish orqali biznes qiymatini maksimallashtirish;

  • rivojlanish strategiyalarini belgilash va ularni amalga oshirib borish ustidan nazorat o‘rnatish va boshqalar.

korporativ boshqaruv subyektlari quyidagilar:

  • emitent sifatida aksiyadorlik jamiyatlari;

  • aksiyadorlar, ya’ni investorlar;

  • korporativ tuzilma menejerlari;

  • davlat;

  • kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar

  • Hozirgi kunda davlat, jismoniy va yuridik shaxslar aksiyador bo‘lishlari mumkin.

  • Ular mulkdor sifatida o‘z kapitallarini aksiyadorlik jamiyatlariga kiritadilar va albatta bundan manfaat kutadilar.

  • Bundan tashqari eng asosiy jihat bu aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqarish huquqini o‘z zimmalarida qoldirishidir.

korporativ boshqaruv

  • Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqargan holda maxsus boshqaruvni, joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqarishni menejerlarga shartnoma asosida yuklaydi.

  • Xodimlar korporativ tuzilma bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ma’lum bir funksional vazifalarni bajaradilar va tegishli ravishda ish haqlari hisoblanishi va to‘lanishi natijasida moliyaviy munosabatlarga kirishadilar.


Yüklə 109,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə