Denov tadbirkorlik va pedagokika insituti. Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti



Yüklə 8,31 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü8,31 Kb.
#168886
SAMANDAR AUDIT 12 SLAYD


DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOKIKA INSITUTI.TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI.BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO’NALISHI TALABASI XO’JANAZAROV SAMANDARNING AUDIT FANIDAN
MUSTAQIL ISHI.
Bajardi:X.Samandar
Tekshirdi:S.Alisher
Mavzu:Auditorlik tashkilotlarining huquqlari,majburiyatlari va javobgarligi.
1.Auditor tashkilotlarining huquqlari haqida.
2.Auditorlik tekshiruvi qanday hollarda o’tkaziladi.
3.Auditorlar kimlar?
Reja:
Auditor (lotincha: audiotor – tinglovchi, oʻquvchi; inglizcha: auditor) – malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs. Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan boʻlsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik – huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, u auditorlik tekshiruvini oʻtkazishga jalb etilishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari ya’ni ustavi va ta’sis shartnomasi bilan tanishish auditorga bo’lg’usi mijozining yuridik maqomi faoliyat turi, predmeti va ta’sischilari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi. Bunda auditor korxonaning asosiy ustav faoliyati ustavning qachon va qaysi davlat organida ro’yxatga olinganligi hamda notarial idora tomonidan tasdiqlanganligiga e’tibor berishi kerak.
Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek majburiy auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazadigan tashkilotlar roʻyхatiga tuzatishlar kiritildi. Endi hisobot yili yakunlariga koʻra quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari: aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming baravari miqdoridan ortiq, mahsulotlarni (ishlar, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi BHMning 200 ming baravari miqdoridan ortiq, хodimlarining oʻrtacha yillik soni 100 nafardan ortiq boʻlsa, majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim.
Auditorlik tashkiloti mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 6-moddasiga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjat-lari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjat-lari bilan oldindan tanishib chiqish; auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliya- xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda olish
2021-yil 5-fevralda ma’qullangan
Toshkent sh.,2021-yil 25-fevral,O‘RQ-677-son
Қонуннинг асосий мазмуни. Етакчи хорижий мамлакатлар тажрибасини ҳамда аудит ривожланишининг миллий амалиётини ҳисобга олган ҳолда аудиторлик фаолиятини тартибга солишнинг тизимлилигини ва комплекслилигини таъминлаш қонуннинг асоси ҳисобланади.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi auditorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
auditor — auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
Auditorlar reyestri — auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati, bundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shakllantiriladigan reyestr mustasno;
auditorlik tashkiloti — auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va turdosh xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti;
Auditorlik tashkilotlarining reyestri — auditorlik tashkilotlarining auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati;
auditorlik faoliyati — auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati
Auditorlarning huquqlari
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish;
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olish;
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha axborot xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish.
Yüklə 8,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə