Depressiya va suitsid


Suitsidga tayyorgarlik belgilari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə4/13
tarix31.05.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#114491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
DEPRESSIYA VA SUITSID

Suitsidga tayyorgarlik belgilari.

  1. O’z ishlarini tartibga keltirish, qimmatbaho buyumlarini tarqatish, yig’ishtirish.

  2. Xayrlashuv. Odamlarga turli vaqtlarda ko’rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirish shaklida bo’lishi mumkin. Uzoqdagi kamdan – kam ko’rishadigan qarindoshlari yoki tanishlarini yo’qlash.

  3. Tashqi mamnunlik, quvvatining ko’payishi. Agar o’zini o’ldirish xaqidagi qaror qabul qilingan, reja tuzilgan bo’lsa, bu xaqidagi fikrlar uni qiynamay qo’yadi, kuch – quvvat ko’payadi. Tashqi xotirjamlik – o’zini o’ldirish fikridan qaytgandek ko’rinadi. Kuch –quvvatning ko’payishi chuqur depressiyadan xavfliroq bo’lishi mumkin.

  4. Yozuvli ko’rsatmalar (xatlarda, kundalikda).

  5. So’zli ko’rsatmalar yoki tahdidlar.

  6. Impulsivlik, g’azablanish.

  7. Uyqusizlik.



Suitsidal xulq – atvor toifalari


Namoyishkorona axloq – o’ziga, o’zining muammolariga e’tibor qaratish, yordam so’rash – atrofdagilarni qo’rqitish, ularning nohaq ekanliklarini anglatish.
Usullari: venani kesish, zaharli bo’lmagan dorilar qabul qilish, o’zini osishni namoyish qilish.
Affektiv axloq – yorqin emotsiyalar ta’siri ostida impulsiv tarzda, hech qanday rejasiz suitsidal harakat amalga oshirilishi mumkin.
Usullari: o’zini osishiga harakat qilish, zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni qo’llash.
Haqiqiy suitsidal axloq – harakatning o’ylangan rejasi bilan farqlanadi. Unga tayyorgarlik ko’riladi. Yaqinlariga o’z harakatlari sabablarini tushuntiruvchi xat qoldiradilar.
Usullari: o’zini osishi yoki balandlikdan tashlash.


Depressiya darajasini aniqlash metodikasi

Suitsidal xulq – atvorni belgilarini aniqlovchi diagnostik ishlar alohida e’tiborni talab etadi. Chunki, ba’zi o’smirlarda kuchli inqirozli vaziyatlarda sub’ektiv kechinmalarni uchratmasligimiz mumkin. Bu esa depressiya va suitsidal xulq – atvor diagnostikasini qiynlashtiradi. Ulardagi depressiv holatlarni tushunish uchun o’smir shaxsi shakllanayotgan atrof – muhit katta ahamiyatga egadir. U o’smirning hayotni idrok qilishi xarakteriga, qadriyatlar tizimi va shaxsiy dunyoqarashiga ta’sir etadi.


V.A. Jmurov tomonidan ishlab chiqilgan ushbu metodika depressiya darajasini aniqlab berishga yordam beradi. U ushbu vaqtdagi depressiyaning og’ir holatini yoki engil formasini aniqlashga yordam beradi. Har bir guruh savolini o’qib chiqing o’zingizga mos variantini tanlang 0,1,2 yoki 3 va uni belgilab qo’ying.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə