Depressiya va suitsid


SUITSIDAL XULQ – ATVOR DIAGNOSTIKASINING O’ZIGA XOS JIHATLARI VA DEPRESSIV HOLATLARNI PROFILAKTIKA QILISH BOSQICHLARI



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə3/13
tarix31.05.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#114491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
DEPRESSIYA VA SUITSID

SUITSIDAL XULQ – ATVOR DIAGNOSTIKASINING O’ZIGA XOS JIHATLARI VA DEPRESSIV HOLATLARNI PROFILAKTIKA QILISH BOSQICHLARI


Suitsidal xulq – atvor diagnostikasining o’ziga xos jihatlari

Shaxsdagi depressiv holatlar va suitsidal xulq – atvor belgilarini bilish sutsidal xatti – harakatlarni oldini olish va aniq tashxis qo’yib, psixologik yordam ko’rsatish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu belgilar turli yosh davrlarida ham namoyon bo’lishi mumkin.


O’z joniga qasd qiluvchilar guruhiga quyidagi shaxslarni kirishi mumkin.

  • shaxslararo munosabatlari buzilgan shaxslar “yolg’izlar”;

  • deviant va delikvent axloq bilan ajralib turuvchi, spirtli va narkotik moddalarni iste’mol qiluvchilar;

  • uzoq davom etayotgan depressiv holat;

  • o’zini – o’zi o’ta yuqori darajada tanqid qiluvchilar;

  • kamsitilish yoki yaqin kishisini yo’qotishdan, surunkali yoki oxiri o’lim bilan tugovchi kassaliklaridan azoblanayotganlar;

  • frustratsiya, kassaliklardan yoki atrofdagilarning tashlab ketganligidan azoblanuvchilar;

  • ijtimoiy muvaffaqiyatsiz oilalar vakillari;

  • suitsid sodir bo’lgan oila a’zoliari.

Suitsid asosidagi emotsional buzilish belgilari.

  1. Ishtahaning yo’qolishi yoki ochko’zlik, oxirgi kunlardagi uyqusizlik yoki ko’p uxlash.

  2. Somatik holatdan tez – tez arz qilish (qorin og’rig’i, bosh og’rig’i, doimiy charchoq, ko’p uxlash).

  3. O’z tashqi ko’rinishiga nisbatan odatiy bo’lmagan befarqlik.

  4. Doimiy yolg’izlik, kerak emaslik, aybdorlik va g’am hissi.

  5. Avval rohat bag’ishlagan ishdan va yaqinlaridan zerikish.

  6. Aloqalardan qochish, do’stlar va oiladan yakkalanish.

  7. Diqqatning buzilishi, ish sifatining pasayishi.

  8. O’lim xaqidagi fikrlarga berilish.

  9. Kelajak rejalarining yo’qligi.

  10. Arzimagan narsalar uchun g’azablanish.


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə