Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81

10:42arshi shaxrida uyushtirilgan kirgin-katli om, 1514, 1515  yillari Xurosonda yuz 
bergan kaxatchilik va ochlik xakidagi ma`lumotlar ana shular jumlasidandir. 
Xondamirning  ushbu  asarida  muxim  ijtimoiy-iktisodiy  masalalarga  oid,  kr 
egaligi, tarxonlar, suyurgol egalari va ularning jamiyatda tutgan mavkei, Temuriylar 
davlatining  ma`muriy  tuzulishi  xakida  kimmatli  ma`lumotlar  bor.  Shuningdek,  asar 
etnografik va geografik ma`lumotlarga xam boydir. 
“Xabib us-siyar” asarining ko`lyozma nusxalari ko`p. Asarning  matni 1857 yili 
Bombay  shaxrida  va  1954  yili  Texronda  chop  kilingan.  Undan  ayrim  parchalar  rus, 
frantsuz va ingliz tillarida turli to`plamlarda e`lon kilingan.  
“Tarixi  Rashidiy”  (1544-1546  yillarda  Kashmirda  yozilgan)  mashxur  asar 
muallifi  Boburning  kichik  xolavachchasi  Mirzo  Muxammad  Xaydar  bo`lib,  uning 
ota-bobolari O`rtubu, Po`lodchi, Xudoydod, Said Axmad, Sonsiz Mirzo, Muxammad 
Xaydar,  Muxammad  Xusayn  turklashgan  mo`gul  uruglaridan  duglot  (mo`gulcha 
“dogolot”-cho`lok)  kabilasiga  mansubdir.  Ular  Mo`guliston  xonlari,  Chigatoylar 
davrida  ulusbegi,  Koshgar  xokimi  lavozimida  turganlar.  Olimning  otasi  amir 
Muxammad  Xusayn  bir  vaktlar  Andijonda  Umarshayx  Mirzo,  so`ngra  Toshkent 
xokimi Sulton Maxmudxon (1487-1508 yy.) xizmatida bo`lgan. U 1495-1503 yillari 
ana shu Sulton Maxmudxon nomidan O`ratepani idora kilgan.  
1503 yili Sulton Maxmudxon va Sulton Axmadxon Axsi atrofida Shayboniyxon 
ko`shinlari tomonidan tor-mor keltirilgani va asir olinganini eshitib, amir Muxammad 
Xusayn Korateginga, undan Kunduz, so`ng Xirotga, Sulton Xusayn xuzuriga kochib 
bordi. Muxammad Xusayn ko`p o`tmay Kobulga, Bobur Mirzo xuzuriga keldi. 1507 
yilgi  Boburga  karshi  fitnada  ayblanib,  yana  Xirotga  kochib  bordi.  1508  yili 
Shayboniyxonning amri bilan Muxammad Xusayn katl etilgan. 
Muxammad  Xaydar  1500  yili  Toshkentda  tugildi.  Otasining  o`ldirilganidan 
keyin  Muxammad  Xusaynga  sodik  kishilar  uni  birmuncha  vakt  Buxoroda  asradilar, 
so`ng  Badaxshonga  olib  borib  karindoshi  Sulton  Uvays  Mirzoning,  Xon  Mirzo  deb 
atalgan, ko`liga topshirdilar. Muxammad Xaydar keyincha Kobulga  keldi va Bobur 
xizmatida  1512  yilgacha  bo`ldi.  1512  yil  kuzida    u  Andijonga,  Sulton  Sa`idxon 
xuzuriga  keldi  va  u  bilan  ko`shilib  Koshgarga  ketib  koldi.  Sulton  Sa`idxon  ko`p 
o`tmay bu erda Abubakr duglot ustidan galaba kozondi va Koshgar xamda Yorkandni 
ko`lga kiritishga muvaffak bo`ldi.  
Muxammad Xaydar 1533 yilgacha, ya`ni Sulton Sa`idxon vafotiga kadar, uning 
xizmatida bo`ldi. Dastlab xonzoda Abdurashidxonga tarbiyachilik-otalik kildi, so`ng 
yirik  xarbiy  bo`linmalarga  ko`mondonlik  kildi  va  xonning  Badaxshon,  Lodak, 
Kofiriston va Tibet ustiga kilgan xarbiy yurishlarida faol ishtirok etdi. 
Otasi  o`rniga  o`tirgan  Abdurashidxon  (1533-1570  yy.)  duglot  amirlarini  ta`kib 
ostiga oldi,  ularning  ba`zilarini  katl etdi. Bularning orasida  Muxammad  Xaydarning 
togasi  Said  Muxammad  mirzo  va  karindoshlarining  ko`pchiligi  bor  edi.  Tibetda 
bo`lgan  Muxammad  Xaydar  bundan  xabar  topib,  Badaxshon  tarafga kochdi  va  ko`p 
mashakkatlardan  keyin  Kobulga,  Bobur  Mirzoning  o`gillaridan  Komron  Mirzo 
xuzuriga  keldi,  so`ng  u  erdan  Agraga,  Xumoyun  podshox  xuzuriga  bordi  va  uning 
xizmatiga kirdi. 
Muxammad  Xaydar  1541  yili,  Xumoyunning  xarbiy  yordami  bilan,  Kashmirni 
bo`ysundirdi  va  u  erda  kariyb  10  yil  xukmronlik  kildi.  U  1551  yili  toglik 
kabilalarning biri bilan bo`lgan to`knashuv paytida xalok bo`ldi. 


Muxammad  Xaydar  zamonasining  o`kimishli  va  keng  ma`lumotli  kishilaridan 
edi.  Boburning  guvoxlik  berishiga  karaganda,  u  durustgina  shoir,  xattot,  rassom, 
shuningdek, nayza va kamon yasovchi usta bo`lgan. Muxammad Xaydarning bizning 
zamonamizgacha ikki yirik asari etib kelgan. Bulardan biri “Jaxonnoma” deb atalib, 
ertak  tarzida  yozilgan.  Uning  yagona  ko`lyozmasi  Germaniyaning  Berlin  shaxri 
kutubxonalaridan birida saklanmokda.  
Olimning ikkinchi yirik va mashxur asari “Tarixi Rashidiy”dir. Kitob ikki kism, 
davtardan  iborat  bo`lib,  birinchi  kismida  Mo`guliston  xalklarining  tarixi  Tugluk 
Temur  (1348-1363  yy.)dan  to  Abdurashidxonning  taxtga  o`tirgani  (1533  y.)gacha 
bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. 
Asarning birinchi davtari turli nakl-rivoyatlar, shuningdek, Yokut Xamaviyning 
“Mo``jam  ul-buldon”,  Juvayniyning  “Tarixi  jaxonkushoy”,  Rashiduddinning  “Jome` 
ut-tavorix”,  Jamol  Karshiyning  “Mulxakot  us-surox”,  Sharafuddin  Ali  Yazdiyning 
“Zafarnoma”,  Mirzo  Ulugbekning  “Tarixi  arba`  ulus”  va  nixoyat,  Abdurazzok 
Samarkandiyning  “Matla`  us-sa`dayn”  kitoblaridagi  ma`lumotlar  asosida  yozilgan. 
Lekin  unda  xam  Markaziy  Osiyoning  XIV-XV  asrlardagi  ijtimoiy-siyosiy  xayotiga 
oid  yangi,  asl  nusxada  bo`ladigan  ma`lumotlar  ko`p.  Kolaversa,  birinchi  daftar 
Koshgar,  Kozogiston,  shuningdek,  Movarounnaxr  va  Turkistonning  XIV-XVI  asr 
boshlaridagi siyosiy tarixini mukammal kamrab olishi bilan kimmatlidir. 
Ikkinchi  daftar  birinchisidan  keskin  farkli  o`larok,  esdalik,  xltiralar  tarzida 
yozilgan bo`lib, Koshgar, Movarounnaxr, Afgoniston xamda Shimoliy Xindistonning 
XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o`rganishda asosiy va kimmatli manbalardan 
xisoblanadi. 
“Abdullanoma”  yoki  “Sharafnomayi  shoxiy”  asarining  ijodkori  XVI  asrda 
o`tgan  buxorolik  shoir  va  yirik  tarixchi  olim  Xofiz  Tanish  Buxoriydir.  U  1549  yili 
Buxoroyi  sharifda  nufuzli  mansablor  xonadonida  dunyoga  kelgan.  Otasi  Mir 
Muxammad al-Buxoriy Buxoroning ko`zga ko`ringan boyonlaridan bo`lib, shayboniy 
Ubaydullaxonning  yakin  kishilaridan  bo`lgan,  1550  yilning  boshlarida  Koshgarga 
ketib kolgan va oradan ikki yil chamasi vakt o`tgach, o`sha .rtda vafot etgan. 
  Xofiz  Tanish  Buxoriy  o`z  davrining  chukur  va  keng  ma`lumotli  kishilaridan 
bo`lib,  1584  yili  Abdullaxon  soniyning  (1583-1598  yy.)  yakin  odami  Kulbobo 
ko`kaltoshning  tavsiyasi  bilan  Abdullaxonning  xizmatiga  kabul  kilingan  va  uning 
shaxsiy  vokeanavisi,  tarixchisi  vazifasiga  tayinlangan.  Xofiz  Tanish  Buxoriy 
umrining oxirigacha shu lavozimda ishlagan. Malexo Samarkandiyning ma`lumotiga 
ko`ra, Xofiz Tanish 1589 yili xotini tarafidan zaxarlab o`ldirilgan. 
  Xofiz Tanish  o`zining “Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shoxiy” asari bilan 
nom  chikargan.  Kitobda  O`zbekiston,  Kozogiston,  shuningdek,  kisman,  Afgoniston 
va  Eronning  XVI  asrdagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixi  bayon  kilinadi.  Undan  tashkari, 
asarda  Buxlol  xonligi  bilan  Eron,  Xindiston,  Koshgar  va  Rossiya  o`rtasidagi 
munosabatlar  xakida  xam  kimmatli  ma`lumotlar  bor.  Asar  XVI  asrning  80-yillari 
oxirida  yozib  tamomlangan.  Xofiz  Tanishning  zamondoshi  shoir  va  adabiyotshunos 
olim  Mutribiyning  guvoxlik  berishiga  karaganda,  asarning  oxirgi  kismini,  xonning 
topshirigi  bilan,  kozi  Poyanda  Zominiy  (1602  yili  vafot  etgan)  yozgan.  Lekin  bu 
fikrni boshka manbalar tasdiklamaydi. 
  “Sharafnomayi shoxiy” asari muallifning rejasiga ko`ra, mukaddima, ikki kism 
yoki makola va xotimadan iborat kilib yozilishi mo`ljallangan. Masalan, mukaddima, 
odatdagidek Alloxning madxu sanosi, xomiy, oliy xukmdor Abdullaxonning sha`niga 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə