Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81

Asardan  ayrim  parchalar  B.Dorn  (matni)  va  V.V.Vel`yaminov-Zernov 
tomonidan  matni  va  kiskartirilgan  ruscha  tarjimasi  nashr  etilgan.  Kitob  matni  yana 
ikki marta Texronda 1896 yili toshbosma va 1956 yili bosmasi chop etilgan. 
“Baxr ul-asror fi manokib ul-axyor” (“Olijanob kishilarning jasorati xakidagi 
sirlar  dengizi”)  nomli  asar  muallifi  XVII  asrda  o`tgan  balxlik  yirik  komusiy  olim 
Maxmud  ibn  Validir.  Uning  otasi  Mir  Muxammad  Vali  asli  fargonalik,  kosonlik 
bo`lib,  Shayboniylardan  Pirmuxammadxon  avval  (1546-1567  yy.)  davrida  Balxga 
borib  kolgan.  U  o`kimishli  va  keng  ma`lumotli  kishi  bo`lib,  asosan  fikx  ilmida 
zamonasining  peshkadam  kishilardan  xisoblangan.  U  Mir  Xislat  taxallusi  bilan 
she`rlar xam yozgan. 
Maxmud  ibn  Valining  amakisi  Muxammad  Poyanda  (1602  yili  vafot  etgan) 
Samarkand  xokimi  Boki  Muxammad  (1603-1606  yillari  Buxoro  xoni)  dnvonida 
xizmat  kilgan.  Akasi  amir  Abulboriy  esa  fikx,  tafsir  va tibb ilmini  yaxshi  egallagan 
olim kishi edi.  
Maxmud  ibn  Vali  1596    yili  tugilgan.  19  yoshga  borganda,  ya`ni  1614  yili  u 
yirik fikx va xadis olimi MMaxmud ibn Valirakshox Xusayniyning xizmatiga kiradi 
va  kariyb  o`n  yil  undan  sabok  oladi.  Mirakshox  Xusayniyning  boy  kutubxonasi 
bo`lib, unda, Maxmud ibn Valining so`zlariga karaganda, tarix, geografiya,  mumtoz 
adabiyot,  fikx,  xadis  va  boshka  ilmlarga  doir  juda  ko`p  kitoblar  saklanar  edi.  Bu 
ilmga  chankok  yosh  olim  uchun  bkbaxo  xazina  bo`ldi,  albatta.  Keymnchalik 
Maxmud ibn Valining o`zi kutubxonadagi ko`p kitoblarni o`kib ko`p foyda topganini 
aytadi.  
Mirakshox Xusayniy vafot etgan 1624 yil 13 aprel kunidan keyin Maxmud ibn 
Vali  kitobiy  ilmini  amaliy  bilimlar  bilan  boyitish  maksadida  boshka  mamlakatlarga 
sayoxat  kilishga  karor  kildi  va  bir  yillik  tayyorgarlikdan  keyin,  1625  yilning  iyul 
oyida savdo karvoniga ko`shilib Xindiston tomon yo`l oldi. U Xindistonda kariyb etti 
yil istikomat kildi va uning Peshovar, Loxur, Dexli, Agra, Xaydarobod, Vijayanagar, 
Kal`kutta, Bixar kabi kator yirik shaxar va o`lkalarni borib ko`rdi va ularning axolisi, 
xalkining  urf-odati,  tarixi,  madaniyati,  va  nixoyat,  osori  atikalari  xakidagi  kimmatli 
ma`lumotlar to`pladi.  
1631  yil  20  avgustla  Balxga  kaytib  kelgandan  keyin  Nadr  Muxammadxon 
(1606-1642  yillari  Balx,  1642-1645  yillari  Buxoro  xoni)ning  xizmatiga  kirdi  va  to 
umrining oxirigacha uning kutubxonasida kitobdor bo`lib xizmat kildi. Maxmud ibn 
Valining kachon vafot etganligi ma`lum emas. 
Maxmud  ibn  Vali  fanning  juda  ko`p  soxalarini,  tarix,  geografiya,  ilmi  nujum, 
ma`danshunoslik,  botanika  va  boshka  soxalarni  kamrab  olgan  “Baxr  ul-asror  fi 
manokib ul-axyor” yoki “Baxr ul-asror” nomli o`ta kimmatli komusiy asarini yaratdi. 
Bundan  tashkari  u  kator  ilmiy  va  badiiy  asarlar  yaratgan  bo`lib,  ular  bizgacha  etib 
kelmagan.   
1634-1640  yillar  orasida  yozilgan  “Baxr  ul-asror”  asari  mundarijasida 
ko`rsatilishicha,  etti  jilddan  iborat  bo`lgan.  Uning  II-VII  jildlari  jaxon  tarixiga 
bagishlangan  bo`lib,  O`zbekiston  va  u  bilan  ko`shni  mamlakatlarning  kadim 
zamonlardan to 1640 yilgacha kechgan tarixidan baxs yuritadi. Asarning birinchi jildi 
ilmi nujum, geografiya, ma`danshunoslik va botanika fanlariga oid ma`lumotlarni o`z 
ichiga  oladi.  Afsuski,  bu  muxim  va  kimmatli  asarning  fakat  I  va  VI  jildlarigina 
topilgan, xalos. 


Asarning 
birinchi 
jildida 
etti 
iklim 
mamlakatlarining, 
guningdek, 
O`zbekistonning  o`rta  asrlardagi  shaxar  va  viloyatlarining  geografik  xolati,  xalki  va 
uning turmush tarzi xakida kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. 
“Baxr  ul-asror”ning  VI  jildi  aloxida  kimmatga  ega.  Unda  XIII-XVII  asrning 
birinchi  yarmida  Chigatoy  ulusi,  O`rta  Osiyo,  Mo`guliston  va  Shimoliy  Afgoniston 
tarixi keng va atroflicha yoritilgan. 
Maxmud ibn Vali va uning mazkur asari ilmiy  jamotachilikka 1902 yildan beri 
ma`lum  bo`lsa-da,  xali  juda  kam  o`rganilgan.  Undan  ayrim  parchalarning  ruscha 
tarjimasi V.V.Bartol`d, B.AyuAxmedov va K.A.Pishulina tomonidan e`lon kilingan. 
“Baxr ul-asror” asarining olti nafar ko`lyozmasi mavjud. Ularning to`rttasi O`zR 
FA Sharkshunoslik institutida I jild va VI jildning 1-3 kismlari, ikkitasi esa Angliya 
va Pokistonda, VI jildning 4 kismi saklanmokda. 
“Dastur  ul-muluk”  (“Podshoxlarga  ko`llanma”)  nomli  kimmatli  asar  muallifi 
XVII  asr  tarixchisi  Xoja  Samandar  Termiziydir.  Uning  o`z  ismi  Muxammad 
Bakoxoja  bo`lib,  asli  nasaf(Karshi)lik,  Mir  Xaydariy  tarikati  shayxlaridan  biri 
oilasida dunyoga kelgan. 
Xoja  Samandar  Termiziy  Ashtarxoniylardan  Abdulazizxon  (1645-1681  yy.)  va 
Subxonkulixon (1681-1702 yy.) bilan zamondosh bo`lgan. U 1702 yilgacha Karshida 
raislik  lavozimida  turgan,  Abdulazizxon  va  Subxlnkulixonning  xarbiy  yurishlarida 
ishtirok etgan. Oxiri ana shu Mir Xaydariy tarikati shayxlaridan ba`zilarining igvosi 
bilan  1702  yili  raislik  lavozimidan  iste`voga  chikishga  majbkr  bo`ldi  va  umrining 
oxirigacha, u 1735 yili xali xayot bo`lgan, fakat ilmiy faoliyat bilan mashgul bo`lgan. 
Xoja  Samandar  Termiziy  o`z  davrining  keng  ma`lumotli  kishilari  jumlasidan 
bo`lgan.  O`sha  vaktlarda  yozilgan  bir  kator  kitoblar,  jumladan  “Muzakkiri  axbob”, 
“Muxit at-tavorix”ning ma`lumotlariga karaganda, u etuk shoir, yozuvchi va tarixchi 
olim  bo`lgan,  iloxiyot  ilmini  xam  yaxshi  bilgan,  ko`p  sayoxat  kilib,  nazariy  bilmini 
mustaxkamlagan. 
Bizning  zamonimizgacha  olimning  ikki  muxim  asari  etib  kelgan.  Bulardan  biri 
“Dastur  ul-muluk”  bo`lib,  u  1695  yili  va  ikkinchisi  “Anis  ul-fukaro”  (“Fakirlar 
do`sti”) nomi bilan mashxur bo`lib, 1735 yili yozilgan. 
O`zbekiston  tarixini  o`rganishda  Xoja  Samandar  Termiziyning  “Dastur  ul-
muluk”  asari  zo`r  kimmatga  ega.  Asar  Buxoro  xonligining  XVII  asrning  70-90- 
yillardagi  ijtimoiy-siyosiy  axvolini,  shuningdek,  Buxoro  bilan  Xiva  xonliklari 
o`rtasidagi  siyosiy  munosabatlarni  o`rganishda  katta  axamiyatga  ega.  Asarda  o`zaro 
kurashlar, oliy martabali mansabdordar orasida keng tarkalgan buzuklik, poraxo`rlik, 
zulm  va  mexnatkash  xalkning  ogir  axvoli  xakida  kimmatli  ma`lumotlar  mavjud. 
“Dastur  ul-amal”da  o`zbeklarning  etnik  tarkibi  xakida  xam  muxim  dalil  va 
ma`lumotlarni uchratamiz.   
1971  yili  “Dastur  ul-amal”asarining  forsiy  matnini,  ruscha  tarjimasi,  zarur 
izoxlar  bilan  M.A.Saloxitdinova  chop  etdi.  Asarning  o`zbekcha  nashri  1997  yili 
Jabbor Esonov tomondan amalga oshirildi. 
“Tarixi Mukimxoniy” nomli tarixiy asar muallifi XVII asrda o`tgan yirik olim 
Muxammad  Yusuf  Munshiydir.  Asarida  keltirilgan  ma`lumotlarga  karaganla,  asli 
balxlik bo`lgan va Subxonkulixon (1651-1680 yillari Balx, 1680-1702 yillari Buxoro 
xoni) xamda Muxammad Mukimxon (1697-1707 yillari Balx xoni) saroyida munshiy 
bo`lib xizmat kilgan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə