Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81

Mukaddimada asarning yozilishi xakida so`z boradi va muallifning 1711 yildan 
keyingi xayoti xakida ayrim, dikkatga sazovor ma`lumotlar keltiriladi. 
Birinchi  kismda  islomiyatdan  avval  o`tgan  paygambarlar,  kadimgi  turklar  va 
mo`gullar,  xususan  barloslar  va  Amir  Temurning  ota-bobolari,  Amir  Temur  va 
Temuriylar, shuningdek, xazrat soxibkironning Xindistonda xukmronlik kilgan avlodi 
tarixi kiskacha bayon etiladi. 
Asarning ikkinchi kismi Mo`gulistonning Tugluk Temurxon(1348-1363 yy.)dan 
to Suyurgatmishxongacha (1370-1388 yy.) o`tgan davrdagi tarixini o`z ichiga oladi. 
Mukaddima  va  I-II  kismlarni  yozishda  muallif  o`zidan  avval  yozilgan 
asarlardan,  masalan,  Juvayniyning  “Tarixi  jaxonkushoy”,  Rashiduddinning  “Jome` 
ut-tavorix”,  Sharafuddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”,  Mirzo  Ulugbekning  “Tarixi 
arba`  ulus”,  Xondamirning  “Xulosat  ul-axbor”,  “Xabib  us-siyar”  va  “Maosir  ul-
muluk”  asarlari,  Abulfazl  Allomiyning  “Akbarnoma”,  Xofiz  Do`stmaxammad  ibn 
Yodgorning  “Majma`  ul-ajoyib”  (1606  yili  yozilgan)  va  boshka  20  ga  yakin 
kitoblardan foydalangan.  
“Cilsilat us-salotin”ning III-IV kismlari favkulodda axamiyatga ega bo`lib, O`rta 
Osiyo,  xususan  O`zbekistonning  XVI-XVIII  asrning  birinchi  choragidagi  ijtimoiy-
siyosiy tarixini bayon kiladi.  
Asarda Buxoro xonligining Eron, Xindiston va Koshgar bilan bo`lgan alokalari, 
Buxoro xonligida xokimiyatning Shayboniylardan Ashtarxoniylar ko`liga o`tishining 
anik tafsiloti, XVII asrda Balx va Badaxshon, shuningdek, O`zbekistonning ijtimoiy-
siyosiy  va  madaniy  xayoti,  Shoxijaxonning  Balx  va  Buxoro  xonligi  ichki  ishlariga 
kurolli aralashuvi va Boburiylar ko`shinining Balx va unga tobe bo`lgan erlarni bosib 
olishi, Xoraxmning XVI-XVII asrlardagi siyosiy axvoli xususida boshka manbalarda 
uchramaydigan  kimmatli  dalil  va  ma`lumotlar  keltiriladi.  Asarda  ulus  tizimi,  tiul  va 
solona kabi soliklar, O`zbekiston shaxarlari, ularning axolisi va turmush tarzi xakida 
keltirilgan ma`lumotlar xam aloxida kimmatga egadir.  
Xoji  Mir  Muxammad  Salim  Buxoro  xonlari,  Abdullaxon  II,  Abdulmo`minxon, 
Dinmuxammadxon,  Imomkulixon,  Abdulazizxon,  Subzonkulixonning  Xindiston, 
Eron  va  Turkiya  xukmdorlari  bilan  yozishmalarining  20  nafar  maktubi  nusxalarini 
xam  keltirgan.  Bu  maktublar,  shubxasiz,  Buxoro  xonligi  bilan  mazkur  mamlavatlar 
o`rtasidagi munosabatlartarixini o`rganishda muxim ma`no kasb etadi.  
“Nomayi olamoroyi Nodiriy” (“Nodirshoxning olamga bezak bo`luvchi tarixi”) 
asarining  muallifi  XVIII  asrda  o`tgan  marvlik  mashxur  tarixchi  olim  Muxammad 
Kozimdir. U 1721 yili Marvda tugilgan. Otasi, 1737 yili vafot etgan. U mashxur fotix 
Nodirshox(1736-1747  yy.)ning  yakin  kishilaridan  bo`lib,  uning  dastlabki  xarbiy 
yurishlarida  katnashgan  va  muxim  diplomatik  topshiriklarini  bajargan.  Keyincha  u 
Nodirshoxning inisi Ibroximxon, dastlab Xuroson, so`ngra, 1736 yildan, Ozarbayjon 
xokimi saroyida xizmat kilgan. 
Muxammad  Kozim  boshlangich  ma`lumotni Marvda  oldi, so`ng  1731  yili otasi 
uni  Mashxadga  olib  keldi  va  bu  erdagi  madrasalardan  biriga  o`kishga  berdi. 
Muxammad Kozim bu erda sayid Mir Shamsuddin Ali Mozandaroniydan ta`lim oldi. 
1736  yili  u  Darbandga,  Ibroximxon  xuzuriga  chakirtirib  olindi  va  1739  yilgacha 
xonning  yasovuli  lavozimida  xizmat  kildi.  1739  yili  Muxammad  Kozim 
Nodirshoxning  o`gli  Rizokuli  mirzo  xizmatiga  kabul  kilindi  va  1741  ymlgacha 
lashkarnavis, xarbiy kotib vazifasida xizmat kildi. 1744 yildan u Nodirshox xuzurida 
xizmat  kila  boshladi,  174401747  yillari  moliya  maxkamasida  kotib  va  1747  yildan 


podshox  kurol-yarog  omborining  mutasaddisi,  vazir  bo`lib  ishladi.  Muxammad 
Kozim taxminan 1752 yili vafot etdi.  
Muxammad Kozim o`zining tarixiy asari “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ni 1750-
1753 yillari yozgan. Asar uch jilddan iborat. 
Birinchi  jildi  Eronning  1688-1736  yillar  orasidagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixini  o`z 
ichiga oladi. 
Ikkinchi  jildda  1736-1743  yillari  Eronda,  shuningdek,  O`rta  Osiyo  va  Kavkaz 
orti mamlakatlarida bo`lib o`tgan vokealar bayon etilgan. 
Asarning  uchinchi  jildi  Eron  va  kisman,  O`rta  Osiyo,  Xindiston,  Turkiya  va 
Kavkaz  orti  mamlakatlarining  1743-1747  yillar  orasidagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixiga 
bagishlanadi. 
O`zbekistonning  XVIII  asrdagi  tarixini  o`rganishda  “Nomayi  olamoroyi 
Nodiriy”ning II va III jildlari asosiy manbalardan biri o`rnini o`taydi. Ayniksa, asarda 
Eron ko`shinining 1737 yili O`zbekiston xududiga bostirib kirishi va Guzor, Karshi, 
Shulluk  va  boshka  shaxar  va  tumanlarning  talon-taroj  kilinishi,  1740  yili  Buxoro 
xonligining  Nodirshox  tarafidan  bo`ysundirilishi,  1746  yildagi  Xorazmning  ogir 
axvoli, 1747 yili Eron askarlarining O`rta Osiyo shaxar va kishloklariga yana bostirib 
kirishi va okibatda mexnatkash xalkning ayanchli axvolga tushib kolishi, 1741-1742 
yillarda  Ko`lob,  Xisori  shodmon,  Badaxshon,  Balx  va  boshka  viloyatlar  xalkining 
katta  er  egalarining  zulm  va  chet  el  boskinchilariga  karshi  ko`zgolonlari  xakidagi 
ma`lumotlar zo`r ilmiy kimmatga ega. 
“Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning ko`lyozma nusxalari kam. Shu paytgacha asar 
to`la  ravishda  biron  tilga  tarjima  kilinmagan.  Undan  ayrim  parchalar  ba`zi  ilmiy 
to`plam  va  jurnallarda  chop  etilgan.  II  jildning  bir  kismi,  ya`ni  Nodirshoxning 
Xindistonga  yurishini  bayon  etuvchi  kismi  P.I.Petrov  tomonidan  rus  tilida  nashr 
etilgan.  1960,  1965  va  1966  yillari  “Nomayi  olamoroyi  Nodiriy”ning  matni 
fotofaksimil nashri Moskvada N.D.Mikluxo-Maklay tomonidan chop etilgan. 
“Tuxfat 
ul-xoniy” 
(“Xonning 
tuxfasi”) 
yoki 
“Tarix 
Raximxoniy” 
(“Muxammad)  Raximxon  tarixi”)  nomli  asar  Buxoro  xonligining  1722-1782  yillar 
orasidagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixini  o`z  ichiga  oladi.  Uni  tarixchi  olim  Muxammad 
Vafoyi  Karminagiy  (1685-1769  yy.)  yaratgan.  Tarixchining  to`la  nomi  Mulla 
Muxammad Vafo ibn Muxammad Zoxir Karminagiydir. U Buxoroning o`kimishli va 
tanikli  kishilaridan  biridir.  Karminagiy  nisbasiga  karaganda,  asli  Buxoroning 
Karmana tumanidan bo`lgan. “Ubaydullanoma” kitobining muallifi Mir Muxammad 
Amin  Buxoriyning  shuvoxlik  berishiga  karaganda,  Muxammad  Vafoyi  Karminagiy 
Ashtarxoniylardan  Ubaydullaxon  saroyida  kitobdor  bo`lib  xizmat  kilgan. 
Fikrimizcha, u Ubaydullaxondan keyin taxtga o`tirgan Abulfayzxon davrida xam shu 
lavozimda turgan. Mulla Muxammad Vafo Karminagiy “kozi Vafo” nomi bilan xam 
mashxurdir.  U  kozilik  lavozimiga  yangi  sulola-Mangitlar  sulolasining  asoschisi 
Muxammad Raximxon (1753-1759 yy.) zamonida erishgan.  
Muxammad  Vafo  Karminagiy  1769  yili  “Tuxfat  ul-xoniy”  nomli  asarida  fakat 
1722-1768 yil vokealarini o`z ichiga olgan kisminigina  yozib ulgurgan, xalos. Uning 
davomini,  ya`ni  1768-1782  yillar  vokealarini  bayon  etuvchi  kismini  nasaflik  domla 
Olimbek ibn Niyozkulibek yozgan. 
“Tuxfat  ul-xoniy”  kofiyali  nasr,  saj  bilan  yozilgan,  lekin  vokealarning  to`la  va 
keng  yoritilishi,  ijtimoiy-iktisodiy,  siyosiy,  geografik  xamda  etnik  dalillarga  boyligi 
bilan  birinchi  darajadi  manbalar  katorida  turadi.  Asar  Buxoro  xonligida  XVIII 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə