Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81

(“Sayyoralarning  manzaralari”),  “Navodir  ul-vakoe`”  va  ”Tarjimai  axvoli  amironi 
Buxoroyi sharif” (1885 yildan keyin yozilgan) asarlari ana shular jumlasidandir. 
O`zbekistonning  X1X  asrdagi  ijtimoiy-siyosiy  xayotini  o`rganishda  olimning 
so`nggi  asari  katta  ilmiy  axamiyatga  ega.  Kitobda  katta  so`z  boshi,  sayyoralarning 
inson  takdiridagi  axamiyati,  din  va  uning  jamiyatdagi  o`rni  to`grisidagi  fikrlardan 
keyin  kiska  tarzda  amir  Doniyol  (1758-1785  yy.),  Shoxmurod  (1785-1800  yy.), 
Xaydar va amir Nasrullox xukmronligi yillarida bo`lib o`tgan vokealar bayon etilgan. 
Asarning  katta  va  so`nggi  kismi  amir  Muzaffarga  bagishlangan.  Bu  kismda 
Buxoro xonligining X1X asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli, shuningdek, 
chor  Rossiyasi  ko`shinlari  tomonidan  1866  yili  Jizzax  xamda  1868  yili 
Samarkandning ishgol kilinishi vokealari batafil bayon etilgan. 
”Tarjimai  axvoli  amironi  Buxoroyi  sharif”  asarining  ko`lyozma  nusxalari 
Toshkent,  Samarkand,  Buxoro,  Dushanbe  kutubxonalarida  mavjud.  Asarning  matni 
A.Mirzoev tomonidan chop etilgan. 1960 yili kitobning kiskartirilgan ruscha tarjimasi 
Dushanbeda nashr kilingan. 
“Tarixi  salotini  Mangitiya”  (“Mangit  sultonlarining  tarixi”)  asari  buxorolik 
mashxur  tarixchi  olim  va  shoir  Mirzo  Abduazim  Somiy  Bo`stoniy  (1838/39-1914 
yildan keyin) kalamiga mansubdir. 
Bo`lgusi  tarixchi  boshlangich  ma`lumotni  ona  yurti  Bo`ston  kishlogida, 
Buxoroning  shimolida,  undan  40  km  narida  olgan,  so`ngra  Buxoro  madrasalaridan 
birida  o`kigan,  dastlab  viloyat  xukmdorlari  ko`lida  kotib,  amir  Muzaffar  taxtga 
o`tirgandan  keyin  uning  shaxsiy  kotibi,  munshiysi  bo`lib  xizmat  kilgan.  Amir 
Abdulaxad  xukmronligi  (1885-1910  yy.)ning  so`nggida  1898  yoki  1899  yilda 
podshoxlikka karshi fikrlari uchun saroydan chetlatilib, umrining oxirini nochorlikda 
kechirgan. 
  Somiy  bir  necha  adabiy  va  tarixiy  asar  yozib  koldirgan.  “Mir`ot  ul-xayol” 
(“Xayol  ko`zgusi”),  “Insho”,  “Tuxfayi  shoxiy”  (“Podshoxning  tuxfa”),  “Tarixi 
salotini  Mangitiya”  shular  jumlasidandir.  Bularning  ichida  tarix  ilmi  uchun  eng 
muximi so`nggi ikki asardir. 
  1900-1902  yillar  orasida  yozilgan  “Tuxfayi  shoxiy”  va  1907  yili  yozib 
tamomlangan “Tarixi salotini Mangitiya” bir davr, Buxoro xonligining amir Muzaffar 
davridagi  tarixga  bagishlangan.  Birok  ular  ma`lum  darajada  bir-biridan  fark  kiladi. 
Masalan,  “Tuxfayi  shoxiy”  to`larok,  lekin  oliy  xukmdorni  ko`klarga  ko`tarib 
maktash, panegrik ruxida bitilgan.  
“Tarixi  salotini  Mangitiya”  esa  nisbatan  xolisona  yozilgan.  Asarning  ilmiy 
axamiyati  shundaki,  unda  Buxoro  amirligining  O`rta  Osiyoning  Rossiya  tarafidan 
bosib  olinishi  arafasidagi  iktisodiy  va  siyosiy  axvoli,  shuningdek,  Buxoro-Rossiya 
munosabatlari  birmuncha  keng  yoritilgan.  Kitobning  ko`lyozma  nusxalari  ko`p. 
Uning  O`zbekistonlik  olima  L.M.epifanova  tomonidan  kilingan  ruscha  tarjimasi, 
so`zboshi va zarur izoxlari bilan birga, 1962 yili, Moskvada chop etilgan. 
“Tarixi  Salimiy”  (“Salimiyning  tarixi”)  asari  muallifi  X1X  asrning  ikkinchi 
yarmi  va  XX  asrning  birinchi  choragida  o`tgan  Mirza  Salimbek  bo`lib,  uning  to`la 
ismi  Mirza  Salimbek  ibn  Muxammad  Raximdir.  Olim  1850/51  yillari  Buxoroyi 
sharifda badavlat va nufuzli xonadonda tavallud topgan.  
Mirza  Salimbek  1871  yili  Naxrpoy  (Norpoy)  va  Ziyovuddin  xokimiga  kotib 
bo`lib  ishga  kiradi,  lekin  olti  oydan  keyin  amir  Muzaffarning  farmoyishi  bilan 


Toshkentga  rus  ma`murlarining  xatti-xarakati  va  ayniksa  Buxoro  xususida  tutgan 
siyosatini kuzatib boruvchi kilib yuborildi.  
Mirza  Salimbek  Toshkentga  choyfurush  kiyofasida  keldi  va  bu  erda  12 
 
yml  istikomat  kildi.  1880-1883  yillari  u  amir  xuzurida,  1884-1885  yillari 
Turkiston  general-gubernatori  xuzurida  Buxoro  vakili  bo`lib  xizmat  kildi.  1885  yili 
Mirza  Salimbek  Somjin  tumaniga  amlakdor  kilib  tayinlandi.  Shundan  keyin  uning 
martabasi yil sayin ortib bordi. 1881-1893 yillari Buxoro shaxrining mirshabi, 1893-
1920  yillari  Yakkabog,  Nurota,  Boysun,  Sherobod,  Shaxrisabz,  Chorjo`y 
viloyatlarining  xokimi  va  bosh  zakotchi  vazifalarida  turdi.  1920  yilgi  inkilobdan 
keyin  Mirza  Salimbek  sho`ro  tashkilotlarida,  Buxoroda  tashkil  etilgan  «Anjumani 
tarix» («Tarixshunoslar jamiyatida»)da xizmat kildi. Mirza Salimbekning vafot etgan 
yili ma`lum emas. 
Mirza Salimbek bir necha yirik tarixiy va adabiy asar yozib koldirgan. «Kashkuli 
Salimiy»  («Salimiyning  kashkuli»),  «Jomi`  ul-gulzor»  («Gulzorlar  majmui»),  «Ka`b 
al-axbor  xikoyalari»,  «Xikoyati  Abdulla  ibn  Muborak»,  «Tarixi  Salimiy»  shular 
jumlasidandir. 
Tarixchilar  uchun  eng  muximi  uning  so`nggi  asari  «Tarixi  Salimiy»dir. 
N.Norkulovning  fikriga  karaganda,  XX  asrining  20-  yillarida  yozilgan.  Uning  bosh 
kismi,  Chingizxondan  to  amir  Muzaffar  davrigacha  bo`lgan  tarix  umumlashtiruvchi 
xarakterga  ega.  Asarning  1860-1920  yillar  vokealarini  o`z  ichiga  olgan  katta  kismi 
butunlay yangi bo`lib, muallifning o`zi bu vokealarning guvoxi bo`lgan. 
Asarda  amir  Muzaffar  davrida  Xisor,  Ko`lob,  Baljuan,  Korategin  va  Darvozda 
bo`lib  o`tgan  isyonlar,  Buxoro-Ko`kon  va  Buxoro-Rossiya  munosabatlari, 
shuningdek, Buxoro amirligining X1X asrning ikkinchi yarmidagi umumiy axvoli va 
ma`muriy tuzilishi xakida kimmatli ma`lumotlar bor. 
«Tarixi Salimiy» asarining ko`lyozma nusxalari ko`p. Asar 1968 yili N.norkulov 
tomonidan rus tiliga tarjima kilingan, lekin xali chop etilmagan.   
“Tarixi  jadidayi  Toshkand”  (“Toshkentning  yangi  tarixi”)  nomli  asar 
Muxammad  Solix  Toshkandiydir.  Uning  to`la  ismi  Muxammad  Solix  domla  Raxim 
Koraxoja o`gli. Tarixchi 1830 yilda tugilgan, vafot etgan yili noma`lum. Boshlangich 
ma`lumotni  bobosi  mulla  Abduraximxojadan,  u  Kiyot  maxallasida  joylashgan 
Bekmuxammadbiy  masjidida  imom  bo`lgan,  olgan,  so`ng  Beklarbegi  va  xoja  Axror 
madrasalarida o`kigan. Fargonaning Ko`kon (1853 y.), Margilon, Namangan va O`sh 
(1853  y.)  shaxarlarida,  keyinchalik  Buxoro,  Samarkand,  Karshi,  Shaxrisabz  va 
boshka  shaxarlarda  bo`lib,  madrasada  olgan  bilimini  kengaytirdi.  1863  yildan 
boshlab, ilgari bobosi imomlik kilgan masjidda imom bo`lib xizmat kildi, ayni paytda 
dars xam berib turdi. 
Muxammad  Solix  turli  ilmlar,  tarix,  geografiya,  adabiyot,  tibbdan  xabardor 
bo`lgan  keng  ma`lumotli  kishi  edi,  lekin  uning  tarixga  ragbati  ko`prok  bo`lgan.  U 
Abu  Toxirxoja(X1X  asr)ning  “Samariya”siga  o`xshash  Toshkent,  uning  tarixi  va 
osori  atikalariga  bagishlab  bir  asar  yozishni  ko`pdan  orzu  kilib  yurgan  va  nixoyat, 
1863-1888  yillari  maksadiga  erishgan.  Bu  asar  “Tarixi  jadidayi  Toshkand”  deb 
ataladi va ikki jilddan iborat. 
 Birinchi jildda kadim zamonlardan to XU asr oxirigacha Shark mamlakatlarida, 
shuningdek  O`rta  Osiyoda  bo`lib  o`tgan  vokealar,  ikkinchi  jildda  esa  Ko`kon 
xonligining XU asr oziridan Zaxiriddin Muxammad Bobur davridan to X1X asrning 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə