Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81

Muxammad  Yusuf  Munshiy  Muxammad  Mukimxonga  bagishlangan  “Tarixi 
Mukimxoniy”nomli  asarini  yozgan.  Mazkur  asar  1697-1704  yillar  orasida  yozilgan 
bo`lib,  Balx  va  kisman  Buxoro  xonligining  XVII  asrdagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixini 
bayon  etadi.  Muxammad  Yusuf  Munshiy  agar  “jaxon  xodisalarining  kuchli  shamoli 
uning  (Muxammad  Mukimxonning)  xayot  o`tini  o`chirmasa,  yo`ksizlik  dengizining 
to`lkinlari  o`ynoki  otini  o`z  girdobiga  tortib  ketmasa”  ushbu  asarining  ikkinchi 
kismini  xam  yozish  niyatida  ekanligini  aytadi.  Lekin  “Tarixi  Mukimxoniy”ning 
ikkinchi  kitobi  yozilmay  kolgan.  Fikrimizcha,  bunga  kandaydir  kutilmagan  xodisa, 
balki muallifning biron falokatga uchrab kolganligi sabab bo`lgan. 
“Tarixi Mukimxoniy” mukaddima va uch bodan iborat. 
Mukaddimada  turkiy  xalklarning  afsonaviy  onasi  Alan  kuva,  Chingizxonning 
ota-bobolari,  mo`gul  ko`shinlari  tomonidan  Movarounnaxr,  Balx  va  Badaxshonning 
bosib olinishi tarixi kiskacha bayon etilgan. 
Asarning  birinchi  bobi  Shayboniylar  davrida  Movarounnaxrning  umumiy 
axvolidan xikoya kiladi. 
“Tarixi  Mukimxoniy”ning  yangi  va  muxim  kismi  uning  II-III  boblaridir. 
Ikkinchi  bobda  Balx  va  kisman  Buxoro  xonligining  XVII  asrdagi  ijtimoiy-siyosiy 
axvoli,  shuningdek,  Buxoro  va  Balx  xonliklarining  Xindiston,  Eron,  Turkiya  va 
Koshgar  bilan  bo`lgan  siyosiy  munosabatlari,  uchinchi  bobda  esa  1702-1704  yillar 
vokealari, xususan Buxoro bilan Balx o`rtasida boshlangan kurolli kurash o`rin olgan. 
Asarda xonlar va katta er egalari to`grisida, mexnatkashlar ogir axvoli to`grisida 
ayrim kimmatli ma`lumotlar uchraydi. 
“Tarixi  Mukimzoniy”  asarining  ko`lyozma  nusxalari  ko`p  va  Sankt-Peterburg, 
Toshkent,  shuningdek,  xloidiy  mamlakatlarning  kutubxlnalarida  saklanmokda.  Asar 
to`la  o`zbekchaga  1861  yili  tarjima  kilingan,  unday  ayrim  parchalar  frantsuz  va  rus 
tillarida e`lon kilingan. 1956 yili to`lik ruscha tarjimasi chop etilgan. 
“Ubaydullanoma” XVII asrda o`tgan Mir Muxammad Amini Buxoriy asaridir. 
U o`kimishli va fozil kishilardan bo`lib, 1645 yilda tugilgan, vafot yili ma`lum emas. 
Ashtarxoniylardan  Subxonkulixon  va  Ubaydullaxon  (1702-1711  yy.)  saroyida  bosh 
munshiylik vazifasida xizmat kilgan. 
“Ubaydullanoma”  Buxoro  xonligining  1702-1716  yillar  orasidagi  ijtimoiy-
siyosiy  va  madaniy  xayoti  xakida  xikoya  kiladi.  Asar  1716  yildan  keyin  yozilgan, 
mukaddima, xotima va 80 bobdan iborat. 
 Mukaddimada  muallifning    xol-axvoli,  ya`ni  Subxonkulixon  xukmronligining 
so`nggi  yillarida  xizmatdan  chetlashtirilib,  ogir  axvolga  tushib  kolganligi  va 
Uaydullaxon  xizmatiga  kabul  kilinishi,  Abdulazizxon  va  Subxlnkulixon  davrida 
Buzoro xrnligining ijtimoiy-siyosiy axvoli kiska tarzda bayon kilingan. 
1-80-  boblarda  Buxoro  xonligining  kariyb  15  yillik  (1702-1711  yy.)  ijtimoiy-
siyosiy  tarixi  batafsil  yoritilgan.  Muallif  mazkur  asarida  katta  er  egaligi,  axolidan 
yigiladigan solik va jarimalar, Buxoro xonligining ma`muriy tuzulishi, tarkoklikning 
kuchayishi,  mamlakat  boshiga  tushgan  iktisodiy  kiyinchiliklar  va  uning  afrim 
sabablari  kabi  masalalarga  keng  o`rin  bergan.  Asarda  geografik  va  etnografik 
ma`lumotlar xam ko`p. 
Xotimada  muallif  bilan  zamondosh  bo`lgan  va  Buxoroda  istikomat  kilgan 
olimlar, shoirlar, masalan, Sayido Nasafiy, Kosixoja, mulla Sarfaroz, Fitrat, Mulxam, 
mashxur kozilar xakida kiskacha, lekin e`tiborga molik ma`lumotlar keltirilgan. 


“Ubaydullanoma”  asarining  10  dan  ortik  ko`lyozma  nusxasi  mavjud.  Asar 
A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima kilingan va 1957 yili Toshkentda nashrdan 
chikarilgan. 
”Tarixi  kasira”  yoki  ”Tarixi  sayyid  Rokim”,  “Tarixi  sayyid  Rokim 
Samarkandiy”  nomlari  bilan  mashxur  bo`lgan  asarni  Mulla  Sharafuddin  A`lam 
yaratgan. U XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning birinchi choragida yashab 
o`tgan  shoir  va  tarixchi  olimdir.  V.R.Rozen  va  A.A.Semenovlar  keltirgan 
ma`lumotlarga  karaganda,  Mulla  Sharafuddin  A`lam  asli  andijonlik,  yosh  paytida 
Samarkandga,  otasi  xuzuriga  kelib  kolgan.  Otasining  ismi  mullo  Nuriddin  bo`lib, 
xalk orasida oxund mulla Farxod nomi bilan mashxur bo`lgan. 
Mulla  Sharafuddin  yoshligidan  mexnatsevar  vailmga  chankok  bo`lgan. 
Otasining  yordami  bilan  yaxshi  o`kidi,  turli  ilmlarni  kasb  etdi  va  keng  ma`lumotli 
olim  va  shoir  bo`lib  etishdi.  V.R.Rozen  va  A.A.Semenovlarning  tadkikotlaridan 
anglishilishicha,  mulla  Sharafuddin  Samarkandning  eng  ma`lumotli  olimlaridan 
mulla  Bokijon  Buxoriyning  xizmatida  bo`lgan  va  uning  vafotidan  keyin  o`rniga 
a`lamlik  vazifasigao`tirgan.  Ba`zi  ma`lumotlarga  karaganda,  u  kozilik  mansabida 
xam turgan. 
Olim  “Tarixi  kasira”  asari  bilan  mashxur.  Unda  mashur  shaxslarning  xayotiga 
oid  mamlakatda  bunyod  etilgan  katta  binolar,  usti  yopik  bozor,  timlar,  xammamlar 
kurilishi  va  mashur  kishilar  xayoti  bilan  boglik  sanalarga  bagishlangan  tarix-
xronogrammalar majmuidan iboratdir. U Amir Temur tavalludi(1336 y.)dan to XVIII 
asrning o`rtalarigacha kechgan vokealarni o`z ichiga oladi. 
 “Tarixi  kasira”  asarining  ko`lyozma  nusxalari  va  toshbosma  nashrlari  ko`p. 
Asarning birinchi toshbosma nashr olim va yirik davlat xizmatchisi Mirza Salimbek 
tarafidan  1913  yili  Toshkentda  amalga  oshirilgan.  Shu  erda  mazkur  asarni  “Tarixi 
tomm” nomi bilan 1998 yili bosmadan chikkanligini eslatib o`tmokchimiz. 
“Tarixi kasira” ba`zi muxim vokealar tarixini aniklashda kimmatli manba rolini 
o`ynaydi. Dalil sifatida bir necha misollar keltiramiz. 
Yirik  tarixnavis  olim  va  vazir  Rashiduddinning  o`ldirilishi  vokeasi  1318  yil  27 
oktyabr kuni sodir bo`lgan. 
Shoir Kamol Xo`jandiyning vafoti 1391 yili yuz berdi. 
Amir  Temur  zamonida  o`tgan  yirik  alloma  Taftazoniy  xakida  kuyidagi 
ma`lumotlar  keltirilgadi.  1322  yili  tavallud  topgan.  18  yoshlik  paytida  Gijduvonda 
“Sharxi Zandoniy” asarini yozgan. 1347 yilning 10 iyun kuni Jom viloyatida “Sharxi 
mulaxxas al-miftax” kitobini yozib tamomlagan. 1373 yil 23 may kuni Samarkandda 
“Makosid  ul-kalom  va  sharxi  makosad”  kitoblarini  yozib  tamomlagan.  Vafoti  1392 
yili sodir bo`ldi. 
“Tarixi  kasira”da  Amir  Temur  davrida  o`tgan  yana  bir  yirik  olim  Mir  Sayyid 
Sharif  Jurjoniy  xakida  kuyidagilarni  o`kiymiz.  Asli  Mozandaronning  To`un 
kishlogidan.  1377  yili  tugilgan.  Sherozdagi  “Dor  ush-shifo”  o`kuv  yurtida 
mudarrislik  kilgan.  Amir  Temur  Sherozni  ishgol  kilgan  1393  yili  Samarkandga 
ko`chib  kelgan  va  xazrat  soxibkironning  inoyat  va  marxamatlariga  sazovor  bo`lib, 
uning saroyida xizmat kilgan. 76 yoshida Sherozda vafot etgan. 
Movarounnaxrlik iloxiyot olimi xoja Muxammad Porsoning vafoti 1419 yili yuz 
bergan. 
Mirzo  Ulugbekning  birinchi  muallimi  shayx  Ozariy,  xakikiy  ismi  Xamza  ibn 
Abdulmalik  at-Tusiy  1440  yili  vafot  topgan.  “Tarixi  kasira”da  uning  xakida  yana 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə